Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilmoqda
10 may 2024, 16:23

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilmoqda

Yerevanda fuqarolik itoatsizligi aksiyalari boshlandi. Namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjonga hududiy yon berishlariga qarshi chiqmoqda.

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi gaz bozorini tartibga solmaydi
10 may 2024, 15:58

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi gaz bozorini tartibga solmaydi

Hukumat Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. U Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va gaz bozorini tartibga solish bo‘yicha funksiyalarga ega bo‘lmaydi.

Samarqandda 15 yoshli qiz ona bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 may 2024, 15:20

Samarqandda 15 yoshli qiz ona bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toyloq tumanida 15 yoshli qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 18 yoshli yigitdan farzand ko‘rdi. Holat yuzasidan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda ipak olishning muqobil — Xitoy tajribasiga asoslangan usuli yo‘lga qo‘yiladi
10 may 2024, 14:50

O‘zbekistonda ipak olishning muqobil — Xitoy tajribasiga asoslangan usuli yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Xitoyda bo‘lgani kabi kanakunjut qurtini parvarishlab, undan ipak olish usuli yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, sinov ishlarini boshlashni topshirdi.

Yil boshidan buyon 115 ming o‘zbekistonlik mehnat migratsiyasidan qaytib keldi
10 may 2024, 14:41

Yil boshidan buyon 115 ming o‘zbekistonlik mehnat migratsiyasidan qaytib keldi

2024-yilning yanvar-mart oylarida 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat migratsiyasidan qaytib keldi. Yil oxirigacha yana 250−300 ming nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytishi prognoz qilinmoqda. Prezident qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriq berdi.

“Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi
10 may 2024, 14:35

“Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” doirasidagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur tajriba orqali aprel oyida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani bildirildi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
10 may 2024, 14:27

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023-yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan.

Ikki viloyatda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi
10 may 2024, 14:17

Ikki viloyatda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi

Xitoyning Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini quradi.

Har bir hududda uy-joylarni renovatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi
10 may 2024, 11:47

Har bir hududda uy-joylarni renovatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.

Buxoro viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
10 may 2024, 11:36

Buxoro viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimda u 2023-yilning fevralida tayinlangan Mirjamol Miralimov o‘rnini egalladi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik to‘xtaydi
10 may 2024, 11:29

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik to‘xtaydi

Shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +19…+23 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbada esa respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, harorat +28 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.

Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi. Batafsil
10 may 2024, 11:26

Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi. Batafsil

Apple o‘zining navbatdagi taqdimotida yangi modeldagi planshetlar — iPad Air va iPad Pro`ni namoyish etdi. Ularning yangi modellari diagonali 11 va 13 dyuymli bo‘ladi. 13 dyuymli model kompaniya tarixidagi eng ingichka qurilmaga aylandi — 5,1 mm. Batafsil.

Surxondaryoda 1 tonnadan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi
10 may 2024, 11:22

Surxondaryoda 1 tonnadan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan reydda veterinariya hujjatlarisiz 1015 kilogramm mol go‘shti aniqlandi. Ular iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgach, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

2023-yil boshidan beri lazer nurlarining samolyotlarga yo‘naltirilishi bo‘yicha 16 ta holat qayd etildi
10 may 2024, 10:23

2023-yil boshidan beri lazer nurlarining samolyotlarga yo‘naltirilishi bo‘yicha 16 ta holat qayd etildi

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan 2024-yil mayigacha samolyotlarga lazer nurlarining yo‘naltirilishi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etildi. Lazer nurlari odamni ko‘r qilishi, shuningdek, yo‘lovchilar va samolyot ekipaji a’zolarining hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin.

Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra urush qatnashchisiga uy sovg‘a qildi
10 may 2024, 10:12

Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra urush qatnashchisiga uy sovg‘a qildi

O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilishni Sirdaryo viloyati hokimiga topshirgandi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qilib, kalitini topshirdi.

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi
10 may 2024, 10:00

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi. Diplomatik missiya vaqtincha hibsga olingan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazish choralarini ko‘rmoqda.

Toshkentda yuqori tezlikdagi Kia urib yuborgan piyoda vafot etdi
9 may 2024, 22:37

Toshkentda yuqori tezlikdagi Kia urib yuborgan piyoda vafot etdi

Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida yuqori tezlikda harakatlangan Kia haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yubordi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi. Tarmoqlarda piyoda ikki mashina o‘rtasida uyushtirilgan poyga yo‘lagiga tushib qolganini ko‘rish mumkin.

“Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi — Emomali Rahmon
9 may 2024, 18:07

“Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi — Emomali Rahmon

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.

Chery avtomobil brendi ekologiyaga qaratilgan global loyihasi bilan o‘rtoqlashdi
9 may 2024, 11:00

Chery avtomobil brendi ekologiyaga qaratilgan global loyihasi bilan o‘rtoqlashdi

Xitoyda 2024 Chery International Business Conference bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya vakillari yangi “Jamoatchilik farovonligi va ESG amaliyotlari” loyihasini taqdim etdi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram mushaklari otiladi
9 may 2024, 10:48

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram mushaklari otiladi

9-may kechqurun poytaxtdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida mushakbozlik namoyishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting