Sherobodda Koreyaning NCG Engineerring Co.ltd. kompaniyasi hamkorligida bunyod etilayotgan yangi sement zavodiga dastlabki tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun ekonom klass chiptalari tariflarini qayta ko‘rib chiqdi. Eng past tarif o‘zgarishsiz qoldi, eng yuqorisi esa sezilarli darajada qimmatlashdi.
Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston bilan chegarada savdo zonasi ochildi.
Prezident qarori bilan eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi o‘rnatildi.
YAUPM qo‘shma korxonasi va Germaniyaning «Veridos GmbH» kompaniyasi O‘zbekistonda yiliga 75 mln dona plastik kartochka ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurish bilan shug‘ullanadi.
Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklandi.
Shohruh Shorahmedov moliya vazirining davlat byudjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muqobil energiya foydalanuvchilari va ishlab chiqaruvchilari imtiyozlarga ega bo‘ldi. Prezident qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sentyabrdan mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilashda ish haqining eng kam miqdori o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qo‘llaniladi.
Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Ayrim ishlab chiqaruvchilar uchun energoresurslarga cheklovlar kiritilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga inflyatsion bosimning ortishiga olib keladi. Avvalroq g‘isht zavodlari va issiqxona xo‘jaliklari gazdan ko‘mirga o‘tishga qarshi chiqqan edi.
Yaylovlar doimiy egalik qilishga, ijaraga, shuningdek vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin. Prezident yaylovlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga yuk poyezdlari uchun 16 ta, yo‘lovchi poyezdlari uchun 8 dona elektrovoz sotib olishga 170 mln dollar ajratdi.
Prezident farmoni bilan 2019 yil 1 iyuldan oltindan yasalgan zargarlik buyumlarni chakana sotganlik uchun 1 grammiga ming so‘mdan yig‘im undiriladi.
Polshaning «Global business promotion group» Qashqadaryoda sut va go‘shtni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga olgan zamonaviy klaster barpo etmoqchi.
Navoiy shahri, Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Samarqand viloyatida yangi yo‘llar, sement zavodi va suv ombori quriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting