Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun $100 mlnlik imtiyozli kreditlar ajratiladi
2 avgust 2022, 10:18

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun $100 mlnlik imtiyozli kreditlar ajratiladi

Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli kreditlar ajratadi. Banklar qarzlarni milliy valyutada 10 yil muddatga imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada taqdim etadi. Avvalroq MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini qisqartirishni so‘ragandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon 500 mln dollarlik investitsiya fondini ishga tushiradi
1 avgust 2022, 21:44

O‘zbekiston va Ozarbayjon 500 mln dollarlik investitsiya fondini ishga tushiradi

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya fondini ishga tushiradi. Bir hafta ichida uni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi
1 avgust 2022, 21:08

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi

Afg‘onistonning 2021 yil uchun O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzi yo‘q. O‘tgan yil yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan, 2022 yil uchun yetkazib berish bo‘yicha hisob-kitoblar tizimli asosda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi.

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi
1 avgust 2022, 19:37

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi

Chorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida joylashgan «Chorvok oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi. Tenderda VIP Logistics g‘olib bo‘ldi.

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi
1 avgust 2022, 15:52

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi

JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.

O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruch import qilinishiga ruxsat berdi
29 iyul 2022, 16:52

O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruch import qilinishiga ruxsat berdi

Hindiston O‘zbekistonga banan, mango, soya va guruch eksport qilishga ruxsat oldi, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar esa Hindiston bozoriga uzum, olxo‘ri va gilos yetkazib bera oladi. Tomonlar boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun cheklovlarni olib tashlashni muhokama qilmoqda.

Umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga soluvchi talablar soddalashtiriladi
28 iyul 2022, 17:45

Umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga soluvchi talablar soddalashtiriladi

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga solish talablari soddalashtiriladi, sohadagi tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Adliya vazirligi DSQ va SES bilan birga 1 sentabrgacha tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
28 iyul 2022, 17:13

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 34,29 so‘mga arzonlab, 10 908,11 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

Olti oy ichida onlayn auksion orqali 174 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
28 iyul 2022, 16:33

Olti oy ichida onlayn auksion orqali 174 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

2022 yilning yanvar-iyun oylarida 174 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi. Tuzilgan bitimlarning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan.

Ayrim banklar xalqaro plastik kartalardan naqd valyuta yechib olishga komissiya o‘rnata boshladi
28 iyul 2022, 14:24

Ayrim banklar xalqaro plastik kartalardan naqd valyuta yechib olishga komissiya o‘rnata boshladi

Xalqaro plastik kartalardan naqd pul yechib olish uchun «Kapitalbank» 0,7 foiz, «Ipak Yo‘li» banki esa 1 foiz miqdorda komissiya o‘rnatdi. Banklar buni naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish bilan izohladi. Iqtisodchi Otabek Bakirov qolgan banklar ham komissiya o‘rnata boshlashi mumkinligini ta’kidladi.

Biznes-ombudsman davlat organlari va hokimiyatlarda tekshiruvlar o‘tkazadi
28 iyul 2022, 11:30

Biznes-ombudsman davlat organlari va hokimiyatlarda tekshiruvlar o‘tkazadi

Biznes-ombudsman tadbirkorlarni tekshirish jarayoni qonuniyligi va hujjatlar ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy hokimiyatlarda ham tekshiruvlar o‘tkazadi. Qolaversa, hududlarda sayyor qabullar tashkil etilib, tadbirkorlar muammolarini joyida hal qilish choralari ko‘riladi.

Tadbirkorlar bilan muloqot qilish uchun maxsus portal tashkil etildi
28 iyul 2022, 10:59

Tadbirkorlar bilan muloqot qilish uchun maxsus portal tashkil etildi

Prezident farmoni bilan «Business.gov.uz» portali «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portaliga aylantirildi. U orqali tadbirkorlarning murojaati 24 soat davomida qabul qilinadi, onlayn muhokamalar va so‘rovnomalar o‘tkaziladi, yakuni bo‘yicha esa biznes-ombudsman prezident va hukumatga takliflar kiritadi.

Ikki oyda beshta viloyatdagi AGTKSHlar 41 mlrd so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgani aniqlandi
28 iyul 2022, 10:37

Ikki oyda beshta viloyatdagi AGTKSHlar 41 mlrd so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgani aniqlandi

O‘zbekistonning bir qator viloyatlaridagi gaz quyish shoxobchalarida ikki oy davomida 41 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Jizzax viloyatidagi 17 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi gaz o‘lchov tizimlariga tashqi ta’sir etish holatlari kuzatilgan.

O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,6 mln so‘m bo‘ldi
27 iyul 2022, 20:59

O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,6 mln so‘m bo‘ldi

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,6 mln so‘mni tashkil etganini ma’lum qildi. Avvalroq qo‘mita (qishloq xo‘jaligi va kichik biznes subyektlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni kiritmay) 2021 yilda yuridik shaxslarning o‘rtacha oylik maoshi 3,2 mln so‘m bo‘lganini qayd etgan edi.

«O‘zbekneftgaz» aksiyalarini xalqaro bozorlarga joylashtirishni kechiktirishi mumkin
27 iyul 2022, 13:45

«O‘zbekneftgaz» aksiyalarini xalqaro bozorlarga joylashtirishni kechiktirishi mumkin

Rothschild & Cie kompaniyasi maslahatchilari kapital bozorlarining yuqori o‘zgaruvchanligi sababli «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga IPO`ni chiqarish muddatini keyinroqqa qoldirishni tavsiya qildi.

Yanvar-iyun oylarida iste’molchilarga 248 mlrd so‘m keshbek qaytarildi
27 iyul 2022, 10:44

Yanvar-iyun oylarida iste’molchilarga 248 mlrd so‘m keshbek qaytarildi

Soliq qo‘mitasi iyun oyi uchun iste’molchilarga 61,9 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Shunday qilib, 2022 yilning olti oyi davomida fuqarolarga qaytarilgan summa 248,6 mlrd so‘mga yetdi.

Afg‘onistonda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini boshlash muddati 31 avgustgacha uzaytirildi
26 iyul 2022, 19:25

Afg‘onistonda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini boshlash muddati 31 avgustgacha uzaytirildi

Afg‘onistonda «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘i qurilishini boshlash muddatini 31 avgustga qadar uzaytirishga kelishib olindi. Hozirda O‘zbekiston hududida tarmoqning faqat bir qismi qurilgan, loyiha 2021 yil iyulidan to‘xtatilgan.

Tracker-2 va Onix uchun shartnoma tuzishni avgust va oktabrdan boshlash rejalashtirilmoqda
26 iyul 2022, 18:47

Tracker-2 va Onix uchun shartnoma tuzishni avgust va oktabrdan boshlash rejalashtirilmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker-2 uchun shartnoma tuzishni avgustdan, Onix uchun esa oktabrdan boshlashni rejalashtirmoqda.

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari pasaydi
26 iyul 2022, 16:21

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,89 so‘mga arzonlab, 10 960,17 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Ukrainadagi urush sababli Markaziy Osiyoda tadbirkorlar muammolarga duch kelmoqda — Jahon banki
25 iyul 2022, 21:10

Ukrainadagi urush sababli Markaziy Osiyoda tadbirkorlar muammolarga duch kelmoqda — Jahon banki

Ukrainadagi urush oqibatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda korxonalar xarajatlarning oshishi va kreditlash imkoniyatlarining qisqarishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Jahon bankiga ko‘ra, bu biznesning yopilishi, ish joylarining yo‘qotilishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting