Iqtisodiyot

O‘zbekistonda biznes optimizmni yo‘qotmoqda: tadbirkorlar energetika muammolaridan shikoyat qilmoqda
Kecha, 20:48

O‘zbekistonda biznes optimizmni yo‘qotmoqda: tadbirkorlar energetika muammolaridan shikoyat qilmoqda

MB so‘rovi ko‘rsatdiki, tadbirkorlar ishbilarmonlik muhitini nisbatan pessimistik baholamoqda. To‘rtinchi chorakda o‘rta va yuqori quvvatdagi kompaniyalar ulushi 50% gacha kamaydi — bu 1,5 yildagi minimum. Asosiy sabab — gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar. Yaxshilanish kutilmasi 62% dan 56% gacha tushdi.

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi: ekologik chorami yoki savdoga to‘siq?
Kecha, 20:10

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi: ekologik chorami yoki savdoga to‘siq?

1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdori sezilarli oshadi. Investitsiyalar vazirligi vakili Inomjon Abdurahmonov buni akkumulyatorlarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish va mahalliy avtosanoatni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan izohladi. “Gazeta.uz” uning dalillarini o‘rgandi.

“Aloqabank” biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi “yoshlar banki”ga aylantiriladi
Kecha, 15:20

“Aloqabank” biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi “yoshlar banki”ga aylantiriladi

“Aloqabank” 200 mln dollar hisobiga yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi “yoshlar banki”ga aylantiriladi. Bank ayrim yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratadi. Milliy bankka oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash uchun 100 mln dollar resurs beriladi.

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va bolalar oromgohlariga soliq imtiyozlari beriladi
Kecha, 10:04

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va bolalar oromgohlariga soliq imtiyozlari beriladi

Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari 2030-yilgacha ekin maydonlaridan tashqari yer solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari 2027-yilgacha mol-mulk va foyda solig‘idan imtiyozlarga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi
13 fevral 2025, 17:32

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarini so‘mga nisbatan almashuv kursi ilk bor 13 000 so‘mlik nuqtadan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 0,65 foizga qadrsizlandi. Devalvatsiya sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pastroq bo‘ldi.

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun imkoniyatlar yaratiladi
13 fevral 2025, 13:30

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun imkoniyatlar yaratiladi

O‘zbekistonda aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda. Qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, elektron garov xatiga o‘zgartirishlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida amalga oshiriladi.

Iqtisodiyotni ko‘tarish emas, ko‘tarilishiga xalal bermaslik kerak — Botir Qobilov
13 fevral 2025, 12:06

Iqtisodiyotni ko‘tarish emas, ko‘tarilishiga xalal bermaslik kerak — Botir Qobilov

Texas universiteti professori Botir Qobilov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida iqtisodiyotda davlatning roli qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirdi. “Davlatning bilimi bozordagi holatni bilishga yetmaydi. Byurokratik apparatda qaysi korxonaning ishi kelajakda yaxshi bo‘lishini bilish imkoniyati yo‘q”, — deydi u.

MB — 2025-yilda iqtisodiyot uchun risklar haqida
12 fevral 2025, 21:41

MB — 2025-yilda iqtisodiyot uchun risklar haqida

Markaziy bank 2025-yilda inflyatsiya va iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy makroiqtisodiy risklarni sanadi. Global geosiyosiy keskinliklar, xomashyo narxlari ehtimoliy o‘sishi, aprelda gaz va elektr energiyasi narxlari oshishi shular jumlasidan.

Yanvarda O‘zbekistonda foydalanilgan avtomobillar narxi pasayishda davom etdi
12 fevral 2025, 21:20

Yanvarda O‘zbekistonda foydalanilgan avtomobillar narxi pasayishda davom etdi

MHTI sharhiga ko‘ra, yanvar oyida foydalanilgan avtomobillar va elektromobillar narxi pasayishda davom etdi. Mashhur budjetli modellar ham, eng qimmat avtomobillar ham arzonladi. Kam kilometrli Equinox va Malibu narxlari oshdi.

O‘zbekistonda mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat berildi
12 fevral 2025, 11:39

O‘zbekistonda mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda mikromoliya banki instituti joriy etiladi. Qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga, mikromoliya banklarini esa tijorat banklariga aylanishiga asos yaratildi.

MB 10 ta bankni jarimaga tortdi
12 fevral 2025, 04:04

MB 10 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank qoidabuzarliklari uchun 10 ta bankni jarimaga tortdi. Shuningdek, ko‘rsatma va talablarga rioya qilmagan 1 ta to‘lov tizimi operatori chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

“O‘zenergoinspeksiya”ga kunning istalgan vaqtida tekshiruv o‘tkazish vakolati berildi
11 fevral 2025, 20:29

“O‘zenergoinspeksiya”ga kunning istalgan vaqtida tekshiruv o‘tkazish vakolati berildi

Prezident farmoniga muvofiq, endi “O‘zenergoinspeksiya” xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sutkaning istalgan vaqtida yoqilg‘i-energetika resurslari bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazishi mumkin. Tekshiruv boshlanganidan so‘ng 24 soat ichida vakolatli organni xabardor qilish kerak.

MHTI: Toshkent supermarketlarida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashdi
11 fevral 2025, 15:42

MHTI: Toshkent supermarketlarida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashdi

9-yanvardan 6-fevralgacha Toshkent supermarketlarida kartoshka, sabzi, lavlagi, tuxum, sut va shakar narxlari sezilarli darajada pasaydi, karam va bodring esa qimmatlashdi, deya xabar berdi MHTI. 94,2 ming tonna kartoshka import qilinishi ortidan mahsulot narxi arzonlashgan.

O‘zmilliybank developerlardan tijorat binolarini sotib olish uchun 500 mlrd so‘m ajratadi
11 fevral 2025, 15:21

O‘zmilliybank developerlardan tijorat binolarini sotib olish uchun 500 mlrd so‘m ajratadi

O‘zmilliybank investitsiya kompaniyasi orqali developerlardan tijorat ko‘chmas mulklarini sotib oladi va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun xizmat ipotekalarini joriy qiladi. Buning uchun 500 mlrd so‘m ajratilishi reja qilinmoqda. Prezident bankka 3 mln kishini ish bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi.

O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi — “O‘zatom” rahbari
11 fevral 2025, 11:48

O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekiston kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bunday stansiyalarni boshqa hududlarda ham qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Prezident islohotlari katta miqdordagi elektrni talab qiladi, atom energetikasi esa iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, deb hisoblaymiz”, — dedi “O‘zatom” rahbari.

Toshkent va boshqa yirik shaharlarda zararli ishlab chiqarish taqiqlanadi, qator korxonalar ko‘chiriladi
10 fevral 2025, 23:36

Toshkent va boshqa yirik shaharlarda zararli ishlab chiqarish taqiqlanadi, qator korxonalar ko‘chiriladi

1-maydan boshlab Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi. Ular orasida asbest va sement ishlab chiqarish, parrandachilik fabrikalari va boshqalar bor. 168 ta sanoat korxonasini shaharlardan tashqariga ko‘chirish ham rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun majburiy sug‘urtani joriy etish rejalashtirilmoqda
10 fevral 2025, 23:12

O‘zbekistonda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun majburiy sug‘urtani joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda atrof-muhitga yuqori ta’sir ko‘rsatadigan korxonalar uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha qator imtiyozlar joriy etiladi. Bu uchun havo ifloslanishini nazorat qiluvchi fon monitoringi stansiyalari o‘rnatish lozim. Shuningdek, ekologiyaga zarardan majburiy sug‘urta tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Atom energetikasi uzoq muddatli o‘sish sur’atlari uchun munosib zamin yaratadi — prezident
10 fevral 2025, 20:50

Atom energetikasi uzoq muddatli o‘sish sur’atlari uchun munosib zamin yaratadi — prezident

Prezident yig‘ilishiga ko‘ra, uran zaxiralari hisobiga atom energetikasi orqali uzoq muddatli quvvat tashkil etish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari bo‘lajak AES mutaxassislarini hoziroq tayyorlashni buyurdi va texnologiya iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirib, o‘sish sur’atlari uchun munosib zamin yaratishini aytdi.

O‘zbekistonda g‘ishtdan voz kechish rag‘batlantiriladi
10 fevral 2025, 17:40 4

O‘zbekistonda g‘ishtdan voz kechish rag‘batlantiriladi

2026-yildan O‘zbekistonda g‘isht ishlab chiqarish solig‘i ikki baravarga oshiriladi, 2027-yildan esa qo‘riqlanadigan yerlardagi karerlarda qum qazib olish taqiqlanadi. G‘isht o‘rniga penoblok va gazoblokdan keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi.

O‘zbekistonda “yashil tadbirkor” maqomi va elektr uchun “yashil” tariflar joriy etiladi
10 fevral 2025, 17:00

O‘zbekistonda “yashil tadbirkor” maqomi va elektr uchun “yashil” tariflar joriy etiladi

1-sentabrdan “yashil tadbirkor” maqomini beruvchi platforma ishga tushirilishi mumkin. Bunday maqomga ega korxonalar “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik, barqarorlik reytingida ballar va boshqa imtiyozlarga ega bo‘ladi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi elektr uchun “yashil tariflar” joriy etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting