Toshkentda 50 o‘rinli ilk mualliflik filmlari kinoteatri ish boshladi. Unda har namoyishdan so‘ng rejissyor va kinomunaqqidlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tadi. “Gazeta.uz” kinoxona asoschilari bilan mustaqil kinoni tomosha qilish madaniyati va tomoshabinlarning yangi avlodini shakllantirish haqida gaplashdi.
Toshkent Fotosuratlar uyida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda sirli fotograf tomonidan XIX asrda olingan va hozirda Rossiyaning Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan fotosuratlar ko‘rsatildi. “Gazeta.uz” turkiyalik tadqiqotchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmadan reportaj tayyorladi.
Toshkentda tashkil etilgan NeUyat ko‘rgazmasi 14-dekabrga qadar uzaytirildi. Uning kuchli jihati shundaki, ekspozitsiyada nafaqat ayollarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, balki uni qabul qilmaydigan insonlarni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz” muxbiri Viktoriya Abdurahimova. Foto.
Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan “Men dunyoni shunday ko‘rdim” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishdan tabiat va odamlarni aks ettiruvchi 50 ta asar o‘rin olgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota — Turkiston — Toshkent — Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. 4 kunlik tur sayyohlarga Buyuk Ipak yo‘li izlari bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi.
Toshkent Fotosuratlar uyida Qirg‘izistonda bo‘lgan an’anaviy “Sharqning quyoshli ranglari” xalqaro pleneri qatnashchilari Jahongir Abdullayev, Temur Lashyonov, Zuhriddin Qiyomov va Bobur Vahobjonovning umumiy ko‘rgazmasi uyushtirildi. Namoyishga qo‘yilgan rasmlardan parchalar — “Gazeta.uz” reportajida.
19 va 20-oktabr kunlari Fotosuratlar uyida Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar poytaxt hayvonot bog‘ining uzoq tarixini aks ettiruvchi 100 dan ortiq arxiv fotosuratni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent Fotosuratlar uyida Yevrosiyo fotorassomlarining xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir to‘qqizinchi bor tashkil etilgan “San'at va dunyo” Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida uyushtirildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotolavhalar taqdim etadi.
14−18-oktabr kunlari Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu yil 40 ta mamlakatdan rassom va kuratorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazmalarda 120 dan ortiq san’at asarlari namoyish etiladi. Dasturda xorijlik rassomlarning mahorat darslari va xalqaro konferensiya o‘rin olgan.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Davlat simfonik orkestrining 10 yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Gustav Maler, Edvard Grig va boshqa bastakorlarning asarlaridan iborat konsertlar o‘rin olgan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy yakkaxonlar ishtirok etadi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov intervyuda ijodkorlarni mutlaq erkin qo‘yish tarafdori emasligini aytdi. “Har bir ijodkor ma’naviy qurol. U kimningdir maqsadi yo‘lida xizmat qilmasligi kerak. Ayni damda tartib va cheklovlar hech kimning huquqini poymol qilmasligi shart”, — dedi vazir.
Bu yil MOCFEST yangi formatda o‘tkazildi. Tashkilotchilar “festivallar festivali” g‘oyasidan voz kechib, unga “yagona multimedia tadbiri” sifatida yondashdi. Viktoriya Abdurahimova tasviriy san’at qanday qilib festivalning soyasida qolib ketgani va nima uchun bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida mushohada yuritadi.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Boysundagi voqealar sentabrning bosh mavzularidan biri bo‘ldi. Shuningdek, bu oyda reperlar bilan suhbatlar favqulodda ko‘p chiqdi.
Britaniya muzeyida dunyoning 29 ta kolleksiyasidan 300 dan ortiq eksponatlar, jumladan, O‘zbekistondan 14 ta buyum namoyish etiladigan Silk Roads ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiya Ipak yo‘li bo‘ylab milodiy 500−1000-yillardagi madaniy aloqalar yoritilgan. Ko‘rgazma 2025-yil 23-fevralgacha davom etadi.
“Ilhom” teatrida Toshkent xalqaro kinofestivaliga (1968−1988) bag‘ishlangan Destination: Tashkent ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma huquq himoyachisi Anjela Devis, aktyor Raj Kapur va boshqa taniqli shaxslarni uchratish mumkin bo‘lgan arxiv materiallari, kinoxronika va fotosuratlarni o‘z ichiga oladi.
26−29-sentabr kunlari Toshkentda Destination: Tashkent kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturda tarixiy filmlar va Markaziy Osiyo rejissyorlarining zamonaviy asarlari namoyish etiladi.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Avgust oyidagi yangi loyihalar paydo bo‘ldi, to‘xtab qolgan loyihalar qayta ishlay boshladi, Olimpiadachilar esa asosiy qahramonlar bo‘ldi.
Toshkentda 3−12-sentabr kunlari kreativ yoshlarning RE/Generation birinchi art-festivali o‘tkazildi. 6000 kvadrat metrdan ziyod maydonda yuzlab san’at namunalari namoyish etildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.
15−19-sentabr kunlari o‘tishi reja qilingan Toshkent xalqaro kinofestivali keyinga qoldirildi. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu O‘zbekistonda kuzda xalqaro tadbirlarning ko‘p bo‘lishi va ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish davom etayotgani bilan bog‘liq. Festivalning yangi sanalari noma’lum.
Sentabr oyida “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Raj Kapur yubileyiga bag‘ishlangan tadbir, Alen Delon filmlarining retrospektivi hamda xorijiy rejissyor va aktyorlarning mahorat darslari o‘rin olgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting