Saylov-2024

DIIHB O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish missiyasini boshladi
26 sentabr 2024, 00:43

DIIHB O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish missiyasini boshladi

YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini boshladi.

“Tabiat uchun birlashaylik”. Ekologik partiyaning saylovoldi dasturi
25 sentabr 2024, 19:22

“Tabiat uchun birlashaylik”. Ekologik partiyaning saylovoldi dasturi

Ekologik partiyaning saylovoldi dasturidan avtomobil yo‘li qatnov qismida skuter va velosipedlar uchun alohida yo‘lak tashkil etish, tamaki mahsulotlariga qo‘shimcha soliq solish, Qizil kitobdagi o‘simliklardan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy e’lon qilish va boshqalar o‘rin olgan.

“Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari”. “Adolat” SDPning saylovoldi dasturi
22 sentabr 2024, 12:34

“Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari”. “Adolat” SDPning saylovoldi dasturi

“Adolat” SDP o‘z saylovoldi dasturiga hokimlarga ishonchsizlik votumi joriy etish, qayta taqsimlash orqali aholi daromadlarini tenglashtirish, bog‘ va oromgohlar sotuvini taqiqlash kabi masalalarni kiritdi. Sinfdagi o‘quvchilar sonini optimallashtirish, antiekologik korxonalarni jazolash ham taklif qilinmoqda.

“Kuchli ijtimoiy siyosat”. Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi
22 sentabr 2024, 12:34

“Kuchli ijtimoiy siyosat”. Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z saylovoldi dasturida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, nogironligi bo‘lganlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni xavfsiz va ekologik barqaror hududga aylantirish, iqtisodiyotda davlatning faol ishtirokini saqlab qolish kabilarni va’da qilmoqda.

“Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot”. “Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturi
22 sentabr 2024, 12:34

“Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot”. “Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturi

“Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturidan lotin alifbosiga o‘tishni yakunlash, arxeologik obyektlarda ijara tizimini bekor qilish, ajrimlar bojini oshirish, boshqa davlat fuqaroligini olganlardan fuqarolikni bekor qilish, renovatsiya va xalq tabobati qonunlarini qabul qilish kabi masalalar o‘rin oldi.

“Va’da emas, natija”. O‘zLiDePning saylovoldi dasturi
22 sentabr 2024, 12:34

“Va’da emas, natija”. O‘zLiDePning saylovoldi dasturi

Tartibsiz urbanizatsiyaga barham berish, AES qurish va undan xavfsiz foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, budjet xarajatlarini qisqartirish, so‘z va OAV erkinligini kafolatlash, tashqi siyosatni faqat xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqib olib borish — O‘zLiDePning saylovoldi dasturidan nimalar o‘rin olgan?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting