30 yanvar — O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan taqdim etilgan mustaqil O‘zbekistonning birinchi rahbarining 19 ta fotosurati bilan bo‘lishamiz.
O‘tgan yilning oxirida uzoq kutilgan Sergeli metro yo‘nalishi ishga tushirildi. U tezda yo‘lovchilar bilan to‘ldi — kunning eng tig‘iz soatlarida vagonlar odamlar bilan to‘lib toshadi. Biroq, bu yo‘nalish atrofdagi shahar muhitidan uzilib qolgan (yaqinda ochilgan Qo‘yliq yo‘nalishi kabi).
Fotosuratchi Andrey Proxojiy 30 yildan ortiq vaqtdan buyon tog‘ turizmi bilan shug‘ullanadi. “Gazeta.uz” undan o‘tgan yil fotosuratlari bilan bo‘lishishini so‘radi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni O‘zbekiston parlamentiga navbatdagi an’anaviy murojaatnomani yo‘lladi. Ushbu marosimda ishtirok etgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri kamera ob’ektiviga muhrlangan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.
Gulistondagi COVID-19 bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish markazida yuz bergan kislorod baloni portlashi oqibatlari fotolavhalarda.
19 yil ichida birinchi marta Toshkentda to‘qqizta yangi metro bekati foydalanishga topshirildi. Ular shahar bilan qay darajada bog‘liq, o‘tish yo‘laklarida qanday qilib adashmaslik mumkin, nima uchun yerosti metrosi liftlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga qaramay harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun noqulayligicha qoldi va yangi bekatlar nimalar bilan xursand qiladi — «Gazeta.uz» fototahlilida.
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng 7 sentyabr kuni 330ga yaqin maktablarda o‘quv yili boshlandi. O‘zbekistonning turli hududlaridagi maktablarda birinchi o‘qish kunidan fotolavhalar.
26 avgust ob-havosi kuzni eslatdi. Ko‘chada salqinlik hukmron. Odamlar kurtkalarini kiyib, yomg‘irdan soyabon bilan berkinishyapti. Shamol shaharlar bo‘ylab sariq barglarni uchirib yuribdi va yoz tugayotganligi haqida darak bermoqda. “Gazeta.uz” fotograf, ko‘plab va xalqaro fototanlovlar laureati Xamdam Sharaxmedovdan O‘zbekistonda oldingi yillardagi kuz tasvirlangan fotosuratlarini bo‘lishishni so‘radi.
2−13 sentyabr kunlari davlat OTMlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahrida test sinovlari 6 joyda 17 maydonchada o‘tkaziladi. Gazeta.uz poytaxtdagi tayyorgarlik ishlarini o‘rganib chiqdi.
O‘zbekistonda karantindan oldingi hayot xorijlik nigohida. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi, havaskor fotosuratchi Yonas Astrup mamlakat bo‘ylab o‘z sayohatini ko‘rsatadi.
Fotojurnalist Husniddin Ato 2020-yil va oldingi yillar Qurbon hayiti kunida Hazrati Imom majmuasi qanday ko‘rinishda bo‘lganligi haqidagi suratlar jamlanmasini taqdim etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik harbiylar ham ushbu tadbirda qatnashdi.
«Gazeta.uz» muxbiri Nikita Makarenko Sirdaryodagi tabiiy ofat hududidan evakuatsiya qilinganlar joylashtirilgan markazlardan biri — Mirzaobod tumanidagi 3-bolalar bog‘chasiga tashrif buyurdi. Aholi sharoitdan mamnun, biroq tezroq o‘z uylariga qaytishni xohlashmoqda.
Samarqandlik Muqimjon Oripov, o’z shahrini bog’ga aylantirishga maqsadida, yillar davomida bolalar va kattalarga minglab gullarni tarqatadi. Nikita Makarenko va Elyor Ne’matovning “Ko'rinmas qahramonlar” turkumidagi yangi bir hikoyani o’qing.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tayyorlangan infografikani e’tiboringizga havola etamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting