Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda prezidentga maslahatchi bo‘lib ketgan Muzaffar Komilovning o‘rnini egalladi.
1-fevraldan Uzbekistan Airways Express “to‘liq ekonom” formatidagi qatnovlarda bagaj normasini 15 kgdan 23 kg gacha oshirdi. Qo‘l yuki normasi va bagaj parametrlari o‘zgarishsiz qolgan.
«O‘zmetkombinat» temir saqlash va yuklash ombori savdolarida Golden House Development kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Kompaniya ombor uchun 74 mlrd so‘m taklif qilgan. Omborning yangi egasi hududda maishiy xizmat, sport va ijtimoiy xizmatlar, ko‘ngilochar va dam olish markazlari, turar-joy majmualari tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni 2026 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi. Strategiya yo‘nalishlaridan biri soliq yukini YAIMga nisbatan 25%gacha kamaytirish, 120 mlrd dollar hajmidagi investitsiyalarni jalb etish, aholini ko‘chirishning umumiy sxemasini ishlab chiqish, eskirgan uy-joylar o‘rnida rekonstruksiya asosida zamonaviy massivlarni barpo etish va 275 ming oilani ko‘chirish, 2023 yilga qadar inflyatsiyani 5%gacha kamaytirish va boshqa ko‘plab maqsadlarni nazarda tutadi.
BMT Taraqqiyot Dasturi Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga moslashuvi uchun agrometeorologik stansiyalar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi. Yaponiya hukumati ushbu maqsadlarga qariyb 1 mln dollar ajratdi.
«Adolat» SDP O‘zbekistonda TikTok tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi. Partiya buni tarmoqdagi videolar orasida o‘zgalar hayotiga daxl qiluvchi nomaqbul kadrlar ko‘payayotganligi bilan izohlagan.
2018 yilda Parkent tumani hokimligi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni tadbirkorga xom g‘isht ishlab chiqarish uchun auksion orqali sotib yuborgan. 2020 yilda esa tadbirkor ushbu yerni boshqa bir jamiyatga sotib yuborgan. Xom g‘isht ishlab chiqarish uchun esa yodgorlik hududidan tuproq qazib olingan. Antikorrupsiya agentligi buning natijasida tadbirkor madaniy meros obyektiga 1,5 trln so‘mlik moddiy zarar yetkazganini aniqladi.
2022 yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln dollar miqdorida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘z faoliyatini tiklab, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni davom ettiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yanvar oyida o‘tkazgan o‘rganishlarida yettita davlat tashkilotida jami 33,69 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunga zid harakatlar aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha davlat xaridlarini bekor qilish haqida buyurtmachilarga taqdimnomalar va Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar kiritilgan.
DXX tomonidan Namangan va Andijonda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida O‘zbekistondan 1,6 mln dollarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularning 2 nafari o‘zbekistonlik, guruh yetakchisi va a’zolari deb gumon qilinayotgan 6 nafari esa qirg‘izistonlik ekanligi aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida ishlashda davom etadi.
Seshanba kuni 1087 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Shuning yarmidan ko‘pi poytaxt hisobiga to‘g‘ri keldi — 589 ta holat. Qolaversa, 209 kishida pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 asoratlari oqibatida esa 3 kishi vafot etdi.
Hukumat qarori bilan BHMning 6000 baravaridan (1 mlrd 620 mln so‘m) ortiq bo‘lgan qurilish ishlariga pudratchi tashkilotlarni aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi. Qolaversa, BHMning 200 000 baravarigacha (54 mlrd so‘m) bo‘lgan loyihalar uchun tanlovlarda esa faqat qurilish amalga oshiriladigan hududda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlargina qatnasha oladi.
Oliy ta’lim vaziri va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh respublikadagi OTMlarni 23 ta mezon asosida tanqidiy, tahliliy o‘rganadi.
Turkiyada yashovchi o‘zbek tadbirkori rahbarligidagi tarmoq ISHIDga aloqador shaxslarga Suriyani tark etib, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Kanada va AQSh kabi mamlakatlarga kirish imkoniyatini beruvchi qalbaki pasport yasash va sotish bilan shug‘ullanishi aytilmoqda. The Guardian nashriga ko‘ra, tarmoq hozirgi kunda turli mamlakatlar fuqaroligini aks ettiruvchi, yuqori sifatli qalbaki pasportlarni 15 ming dollargacha bo‘lgan narxda pullamoqda.
Ukraina armiyasining 100 ming kishiga ko‘paytirilishi, Turkiya Markaziy banki stavkalarni pasaytirishda davom etishi, The New York Times Wordle o‘yinini sotib olgani, Qozog‘istonda vazir va deputatlar maoshlari oshirilmasligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Kinoteatr» davlat telekanali «Baunti» filmidagi ochiq sahnalar uchun efirga tayyorlash guruhi mas’ul xodimini ishdan bo‘shatdi, shuningdek, rahbarlardan biriga xayfsan berdi.
Toshkentda joriy etiladigan Inson qadri indeksi va uning ko‘rsatkichlari, qonun nomiga tortishgan deputatlar, snosga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lanishi, telekanallardagi filmlar ketiga tushgan AOKA, o‘quvchilarga uy vazifalarini messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali jo‘natishga ruhsat berilgani, Firdavs Abduxoliqovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent hayvonot bog‘chasida ayiq voleriga o‘zining uch yoshli qizini tashlab yuborgan ayol psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turgan, oilada bosimga uchragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari.
Toshkentda ichki ishlar organlarining deyarli barcha bo‘linmalari elektroshoker qurilmalari bilan ta’minlandi. Ulardan yo‘l-patrul xizmatini va jamoat tartibini ta’minlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlar foydalanadi. Xodimlar SSV bilan kelishilgan maxsus tayyorgarlikdan ham o‘tgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting