Davlat soliq qo‘mitasi Toshkent shahar soliq organlarining 1100 nafardan ortiq xodim attestatsiyada o‘tkazildi. Ularning 25 foizi esa attestatsiyadan o‘tmadi.
Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 250 baravarigacha oshirildi.
Xo‘jayli va To‘rtko‘l tumanida davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlov amalga oshirildi.
«O‘zavtosanoat» Volkswagen bilan O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha biznes reja ishlab chiqmoqda. Investitsiya hajmi 40 mln yevrogachani tashkil etishi mumkin.
«O‘zbektelekom» kompaniyasining provayder va operatorlar uchun internet-kanallar tariflari 1 Mbit/s uchun 70128 so‘mgacha tushirildi.
Markaziy bank departamentlaridan biriga rahbarlik qilib kelayotgan Ilhomjon Abdugafarov MB raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini ishga tushirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Jahon banki O‘zbekistonda davlat korxonalari va davlat moliyaviy boshqaruv tizimini isloh qilishga 33 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
O‘zbek-afg‘on forumida 82,2 mln dollarlik eksport shartnomalari va bitimlar imzolandi.
Toshkentda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan 1815 nafar fuqaroning 219,7 mlrd so‘mlik soliq va moliyaviy jarima bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqarildi.
Sherobodda Koreyaning NCG Engineerring Co.ltd. kompaniyasi hamkorligida bunyod etilayotgan yangi sement zavodiga dastlabki tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun ekonom klass chiptalari tariflarini qayta ko‘rib chiqdi. Eng past tarif o‘zgarishsiz qoldi, eng yuqorisi esa sezilarli darajada qimmatlashdi.
Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston bilan chegarada savdo zonasi ochildi.
Prezident qarori bilan eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi o‘rnatildi.
YAUPM qo‘shma korxonasi va Germaniyaning «Veridos GmbH» kompaniyasi O‘zbekistonda yiliga 75 mln dona plastik kartochka ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurish bilan shug‘ullanadi.
Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklandi.
Shohruh Shorahmedov moliya vazirining davlat byudjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muqobil energiya foydalanuvchilari va ishlab chiqaruvchilari imtiyozlarga ega bo‘ldi. Prezident qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting