Toshkent hayvonot bog‘ida ayiq voleriga onasi tashlab yuborgan qizaloqda ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi uning ahvoli yaxshiligi va shifokorlar nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
Juma kuni 1152 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi ijobiy natijani qayd etdi. 4 nafar bemor olamdan o‘tdi. Qolaversa, 247 nafar fuqaroda pnevmoniya aniqlandi.
Prezident farmoni bilan 1 martdan boshlab uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab boriladi. Qolaversa, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya joriy qilinadi. 100 yoshdan oshgan fuqarolarga esa har oyda qo‘shimcha to‘lov belgilanmoqda.
Limon po‘sti solib pishirilgan kekslar, limonli to‘rtburchak, limonli pechene, pirog va kekslar, jem bilan pishirilgan limonli pechenelar — Zira.uz limondan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning rossiyalik diplomatlarni Kiyevdan evakuatsiya qilishi mumkinligini aytgani, AQShning Ukrainaga harbiy yordamni kengaytirishi, Qasim-Jomart Toqayevning Qozog‘istondagi Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi hukmron «Nur Otan» partiyasi raisligiga saylangani, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvda 2 kishi halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti va Farg‘ona davlat universitetida qishki semestrni yakunlashga mo‘ljallangan imtihon savollarida kamchilik va xatolar aks etgan suratlar tarqaldi. ADTI ushbu xatoliklarni tan olib, «talabalardan uzr so‘radi». FarDU esa xabarlar feyk ekanligini aytmoqda. Oliy ta’lim vazirligi «Gazeta.uz»ga bergan izohida mazkur holatlarni «OTMlarning mas’uliyatsizligi sifatida baholadi».
Maktab ta’limidagi muammolarni tanqid qilgan prezident, kichik qizaloqni ayiqlar voleriga tashlab yuborgan ayol, budjetdan 100 mlrd so‘m ajratilgan 1hls platformasi, Farg‘onada quriladigan O‘zbekistondagi ilk ekoshahar, O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketgan 20 mingdan ortiq fuqaro va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 28 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allik darajasini ikki baravarga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, belgilangan maqsadga erishishning asosiy sharti sifatida makroiqtisodiy barqarorlik va turg‘un iqtisodiy o‘sishni yuqori sur’atlarda ta’minlash vazifasi belgilangan.
Antikorrupsiya agentligi va U-Report birgalikda 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 18 mingdan ortiq fuqarolar orasida korrupsiyaga oid so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning 51 foizi korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunadi, 46 foizi esa poraxo‘rlikka salbiy munosabatda. So‘rovning 81 foiz qatnashchisi korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyorligini ma’lum qilgan. Qolaversa, yoshlar ularni pora berishdan to‘xtatadigan 4 ta asosiy sababni ham keltirgan.
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kishi kichik qizaloqni 5 metr balandlikdan ayiqlar voleriga tashlab yubordi. Bola faqat tushish natijasida jarohat oldi. Ayolning qilmishi sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol hibsga olingan.
Prezident tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuzilishini ma’lum qildi. «Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, bugundan «hokimlarning maktabga e’tibor qilish besh yilligi» boshlangani e’lon qilindi.
Prezident farmoni bilan 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2026 yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi. Qolaversa, 2023 yildan QQS 12 foizgacha tushiriladi.
27 yanvar kuni Toshkent shahrida 302 ta tadbirkorlik subyekti va 15 ta budjet tashkilotida xodimlarning emlanganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Natijada 202 nafar hodim emlanmagani uchun vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 196 ta tashkilot rahbariga ogohlantirish berildi.
Shu yilning 1 aprelidan 2025 yil 1 yanvarigacha chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi.
Prezident juma kungi videoselektorda maktab ta’limi tizimidagi kamchilik va muammolarni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1,5 mingdan ortiq maktab mukammal ta’mirga muhtoj, hanuzgacha paxsadan qurilgan 179 ta maktab mavjud. «Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
2021-yilda O‘zbekistondan 20,14 ming kishi xorijiy mamlakatlarga ketdi. Ularning yarmidan ko‘pi — 56,6 foizi Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. Shuningdek, yil davomida 1875 kishi mamlakatga ko‘chib keldi.
«Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti 6 ta hududda yashovchi 800 nafar xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, ayollarning 60 foizga yaqini turmush hayotida zo‘ravonlikka duch kelmaganini qayd etgan bo‘lsa, qolgan 40 foizi kamsitish va zug‘um o‘tkazilayotganini bayon qilgan. Har to‘rtinchi ayol ba’zi hollarda zo‘ravonlikka duch kelishini, 7 foiz ayol esa bu odatiy hol ekanligini ta’kidlagan.
Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,16 so‘mga ko‘tarilib, 10 815,16 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi. Ushbu o‘zgarishlar 31 yanvardan kuchga kiradi.
Shavkat Mirziyoyev «Hindiston — Markaziy Osiyo» sammitida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, virusolog vrachlar tayyorlash dasturini boshlash hamda raqamli innovatsiyalar, moliyaviy va blokcheyn texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. U Chabahor porti orqali O‘zbekiston va Hindistonni bog‘laydigan yangi yo‘lakni ishlab chiqishga kirishilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting