Toshkentdagi Versal restorani binosi 35,33 mlrd so‘mga sotildi. Onlayn auksion 14 daqiqa davom etdi.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 1,29 so‘mga arzonlashdi va 10 151 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining uch hafta davomida birinchi bor tushishi.
“Aeroflot”, “Sibir”, Turkish Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana i Air Astana va boshqa aviakompaniyalar cheklovlar olib tashlanishi bilan O‘zbekistonga aviaqatnovlarni qayta yo‘lga ko‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Turkmanistonga tutash hududlarida «Qo‘ng‘irot» va «Do‘stlik» erkin savdo zonalari tashkil etilishi mumkin. ESZlarning faoliyat muddati 30 yilga mo‘ljallanib, uning ishtirokchilariga soliq imtiyozlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.
Transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi «O‘zavtosanoat» avtomobillari narxiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Sud Sulton Tex Group klasterining Qarshi tuman hokimi va boshqa mansabdorlarga qarshi da’vosini qisman qanoatlantirdi. Hokimning harakatlari, shuningdek, kooperatsiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy deb topildi. Hozircha kompaniyaning klaster sifatidagi taqdiri va kooperatsiyaga berilgan 13 ming gektar yerning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
AQSHning Tesla kompaniyasi aksiyalarining narxi ilk bor $1000 dollaridan oshishi oqibatida Tesla Yaponiyaning Toyota kompaniyasini ortda qoldirib avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi, Ilon Maskning boyligi esa $42,9 mlrd gacha ko‘paydi.
Yevropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish va kambag‘allik darajasini kamaytirish maqsadida 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolishga qaror qildi. Bank boshqaruvi bu qarorni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohladi.
S&P Global Ratings reyting agentligi O‘zbekiston bo‘yicha kutilmani «barqaror»dan «salbiy»ga o‘zgartirdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi Nozimjon Ortiqov O‘zbekistonga berilgan reyting nimani anglatishi, reytingning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etishi, kutilmaning «barqaror»dan «salbiy»ga o‘zgarishining asosiy sabablariga to‘xtalib o‘tadi.
«Rosgeologiya» kompaniyasi bilan O‘zbekistonda geologorazvedka ishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Buning uchun Rosgeo Uzbekistan sho‘’ba korxonasi tashkil etilib, unga O‘zbekiston bosh vazirining sobiq maslahatchisi, sobiq iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev rahbar etib tayinladi.
Toshkent xorijlik mutaxassislar (ekspatlar) yashashi uchun eng arzon shaharlardan biri deb topildi. Hongkong va Ashxobod esa yashash uchun eng qimmat shaharlar qatoridan o‘rin oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash uchun 8 ta asosiy yo‘nalishni sanab berdi. Qambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish, bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish shular jumlasidan.
Norma.uz ekspertlari hisob-kitobiga ko‘ra, import qilingan yengil avtomobillarning narxi pasayishi kutilmoqda. Bunga, joriy etilayotgan utilizatsiya yig‘imlariga qaramasdan, aksiz solig‘ining bekor qilinishi ta’sir ko‘rsatadi.
1 noyabrdan bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi. Avtomobil chegara bojxona postlarida esa xavflarni boshqarish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, bojxona xodimlariga tovarlar va transport vositalarini joyida tekshirishga ruxsat berildi. Prezident farmonida bojxona tizimidagi kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar.
Prezident “Informatika” faniga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yo‘nalishlarni kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Barcha hududlarda IT bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochilib, ularda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi, shunday bo‘lsa ham, mamlakat mintaqada iqtisodiyoti o‘sishda davom etayotgan yagona davlatligicha qolmoqda. Jahon iqtisodiyotida esa Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng yuqori — 5,2 foizlik pasayish kutilmoqda.
Karantin sababli davlat mulkini ijara olgan 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovini to‘lashdan ozod etilgan. Bu davlatga to‘lanishi mumkin bo‘lgan 92,6 mlrd so‘m pul tadbirkorlarning qo‘llarida qolganligini bildiradi.
Prezident o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, frilanserlar va tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxati kengaytiriladi, ularga bir qator qulayliklar va imtiyozlar beriladi hamda ularning faoliyatini masofadan turib ro‘yxatga olish uchun DSQ tomonidan mobil ilova ishlab chiqiladi.
Soliq tizimi axborot tizimlarini yagona platformaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish jarayoni 5−7 barobargacha yengillashib, inson omili aralashuvi 60 foizga qisqartiradi, shuningdek, qog‘oz shaklidagi hujjat ishlari ham keskin kamayadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting