Saylov-2024

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida davomat 62,70 foizga yetdi
27 oktabr 2024, 16:30

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida davomat 62,70 foizga yetdi

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 15:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 12 504 688 nafari yoki 62,70 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Jazoni ijro etish muassasalarida 40 mingdan ortiq mahkum ovoz beradi — IIV
27 oktabr 2024, 15:40

Jazoni ijro etish muassasalarida 40 mingdan ortiq mahkum ovoz beradi — IIV

Deputatlar saylovida ovoz berish uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi 40,5 mingga yaqin mahkum ro‘yxatga olingan. Bu joylarda 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

YXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi deputatlar saylovini kuzatish jarayoni haqida
27 oktabr 2024, 15:13

YXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi deputatlar saylovini kuzatish jarayoni haqida

O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat.

O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazilgan deb topildi, saylovda davomat 50 foizga yaqinlashdi — MSK
27 oktabr 2024, 14:56

O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazilgan deb topildi, saylovda davomat 50 foizga yaqinlashdi — MSK

O‘zbekistonda deputatlar saylovida ishtirok etganlar 47,62 foizni tashkil etdi. Saylov bo‘lib o‘tgan deb topildi.

“Har bir fuqaro saylovda o‘z kelajagi uchun ovoz beradi” — Senat raisi Tanzila Narbayeva
27 oktabr 2024, 14:24

“Har bir fuqaro saylovda o‘z kelajagi uchun ovoz beradi” — Senat raisi Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva deputatlar saylovida ovoz berdi. U “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ovoz berishning ahamiyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining avvalgi tarkibi nimalar bilan e’tiborga sazovor bo‘lgani va yangi tarkibdan nimalarni kutish mumkinligi haqida so‘zladi.

Foto: Hokimlar va Qoraqalpog‘iston rahbari deputatlik saylovida ovoz berdi
27 oktabr 2024, 12:45

Foto: Hokimlar va Qoraqalpog‘iston rahbari deputatlik saylovida ovoz berdi

Birinchilar qatorida ovoz bergan Erkin Turdimov, nomzodlar bilan tanishgan Shuhrat Abdurahmonov va oilasi bilan saylovda qatnashgan Murotjon Azimov — “Gazeta.uz” hududlar rahbarlarining saylov uchastkasida olingan suratlarini to‘pladi.

MSK: Dastlabki 3 soatda saylovchilarning 29,58 foizi ovoz berdi
27 oktabr 2024, 12:40

MSK: Dastlabki 3 soatda saylovchilarning 29,58 foizi ovoz berdi

MSK soat 11:00 holatiga ko‘ra, 5 mln 900 ming 243 nafar saylovchi ovoz berganini ma’lum qildi. Bu umumiy saylovchilarning 29,58 foizini tashkil qiladi.

Foto: Siyosiy partiya yetakchilari saylovda ovoz berdi
27 oktabr 2024, 11:49

Foto: Siyosiy partiya yetakchilari saylovda ovoz berdi

Yakshanba kuni o‘tayotgan deputatlik saylovlarida O‘zbekistondagi 5 ta siyosiy partiya rahbarlari ham poytaxdagi turli saylov uchastkalariga borib ovoz berdi (foto).

O‘zbekistonda saylov: raqamlar va faktlar
27 oktabr 2024, 11:41

O‘zbekistonda saylov: raqamlar va faktlar

O‘zbekistonda bu galgi saylovlar “Mening tanlovim — obod Vatanim!” shiori ostida o‘tmoqda. Jami 19 mln 945 mingga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Qonunchilik palatasidagi o‘rinlar uchun 875 nafar nomzod kurash olib bormoqda. Boshqa raqamlar va faktlar.

O‘zbekiston prezidenti deputatlar saylovida ovoz berdi
27 oktabr 2024, 11:15

O‘zbekiston prezidenti deputatlar saylovida ovoz berdi

O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida deputatlar saylovida oila a’zolari bilan ovoz berdi.

Foto, video: O‘zbekistonning xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi jarayoni
27 oktabr 2024, 10:49

Foto, video: O‘zbekistonning xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi jarayoni

O‘zbekiston deputatlari saylovi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ham boshlandi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi elchixona oldida katta navbat paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi saylovlardan olingan fotosuratlar va videolarni taqdim etadi.

Saylovda qatnashayotgan nomzodlarning 28 foizi pedagog, 20 foizi iqtisodchi
27 oktabr 2024, 10:12

Saylovda qatnashayotgan nomzodlarning 28 foizi pedagog, 20 foizi iqtisodchi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida qatnashayotgan nomzodlarning 99,3 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Nomzodlar orasida iqtisodchilar va pedagoglar foizi eng yuqori.

Foto: Toshkentda ovoz berishga tayyorgarlik va jarayon boshlanishi
27 oktabr 2024, 08:59

Foto: Toshkentda ovoz berishga tayyorgarlik va jarayon boshlanishi

Ertalab soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum. Ular ochilishidan oldin saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirdi, madhiya yangradi. “Gazeta.uz” muxbirlarining fotoreportajlari.

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovi boshlandi
27 oktabr 2024, 08:51

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovi boshlandi

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boshlandi. Parlament saylovlari ilk bor aralash tizimda o‘tkazilmoqda. Birinchilardan bo‘lib Yaponiya va Janubiy Koreyada xorijiy saylov uchastkalari ochildi. Oxirgi bo‘lib AQShdagi uchastkalar yopiladi.

Parlament saylovlari arafasidagi Toshkent — foto
25 oktabr 2024, 14:20

Parlament saylovlari arafasidagi Toshkent — foto

Yakshanba kuni Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi. Partiyalar ko‘chalarda tashqi reklamalardan foydalanib, fuqarolarni o‘zlari uchun ovoz berishga turlicha targ‘ib qilmoqda. Gazeta.uz fotomuxbirlari siyosiy voqea arafasida poytaxt qanday ko‘rinishga kelganini suratga oldi.

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari
17 oktabr 2024, 10:04

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari

O‘zbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi ayrim uchastkalardan fotoreportaj.

Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan o‘tkaziladi
14 oktabr 2024, 14:40

Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan o‘tkaziladi

Markaziy saylov komissiyasi deputatlar saylovi kuni Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida elektron ovoz berishni sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Saylovchilar an’anaviy yoki elektron ovoz berishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Saylovoldi navbatdagi teledebatda nimalar haqida gapirildi?
10 oktabr 2024, 16:22

Saylovoldi navbatdagi teledebatda nimalar haqida gapirildi?

O‘zbekistonda parlament saylovi oldidan 4-oktabr kuni navbatdagi teledebat bo‘lib o‘tdi. Unda partiya vakillari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, saylovchilardan kelgan hamda raqiblari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi. Debat qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanalari belgilandi
8 oktabr 2024, 17:44

Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanalari belgilandi

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish 16−23-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jarayon ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

O‘zbekistonda dastlabki saylovoldi debatlar bo‘lib o‘tdi. Partiya rahbarlari nimalar haqida gapirdi?
28 sentabr 2024, 18:07

O‘zbekistonda dastlabki saylovoldi debatlar bo‘lib o‘tdi. Partiya rahbarlari nimalar haqida gapirdi?

O‘zbekistonda parlament saylovlari oldidan dastlabki debatlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ilk bor partiya rahbarlari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, deputatlar esa o‘z raqiblarining tashabbuslarida kamchiliklarni topishga harakat qildi. Debatlar qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting