Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.
1,7 million surxondaryolikni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun «To‘palang» suv omboridan magistral quvur yotqizish loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 138 mln dollarga baholanmoqda, quvurlar uzunligi — 361 km.
Olti oy yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmi 24 foizga kamayganiga qaramasdan, sof daromadini qariyb 70 foizga — 902,6 mlrd so‘mga (84,6 mln dollar) oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Dollarning rasmiy kursi 9,03 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 660,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
O‘zbekistonda Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ma’qullandi. Rossiyadan keyingi haftada xom-ashyo kelganidan so‘ng, preparat ishlab chiqariladi va tekshiruv uchun yana markazga yuboriladi.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trillion kub metrga yetgan. Amaldagi qazib chiqarish hajmlarida ushbu zaxiralar kamida 34 yilga yetadi. Ularning yarmidan ko‘pi “O‘zbekneftgaz” korxonalari, 20 foizdan ko‘prog‘i esa “Lukoyl” kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dollarning rasmiy kursi 23,00 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 651,00 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
2021 yilda O‘zbekistonda 53,8 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ishlab chiqarishning katta qismi «O‘zbekneftgaz» korxonalari (64,3%) hisobiga to‘g‘ri kelsa, qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda «Lukoyl», uchinchi o‘rinda Uz-Kor Gas Chemical kompaniyalari bo‘ladi.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari avgust boshida 965 mln dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarga yetdi. Oltin zaxiralari ham 9,3 tonnadan ko‘proqqa yetdi.
Dollarning rasmiy kursi 11,79 so‘mga pasaydi va jami 10 628,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda. Hukumat loyiha natijasida 30 yil davomida gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘m iqtisod qilinishi, issiqlik yo‘qolishining 44 foizdan 20 foizga qadar pasayishi va kreditor qarzdorlikning kamayishini kutmoqda. Shu bilan birga, tariflar ikki barobar ko‘proqqa oshadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd ustav kapitalidagi 57,118% ulushini Turkiyaning Coca-Cola İçyecyek A.Ş. kompaniyalar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Dollarning rasmiy kursi 21,61 so‘mga pasaydi va jami 10 639,79 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari pandemiya sababli to‘xtatilgan transport harakatini to‘liq tiklash, test natijalari va emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishga tushirish, oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tizimni joriy qilishni taklif etdi.
Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 20 avgustdan kuchga kiradi.
Dollarning rasmiy kursi 16,82 so‘mga pasaydi va jami 10 618,18 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Xitoy pandemiya boshlanganidan beri xorijiy davlatlarga tibbiy niqob va respiratorlarning eksportini deyarli to‘rt baravarga oshirdi. 2020 yil aprel holatiga bitta niqob yoki respiratorning eksport narxi 2019 yil dekabriga nisbatan 720,8 foizga ortgan.
O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarining bir qator tumanlari gul yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Dollarning rasmiy kursi 11,98 so‘mga pasaydi va jami 10 635,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning kirishini soddalashtirish va savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston — Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting