O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun bepul kurslarga ega onlayn platforma — “Kichik biznes akademiyasi” ishga tushdi. Dastlabki uchta kursdan biznesni “kulrang” dan “oq rang”ga o‘tkazish, restoranni rivojlantirish va ijtimoiy tarmoqlarda do‘konni targ‘ib qilishni o‘rganish mumkin.
2024-yilda O‘zbekistonda taksi bozorining hajmi 5,89 trln so‘mga yetdi. Bir qatnov uchun o‘rtacha to‘lov 18 456 so‘mni tashkil qildi. Yil davomida deyarli 320 mln sayohat amalga oshirilgan bo‘lib, ularning 23,7 foizi karta orqali to‘langan. Yo‘lovchilar asosan Nexia, Cobalt, Lacetti avtomobillarida tashilmoqda.
O‘zbekiston hamda BAA rasmiylari va tadbirkorlari o‘rtasida yangi shartnoma va bitimlar imzolandi. Jetex kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, aerotaksi va VIP taksi xizmatlarini joriy etish loyihasi shular jumlasidandir.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha transport-logistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinadi. Transport vaziri “muammoli mamlakatlar” orqali o‘tish uchun muqobil yo‘laklar aniqlanishini aytdi. Xitoy, Ukraina, Moldova va boshqa davlatlar bilan transport shartnomalari ko‘rib chiqiladi.
Piskentdagi poligonda yana import mashinalarni sinovdan o‘tkazishda navbat paydo bo‘ldi. UzTest elektron navbat olish tartibini o‘zgartirmoqchi: sinov vaqti 20 dan 15 daqiqaga qisqaradi, bu kuniga 96 ta mashinani tekshirish imkonini beradi. Ammo bu quvvat avtoimportning kunlik o‘rtacha hajmidan 2,3 baravar kam.
Jahon banki navbatdagi hisobotida O‘zbekistonni mamlakatda iqtisodiyot o‘sishi, ish o‘rinlari yaratish va jahon savdosiga integratsiyalashish uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi va qator tavsiyalar berdi.
Paynet kompaniyasi Milliy banklararo protsessing markazi — Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib oldi. Kompaniya 3 nafar talabgordan eng yuqori narx — 65 mln dollar taklif qilgan.
O‘zbekistonda elektrotexnika eksportini yiliga 3 mlrd dollarga, ishlab chiqarish hajmini esa 50 trln so‘mga yetkazish reja qilinmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.
MTRKning 2025-yilga mo‘ljallangan budjeti 1,6 barobarga oshib, 881,3 mlrd so‘mga yetdi. Uning vazifasi odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, islohotlarni yoritish va boshqalardan iborat. Mamlakat ichki va tashqi siyosatini xolis yoritish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zA budjeti ham ko‘paydi.
Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Monitoring ishlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda yuk jo‘natuvchilar va tashuvchilarni bog‘lovchi ekspeditorlik xizmatlari bozori 520 mln dollarga baholanmoqda. Bozorning 90 foiz ulushini xorijiy kompaniyalar egallaydi. Mahalliy ekspeditorlar ulushini 50 foizgacha oshirish maqsadida ular QQSdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Kolorado konlar maktabi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikda Texnologik metallar oliy maktabini ham tashkil etib, qo‘shma o‘quv rejalar ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash uchun moslashtirilgan dasturlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Energetika vazirligi tadbirkorlar bilan uchrashib, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari bilan bog‘liq muammolarni muhokama qildi. Tadbirkorlarga energetika qoidalariga rioya qilish zarurligi eslatildi. Uchrashuv ishtirokchilaridan birining “Gazeta.uz”ga aytishicha, shohobchalar tarmoqqa ulana boshlagan.
O‘zbekistonda avtomobillar importi tarkibi o‘zgardi. Ilgari benzinli avtomobillar yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2024-yilda birinchi marta elektromobil va gibrid avtomobillar importi hajmi ulardan oshib ketdi. Import qilingan elektromobillarning o‘rtacha narxi deyarli uch barobarga arzonlashdi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar berdi. Jamg‘arma pensiyaga chiqish vaqti kelganda muammolarga uchramaslik, pensiya miqdori esa yuqoriroq bo‘lishi uchun fuqarolar qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntirdi.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Asosiy soliq stavkalari saqlanib qoldi, biroq bir qator mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘zgardi. Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi.
2025-yil uchun “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” g‘oliblari Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida e’lon qilinadi.
Prezident farmoni loyihasi bilan 2025-yil yakunigacha O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi yoqilg‘ini sotish va ishlatishni cheklash taklif etilmoqda. Avvalroq Ai-80 benzindan voz kechish maqsadi 2028-yilga qoldirilgandi. Shuningdek, IESlarda mazutdan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Hukumat qarori bilan turistik klasterlarni tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Turoperator — mehmonxona — transport xizmatlarini ko‘rsatadigan, mehmonlarni saqlash va hunarmandchilik mahsulotlari sotish uchun sharoiti mavjud tadbirkorlar turistik klaster maqomini olishga ariza yuborishi mumkin.
Qonunchilik palatasida qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Hujjat bilan sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting