Dollarning rasmiy kursi 3 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 476 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Tojikistonning Xo‘jand shahriga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi. Ushbu gaz dastlab shahardagi sanoat korxonalariga, keyinchalik esa aholiga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston toifalar va tarmoqlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan QQSga o‘tadi. Uning gaplariga ko‘ra, imtiyozlar va preferensiyalarga ega bo‘lgan kuchli o‘rta biznessiz mamlakat “hech qachon boshqa davlatlar bilan yetarlicha raqobatlasha olmaydi”.
«Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi O‘zbekiston va Tojikistondan keltiriladigan meva va sabzovot mahsulotlarini tashishda 50% lik chegirma joriy qildi. 2021 yil davomida to‘liq amalda bo‘ladi.
O‘zbekiston, Jahon banki, Masdar kompaniyasi (BAA) va Osiyo taraqqiyot banki 100 MVt kuchga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit va sug‘urta shartnomalarini imzolashdi. Navoidan 35 uzoqlikda joylashadigan stansiya 2021 yildan boshlab «Milliy elektr tarmoqlari» ga elektr energiyasini yetkazib beradi.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham qimmatladi, rubl esa biroz pasaydi.
2020 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 29,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (4,5 mlrd dollar), Jahon banki (3,1 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.
16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshib, BTC’ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi. Bunday o‘sishga milliarderlar va yirik kompaniyalarning kripto valyutaga sarmoya kiritgani sabab bo‘ldi.
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kamayib, 5,44 mlrd dollarni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida pul o‘tkazmalari bo‘yicha 4,36 mlrd dollarga teng bo‘lgan ijobiy saldo o‘rnatildi.
Aqlli kim oshdi savdolari tufayli mulkni davlat tasarrufidan chiqarish davlat byudjeti va fuqarolar manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi. To‘g‘ri kim oshdi savdolarini qanday o‘tkazish kerak? Iqtisodchi Behzod Xoshimov maqolasi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bayramdan oldin go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi. Bosh vazirga ushbu mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish topshirig‘i berildi.
Bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million metr kub tanqislik mavjud, deya ta’kidladi prezident. Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berib, buning hisobiga, kuniga 7−8 million metr kub gaz qo‘shimcha ravishda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilishini aytdi.
Vaksina haqidagi yangiliklardan so‘ng oltin narxi arzonlashni boshlagan. Bu esa O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 32,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Yangi Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi. Yangi krossover 2019 yilda taqdim etilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar faqat Xitoy va Braziliyada sotilayotgan edi.
Pochta bo‘limlarida aholidan to‘lovlarni qabul qilish kengaytirilib, autsorsing asosida bank va davlat xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi.
Amudaryo bo‘ylab Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan deyarli 413 m uzunlikdagi avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi quriladi. Shuningdek, Shovot tumanidan Korauzoq tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l quriladi. Qurilishni yanvar oyida boshlash rejalashtirilgan.
Dollarning rasmiy kursi 20 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 463 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz oshdi.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18 foizga oshib, 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd dollarga yoki YAIMga nisbatan 32,8 foizga yetgan. Davlat ichki qarzi esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 23,6 trln so‘mni (2,3 mlrd dollar) yoki YAIMga nisbatan 4 foizni tashkil etdi.
Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mahsulotlarning ulgurji savdosi bo‘yicha O‘zbekistonda sakkizta yirik agrologik markazlar tarmog‘ini yaratish va boshqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Ular mamlakatning yirik shaharlari atrofida quriladi. Markazlar orasida eng ixchamining maydoni 10 gektarni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting