Foto: Toshkent Botanika bog‘idagi olmaxonlar
31 yanvar 2025, 21:44 1

Foto: Toshkent Botanika bog‘idagi olmaxonlar

Toshkent Botanika bog‘ida olmaxonlar shu qadar ko‘paydiki, endi fotosuratchilar ham — xuddi “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf kabi — ularni bemalol fotohikoya qahramonlariga aylantiryapti. Qizig‘i, olmaxonlar O‘zbekistonga xos tur emas, ularning ko‘payishi esa “yashash sharoitlarining yaxshilanishi” bilan bog‘liq.

Test: Leonid Gayday filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
31 yanvar 2025, 14:05

Test: Leonid Gayday filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

“Ishbilarmon kishilar”, “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Gugurtga ketib” kabi filmlarning tarjimalari o‘zbek dublyaj san’atining eng yorqin namunalaridir. Bir rejissyor tomonidan suratga olingan bu filmlardagi ko‘p gaplar “qanotli ibora"ga aylanib ketgan. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

Test: Zulfiqor Musoqov filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
18 yanvar 2025, 12:31 1

Test: Zulfiqor Musoqov filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli kinorejissyor va ssenariynavis Zulfiqor Musoqov 19-yanvar kuni 67 yoshga to‘ladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” u suratga olgan filmlar asosida test tayyorladi. Uni ishlab ko‘ring — balki sizning ham ketmoningiz uchar?

Foto: “Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi
11 yanvar 2025, 11:48

Foto: “Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi

Toshkentda yigirma yildan buyon bo‘sh turgan “Chorsu” mehmonxonasini buzish ishlari boshlandi. Mashhur binoning o‘rnida yangi baland qavatli mehmonxona quriladi. Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.

Test: Bu gapni kim aytgan?
4 yanvar 2025, 21:21

Test: Bu gapni kim aytgan?

Siyosatchilar tilidan har yili “qanotli jumla”ga aylanib, muallifidan-da mashhurroq va uzoqroq yashaydigan fikrlar yangraydi. 2024-yil ham bu borada istisno bo‘lmadi, “Gazeta.uz” esa shunday iqtiboslar asosida test tayyorladi. Arboblarimiz chiqishlarini qanchalik diqqat bilan kuzatganingizni bilib oling.

Foto: Botanika bog‘ida Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni
3 yanvar 2025, 21:20

Foto: Botanika bog‘ida Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni

Poytaxtdagi Botanika bog‘ida 1-yanvar kuni Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni bo‘lib o‘tdi. U o‘ninchi yildirki, yangi yilning ilk kunida sportchi va havaskorlarni start chizig‘iga olib chiqib, o‘z orzulari sari yugurishga kuch bag‘ishlamoqda. Marafon ishtirokchilari va sehrli, do‘stona muhit — “Gazeta.uz” reportajida.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
2 yanvar 2025, 23:59

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Har yili 1-yanvarda “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtning Yangi yil kutib olinganidan keyingi manzaralarini suratga olish uchun erta tongdan shahar kezadi. Bayram izlari qolgan hovlilar va kimsasiz maydonlar, kamyob o‘tkinchilaru jamoat transportidagi sanoqli yo‘lovchilar — Iskandar Mirzaahmedov obyektivida.

2024-yilgi O‘zbekiston — fotosuratlarda
1 yanvar 2025, 16:01

2024-yilgi O‘zbekiston — fotosuratlarda

Yakuniga yetgan 2024-yil ko‘plab muhim, quvonchli va ayanchli voqea-hodisalari bilan yodda qoldi. “Gazeta.uz” o‘tgan yil qanday kechganini fotosuratlar orqali xotirlashga taklif etadi.

Test: Yangi yil filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
31 dekabr 2024, 12:06

Test: Yangi yil filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

Yangi yil bayrami kunlari telekanallar ba’zi filmlarni qayta va qayta qo‘yadi. Ba’zida hatto bir necha telekanal bir filmni bir vaqtda ko‘rsatadi. Shuning uchun deyarli hamma bu kinolar haqida barchasini biladigandek. Aslida-chi? Testimizni yechib ko‘ring.

Fotoreportaj: Toshkentda Yangi yil shukuhi
30 dekabr 2024, 00:23

Fotoreportaj: Toshkentda Yangi yil shukuhi

O‘zbekiston poytaxti Yangi yilni yorqin chiroqlar va bezaklar bilan kutib olmoqda. Shaharning turli tumanlarida archalar o‘rnatilgan, ularning atrofida 10-yanvargacha ko‘ngilochar dasturlar o‘tkaziladi. Bayram kunlari Toshkent qanday ko‘rinishda — “Gazeta.uz” muxbiri Dilyaver Ablyakimovning fotoreportajida.

Foto: Toshkentdagi qor bo‘roni manzaralari
15 dekabr 2024, 20:14

Foto: Toshkentdagi qor bo‘roni manzaralari

Toshkent 8-dekabr kuni joriy qish mavsumidagi birinchi qorga guvoh bo‘lgandi. Oradan bir hafta o‘tib, O‘zbekiston poytaxti birinchi haqiqiy qor bo‘ronini ham ko‘rdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari oppoq qorga burkangan shahar manzaralarini kadrlarga muhrladi.

Janubiy Koreya: yaqin daqiqalarda prezident impichmenti uchun takroriy ovoz berish boshlanadi (suratlar)
14 dekabr 2024, 11:31

Janubiy Koreya: yaqin daqiqalarda prezident impichmenti uchun takroriy ovoz berish boshlanadi (suratlar)

Seulda parlament atrofidagi ko‘chalarda odamlar prezident harbiy holat e’lon qilganidan beri eng katta mitingga yig‘ildi. U yerda tez orada Yun Sok Yol impichmenti uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Toshkentga qish kirdi: birinchi qordan fotoreportaj
8 dekabr 2024, 11:58

Toshkentga qish kirdi: birinchi qordan fotoreportaj

Yakshanba tongida poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oq choyshab bilan qoplandi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf Toshkent ko‘chalaridagi qorni suratlarga muhrladi.

Foto: Ar-Riyod metrosidan reportaj
6 dekabr 2024, 16:46

Foto: Ar-Riyod metrosidan reportaj

Ar-Riyodda 1-dekabr kuni metro ishga tushdi. Hozircha uning 39 bekatdan iborat uch liniyasi ishlayapti, bir oy ichida yana 46 bekatdan iborat qolgan uch yo‘nalishi ham ishga tushadi. Ayrim bekatlari transport inshooti emas, muzeyni eslatuvchi tizimdan “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov fotoreportaj tayyorladi.

Video: “Askiya” bozori ekobozorga aylantiriladi. Bu haqda aholi qanday fikrda?
6 dekabr 2024, 10:36

Video: “Askiya” bozori ekobozorga aylantiriladi. Bu haqda aholi qanday fikrda?

Yakkasaroy tumanidagi “Askiya” bozorini qayta qurish rejalashtirilmoqda. 150 mln dollarlik loyihada ekobozor, yashil hudud va mehmonxona barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Rekonstruksiya vaqtida bozor faoliyatini davom ettiradi. “Gazeta.uz” sotuvchilar va xaridorlarning bu o‘zgarishlar haqidagi fikrlarini o‘rgandi.

Seuldan suratlar: Vaziyat tinch, namoyishchilar prezidentni iste’foga chiqishga chaqirmoqda
4 dekabr 2024, 11:55

Seuldan suratlar: Vaziyat tinch, namoyishchilar prezidentni iste’foga chiqishga chaqirmoqda

Seulda harbiy holat e’lon qilinib, bekor qilingandan keyin vaziyat tinch. Parlament binosi oldida kechasi boshlangan namoyish davom etmoqda. Odamlar prezidentni iste’foga chiqishga chaqiruvchi plakatlarni ushlab turibdi. Koreya Respublikasi poytaxtidan ayni daqiqalarda olingan suratlar.

Foto: Toshkentdan Xo‘jakentga qatnaydigan yangi tezyurar elektropoyezd qanday ko‘rinishga ega?
4 dekabr 2024, 01:03

Foto: Toshkentdan Xo‘jakentga qatnaydigan yangi tezyurar elektropoyezd qanday ko‘rinishga ega?

Toshkentdan Xo‘jakentga 1000 dan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Oltita vagon iqlim nazorati, Wi-Fi va velosipedlar uchun moslamalar bilan jihozlangan. 2030-yilgacha bunday poyezdlar soni 30 taga yetkaziladi. Kelgusida to‘xtashlar soni ko‘paytirilishi mumkin.

Foto: Toshkentga qalin tuman tushdi
3 dekabr 2024, 22:03

Foto: Toshkentga qalin tuman tushdi

Seshanba kuni kechki payt Toshkentni qalin tuman qopladi. Xususan, aeroport reyslarni qabul qila olmay qoldi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxt ko‘chalarida sayr qilib, yilning bu faslida tez-tez takrorlanuvchi ushbu tabiat hodisasini suratga tushirdi.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil noyabrida: AQShdagi saylov, Qatardagi mag‘lubiyat, dekabr havosi va zumerlar nima deydi?
3 dekabr 2024, 18:02

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil noyabrida: AQShdagi saylov, Qatardagi mag‘lubiyat, dekabr havosi va zumerlar nima deydi?

“Gazeta.uz” YouTube’da o‘zbekistonliklar tayyorlagan kontent sarhisobini yuritishda davom etadi. Noyabrdagi ko‘plab o‘zbekcha podkastlarda AQShdagi prezident saylovi asosiy mavzu bo‘ldi. O‘zbek futbolchilarining Qatardagi mag‘lubiyati hissiyotlarga boy kontentni ko‘paytirdi. Zumerlarga mikrofon tutildi.

Foto: “XIX asrda O‘zbekiston” ko‘rgazmasida namoyish etilgan 130−140 yillik suratlar
28 noyabr 2024, 19:19

Foto: “XIX asrda O‘zbekiston” ko‘rgazmasida namoyish etilgan 130−140 yillik suratlar

Toshkent Fotosuratlar uyida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda sirli fotograf tomonidan XIX asrda olingan va hozirda Rossiyaning Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan fotosuratlar ko‘rsatildi. “Gazeta.uz” turkiyalik tadqiqotchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmadan reportaj tayyorladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting