YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini boshladi.
Ekologik partiyaning saylovoldi dasturidan avtomobil yo‘li qatnov qismida skuter va velosipedlar uchun alohida yo‘lak tashkil etish, tamaki mahsulotlariga qo‘shimcha soliq solish, Qizil kitobdagi o‘simliklardan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy e’lon qilish va boshqalar o‘rin olgan.
“Adolat” SDP o‘z saylovoldi dasturiga hokimlarga ishonchsizlik votumi joriy etish, qayta taqsimlash orqali aholi daromadlarini tenglashtirish, bog‘ va oromgohlar sotuvini taqiqlash kabi masalalarni kiritdi. Sinfdagi o‘quvchilar sonini optimallashtirish, antiekologik korxonalarni jazolash ham taklif qilinmoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z saylovoldi dasturida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, nogironligi bo‘lganlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni xavfsiz va ekologik barqaror hududga aylantirish, iqtisodiyotda davlatning faol ishtirokini saqlab qolish kabilarni va’da qilmoqda.
“Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturidan lotin alifbosiga o‘tishni yakunlash, arxeologik obyektlarda ijara tizimini bekor qilish, ajrimlar bojini oshirish, boshqa davlat fuqaroligini olganlardan fuqarolikni bekor qilish, renovatsiya va xalq tabobati qonunlarini qabul qilish kabi masalalar o‘rin oldi.
Tartibsiz urbanizatsiyaga barham berish, AES qurish va undan xavfsiz foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, budjet xarajatlarini qisqartirish, so‘z va OAV erkinligini kafolatlash, tashqi siyosatni faqat xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqib olib borish — O‘zLiDePning saylovoldi dasturidan nimalar o‘rin olgan?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting