Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘proq.
Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya uch-to‘rt oydan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolib 11,1 foiz darajasida shakllanmoqda. Shuningdek, banklararo pul bozoridagi depozitlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari aprel oyidagi 14,2 foizdan iyul oyida 8,7 foizgacha pasaydi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,77 so‘mga pasayib, 10 668,09 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshirilishini aytib o‘tdi. Xalqaro magistral internet tezligi 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi 8 barobarga oshirilishi qayd etildi.
Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi. Investitsion kompaniyaning maqsadi Tojikiston hududidagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi. Kompaniyaning boshlang‘ich ustav kapitali 12 mln dollar bo‘ladi va bosqichma-bosqich 50 mlngacha yetkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish vazifasi oldinda turganligini ta’kidladi. Shuningdek, prezident 2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 foizga tushirilishini aytib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni 2 barobar qisqartirishini ta’kidladi. O‘zLiDeP nomzodi 2023 yildan QQS 12 foizga, mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%ga tushirilishini ham qayd etdi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana qator rejalar e’lon qilindi.
Yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati 258,3 mln dollarga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan. Mashinalar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5983 taga kamaygan.
EY auditorlik kompaniyasi bankrotlikka uchrab, yopilib ketgan Zeromax kompaniyasi tufayli bosimlar ostida qoldi. Financial Times millionlab dollarlarning zargarlik buyumlarini sotib olishga sarflangani va offshor hisob raqamlariga o‘tkazilganiga e’tibor qaratdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,37 so‘mga pasayib, 10 682,86 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Energetika vazirligi Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtga teng bo‘ladigan uchta fotoelektrostansiyalar qurish bo‘yicha tenderni e’lon qildi.
UzAuto Motors, «Jizzax avtomobil zavodi», ADM Jizzakh, Roodell va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar 2021 yilning birinchi yarmida jami 2,57 trln so‘mlik (240,9 mln dollar) bojxona bojlari, QQS va aksiz soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan. UzAuto Motors avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar ham milliardlab so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.
1 oktabrdan boshlab eksport hajmi $20 mlndan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari uchun $5 mlngacha bo‘lgan bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiladi. 12 oy davomida 1 mln AQSh dollaridan ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirishi mumkin.
2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
Davlat qarzi ikkinchi chorakda 1 mlrd dollarga oshdi. 1 iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, birinchi yarim yillikda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1 mlrd dollardan oshgan.
Surxondaryoda To‘palang suv omboridan 361 kilometrlik magistral suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 138 mln dollarlik loyiha To’palang HPD Platinum tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.
UzAuto Motors 2021 yilning olti oyida 1,9 trillion so‘mlik (177,6 million dollar) bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini oldi. Gap prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ta’minlangan bojxona boji, aksiz va QQS bo‘yicha imtiyozlar haqida ketmoqda.
8 sentabrdan dollarning rasmiy kursi 10,16 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 10 695,23 so‘mga etib belgilanadi. Shuningdek, yevro ham so‘mga nisbatan o‘sgan bo‘lsa, rublning rasmiy kursi 0,43 so‘mga arzonlashdi.
Dollarning rasmiy kursi 14,07 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 7 sentyabrdan 10 671,00 so‘mga teng bo‘ladi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarilishda davom etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting