Madaniyat

Xitoydagi Osiyo liboslari ko‘rgazmasiga 86 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi
14 noyabr 2023, 10:36

Xitoydagi Osiyo liboslari ko‘rgazmasiga 86 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi

Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”ni 86 mingdan ortiq kishi tomosha qildi. Unda O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati, jumladan, an’anaviy o‘zbek so‘zanasi, chopon va zargarlik buyumlari namoyish etildi.

“Ularning hammasi ham qo‘shimcha daromad topavermaydi”. Madaniyat vazirligi — san’atkorlarning uy-joy olishiga subsidiya ajratish taklifi haqida
10 noyabr 2023, 13:07

“Ularning hammasi ham qo‘shimcha daromad topavermaydi”. Madaniyat vazirligi — san’atkorlarning uy-joy olishiga subsidiya ajratish taklifi haqida

Madaniyat vazirligi soha vakillarining uy olishida to‘lovning 50 foizini qoplab berishni taklif qildi. Loyiha muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bunga munosabat bildirarkan, “soha vakillarining hammasi ham to‘y-hasham yoki boshqa tadbirlardan qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidladi.

Uyat ham, sharmanda ham emas. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi o‘tmoqda
8 noyabr 2023, 18:37

Uyat ham, sharmanda ham emas. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi o‘tmoqda

Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.

Madaniyat vaziriga ikkita birinchi o‘rinbosar tayinlandi
4 noyabr 2023, 09:50

Madaniyat vaziriga ikkita birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Bahodir Ahmedov va Avazxon Tadjixanov birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.

Madaniyat vazirligi san’atkorlar haqidagi portal zarurligini asoslashga urindi
7 oktabr 2023, 12:24

Madaniyat vazirligi san’atkorlar haqidagi portal zarurligini asoslashga urindi

Madaniyat vazirligining xabar berishicha, san’atkorlar haqidagi portal to‘y va boshqa tadbirlarni rejalashtirayotgan muxlislarga ijrochilar bilan bevosita aloqada bo‘lishga yordam beradi. Saytda nafaqat 10 ga yaqin san’atkor, balki sohaning boshqa vakillari haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi, deydi vazirlik.

Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi
12 iyul 2023, 16:15

Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi

Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san’at sohasi vakillari va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, gastrol safarlarini moliyalashtirish kabi ishlar uchun Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Unga O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yil uchun ajratilgan pullardan 20 mlrd so‘m yo‘naltiradi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting