Koronavirus

O‘zbekistonda maxsus ruxsatnomasiz avtomashinalar harakati taqiqlanadi
29 mart 2020, 00:18

O‘zbekistonda maxsus ruxsatnomasiz avtomashinalar harakati taqiqlanadi

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnomasiz avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanmoqda.

728 ta holatda narxlarning asossiz ravishda oshirilgani aniqlandi
28 mart 2020, 18:35

728 ta holatda narxlarning asossiz ravishda oshirilgani aniqlandi

728 ta holatda, shundan 102 tasi dorixonalarda, 2 mlrd so‘mlik mahsulotlar narxlari asossiz oshirilgani aniqlanib, aybdor shaxslarga keskin choralar ko‘rildi — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

7 mingdan ortiq holatlarda karantin qoidalari buzilgan
28 mart 2020, 15:39

7 mingdan ortiq holatlarda karantin qoidalari buzilgan

Karantin tadbirlari e’lon qilingandan buyon, O‘zbekistonda 7157 ta karantin qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq. 20 ta holatda esa marosim va yig‘inlar o‘tkazilgan.

SSV koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemor haqidagi ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi
28 mart 2020, 15:11

SSV koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemor haqidagi ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi

SSV O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemorning 39 yoshli erkak ekani, u virusni Parijdan qaytgan birinchi bemordan yuqtirganini ma’lum qildi.

BAA O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi
28 mart 2020, 15:01

BAA O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga niqoblar, kombinzonlar, qo‘lqop va boshqa himoya vositalaridan iborat 8 tonnalik insonparvarlik yuklari yubordi.

Toshkent yaqinidagi yangi qurilgan karantin markaziga 650 kishi joylashtirildi
28 mart 2020, 13:35

Toshkent yaqinidagi yangi qurilgan karantin markaziga 650 kishi joylashtirildi

Toshkent viloyatida konteynerlardan qurilgan 10 ming kishilik karantin markaziga xorijdan charter reyslarda olib kelingan 650 fuqaro joylashtirildi.

Koronavirus bemorlari soni 104 nafarga yetdi, bir kishi vafot etdi
28 mart 2020, 11:32

Koronavirus bemorlari soni 104 nafarga yetdi, bir kishi vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 16 kishiga ko‘payib, 104 nafarga yetdi. Bir erkak bemorda o‘lim holati qayd etildi.

Koronavirus aniqlangan bemorlar soni 88 nafarga yetdi
27 mart 2020, 20:04

Koronavirus aniqlangan bemorlar soni 88 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 5 nafarga oshib, 88 kishiga yetdi.

Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
27 mart 2020, 17:00

Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Boris Jonsonning koronavirusga qarshi test natijalari ijobiy bo‘lib chiqdi. Endi u karantindan turib hukumatni boshqaradi.

Ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi
27 mart 2020, 16:04

Ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi

O‘zbekistonda zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqish, shuningdek, ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi.

Koronavirus sharoitida fuqarolarning pensiyalari qanday tarqatilmoqda?
27 mart 2020, 15:43

Koronavirus sharoitida fuqarolarning pensiyalari qanday tarqatilmoqda?

99 foiz pensiya mablag‘lari sterillangan naqd pul shaklida aholi uylariga yetkazilmoqda. Epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida pensionerlarni plastik kartalar bilan ta’minlashni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

COVID-19 yuqtirganlarning 23 nafari xorijdan qaytgan, 60 nafari ular bilan muloqotda bo‘lgan
27 mart 2020, 15:22

COVID-19 yuqtirganlarning 23 nafari xorijdan qaytgan, 60 nafari ular bilan muloqotda bo‘lgan

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning 35 nafari erkak, 48 nafari ayollar. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Fatvo: Koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish to‘g‘risida
27 mart 2020, 14:28

Fatvo: Koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish to‘g‘risida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish borasidagi fatvoni e’lon qildi.

Karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq 3649 ta huquqbuzarlik aniqlandi
27 mart 2020, 13:33

Karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq 3649 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Respublika bo‘yicha jami 3649 ta karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi. Ularning 3401 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurish bilan bog‘liq.

Kontrakt to‘lamagan talabalarga stipendiya berilmasligi haqidagi xabarlar rad etildi
27 mart 2020, 13:07

Kontrakt to‘lamagan talabalarga stipendiya berilmasligi haqidagi xabarlar rad etildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kontrakt to‘lamagan talabalarga stipendiya berilmayotgani haqida xabarlarni rad etib, barcha talabalarga stipendiyalar belgilangan tartibda to‘liq to‘lab borilishini ma’lum qildi.

Viloyatlar o‘rtasida barcha turdagi transport harakati to‘xtatildi
27 mart 2020, 12:59

Viloyatlar o‘rtasida barcha turdagi transport harakati to‘xtatildi

27 martdan viloyatlar o‘rtasidagi barcha turdagi transport turlari harakati to‘xtatildi. Yuk tashuvlari bundan mustasno.

Navoiy va Zarafshon shaharlariga transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi
27 mart 2020, 11:50

Navoiy va Zarafshon shaharlariga transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi

27 mart soat 12:00dan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga Navoiy viloyatining barcha hududlaridan transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ushbu hududlarda avtobuslar harakati ham to‘xtatiladi.

Buxoro shahri kirish va chiqish uchun yopildi
27 mart 2020, 11:34

Buxoro shahri kirish va chiqish uchun yopildi

27 martdan boshlab Buxoro shahriga transportda kirish va chiqish to‘xtatildi. Shaharga kirishda cheklovlar tatbiq etilmaydigan holatlarda belgilangan to‘rtta karantin postlaridan kirish mumkin bo‘ladi.

AQSH COVID-19 holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi
27 mart 2020, 11:23

AQSH COVID-19 holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

AQSH tasdiqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha Xitoy va Italiyani ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa chiqdi. Prezident Donald Tramp buni ommaviy tekshiruv o‘tkazilgani bilan bog‘ladi.

Yana 8 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi (jami — 83 nafar)
27 mart 2020, 10:43

Yana 8 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi (jami — 83 nafar)

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8taga oshib, 83 nafarga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting