Fevralning birinchi kunida 1087 kishida koronavirus aniqlandi
2 fevral 2022, 10:39

Fevralning birinchi kunida 1087 kishida koronavirus aniqlandi

Seshanba kuni 1087 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Shuning yarmidan ko‘pi poytaxt hisobiga to‘g‘ri keldi — 589 ta holat. Qolaversa, 209 kishida pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 asoratlari oqibatida esa 3 kishi vafot etdi.

Qurilish uchun pudratchilarni aniqlash tender orqali amalga oshiriladi
2 fevral 2022, 10:19

Qurilish uchun pudratchilarni aniqlash tender orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan BHMning 6000 baravaridan (1 mlrd 620 mln so‘m) ortiq bo‘lgan qurilish ishlariga pudratchi tashkilotlarni aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi. Qolaversa, BHMning 200 000 baravarigacha (54 mlrd so‘m) bo‘lgan loyihalar uchun tanlovlarda esa faqat qurilish amalga oshiriladigan hududda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlargina qatnasha oladi.

O‘zbekistondagi barcha OTMlar maxsus ishchi guruh tomonidan tanqidiy o‘rganiladi
2 fevral 2022, 10:04

O‘zbekistondagi barcha OTMlar maxsus ishchi guruh tomonidan tanqidiy o‘rganiladi

Oliy ta’lim vaziri va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh respublikadagi OTMlarni 23 ta mezon asosida tanqidiy, tahliliy o‘rganadi.

Turkiyada yashovchi o‘zbek tadbirkori ISHIDga aloqador shaxslarga qalbaki pasport sotmoqda — The Guardian
1 fevral 2022, 23:27

Turkiyada yashovchi o‘zbek tadbirkori ISHIDga aloqador shaxslarga qalbaki pasport sotmoqda — The Guardian

Turkiyada yashovchi o‘zbek tadbirkori rahbarligidagi tarmoq ISHIDga aloqador shaxslarga Suriyani tark etib, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Kanada va AQSh kabi mamlakatlarga kirish imkoniyatini beruvchi qalbaki pasport yasash va sotish bilan shug‘ullanishi aytilmoqda. The Guardian nashriga ko‘ra, tarmoq hozirgi kunda turli mamlakatlar fuqaroligini aks ettiruvchi, yuqori sifatli qalbaki pasportlarni 15 ming dollargacha bo‘lgan narxda pullamoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 fevral 2022, 23:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukraina armiyasining 100 ming kishiga ko‘paytirilishi, Turkiya Markaziy banki stavkalarni pasaytirishda davom etishi, The New York Times Wordle o‘yinini sotib olgani, Qozog‘istonda vazir va deputatlar maoshlari oshirilmasligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Kinoteatr» telekanali «Baunti» filmi bilan bog‘liq vaziyat uchun xodimini ishdan bo‘shatdi
1 fevral 2022, 22:25

«Kinoteatr» telekanali «Baunti» filmi bilan bog‘liq vaziyat uchun xodimini ishdan bo‘shatdi

«Kinoteatr» davlat telekanali «Baunti» filmidagi ochiq sahnalar uchun efirga tayyorlash guruhi mas’ul xodimini ishdan bo‘shatdi, shuningdek, rahbarlardan biriga xayfsan berdi.

1 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 fevral 2022, 22:00

1 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda joriy etiladigan Inson qadri indeksi va uning ko‘rsatkichlari, qonun nomiga tortishgan deputatlar, snosga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lanishi, telekanallardagi filmlar ketiga tushgan AOKA, o‘quvchilarga uy vazifalarini messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali jo‘natishga ruhsat berilgani, Firdavs Abduxoliqovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar
1 fevral 2022, 19:15

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar

Toshkent hayvonot bog‘chasida ayiq voleriga o‘zining uch yoshli qizini tashlab yuborgan ayol psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turgan, oilada bosimga uchragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari.

Toshkentda IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalanishni boshladi
1 fevral 2022, 18:50

Toshkentda IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalanishni boshladi

Toshkentda ichki ishlar organlarining deyarli barcha bo‘linmalari elektroshoker qurilmalari bilan ta’minlandi. Ulardan yo‘l-patrul xizmatini va jamoat tartibini ta’minlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlar foydalanadi. Xodimlar SSV bilan kelishilgan maxsus tayyorgarlikdan ham o‘tgan.

Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy ish ochildi
1 fevral 2022, 18:33

Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy ish ochildi

Bosh prokuratura Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi. U o‘zining turmush o‘rtog‘i, qizi va o‘g‘li ta’sischilari bo‘lgan Sevimli telekanaliga davlat buyurtmalarini berganlikda gumon qilinmoqda. Abduxoliqov ko‘pi bilan 8,1 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin.

O‘quvchilar uy vazifalarini messenjerlar orqali yuborishi mumkin bo‘ladi
1 fevral 2022, 18:25

O‘quvchilar uy vazifalarini messenjerlar orqali yuborishi mumkin bo‘ladi

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarga masofaviy ta’lim jarayonida bajarilgan uy vazifalarini o‘qituvchilarga faqatgina Kundalik tizimi orqali emas, balki messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yuborishga ruxsat berdi.

O‘zbekistonda biatlon federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
1 fevral 2022, 17:53

O‘zbekistonda biatlon federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Adliya vazirligi O‘zbekiston biatlon federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

AOKA davlat telekanalida «Baunti» filmining ochiq sahnalari namoyish etilganini o‘rganmoqda
1 fevral 2022, 17:37

AOKA davlat telekanalida «Baunti» filmining ochiq sahnalari namoyish etilganini o‘rganmoqda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Kinoteatr» davlat telekanalida namoyish etilgan «Baunti» filmining ochiq sahnalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib bormoqda.

1-martdan imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga kompensatsiya to‘lab boriladi
1 fevral 2022, 17:34

1-martdan imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga kompensatsiya to‘lab boriladi

Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 1 martdan barcha imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga, ularning pensiya nafaqa olishi yoki mehnat faoliyatini olib bormasligidan qat’iy nazar, 130 ming so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi joriy qilinadi. Bundan tashqari, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensionerlarga har oy 289 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.

JICA Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatni rivojlantirishga qariyb $7 mln ajratdi
1 fevral 2022, 17:25

JICA Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatni rivojlantirishga qariyb $7 mln ajratdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi innovatsion klinikada tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash loyihasi uchun qariyb 6,9 million dollar ajratdi.

DXX Tojikistondan olib kirilgan 10,7 kg gashish va 2 kg opiyni musodara qildi
1 fevral 2022, 16:57

DXX Tojikistondan olib kirilgan 10,7 kg gashish va 2 kg opiyni musodara qildi

DXX Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan 10,7 kg «gashish» va 2 kgdan ortiq «opiy» giyohvand moddalarini musodara qildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida Qirg‘izistondan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar aniqlangan.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
1 fevral 2022, 16:26

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,14 so‘mga ko‘tarilib, 10 813 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi 102,09 so‘mga, rubl kursi esa 0,89 so‘mga yuqoriladi. Ushbu o‘zgarishlar 2 fevraldan kuchga kiradi.

O‘zbekiston 2021-yilda Tojikistondan 23 mln dollarlik elektr energiyasi import qilgan
1 fevral 2022, 15:47

O‘zbekiston 2021-yilda Tojikistondan 23 mln dollarlik elektr energiyasi import qilgan

Tojikiston 2021-yilda 2,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan. Shundan 1 mlrd kVt/soat resurslarni Afg‘oniston 55 mln dollarga sotib olgan. O‘zbekiston ham xuddi shu miqdordagi elektr energiyasi importi uchun 23 mln dollar mablag‘ sarflagan.

Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
1 fevral 2022, 15:34

Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet O‘zbekistonda fevral oyidagi ob-havoning o‘ziga xos xususiyatlari hamda eng issiq va eng sovuq kechgan fevral oylari haqida ma’lumot berdi. Sinoptiklar bu yil fevral oyida ob-havoning dastlabki prognozini ham tuzib chiqdi.

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi
1 fevral 2022, 15:31

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi

Deputatlar ko‘rib chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, hujjati bo‘lmagan uylar «snos» ga tushganda, ularga ham kompensatsiya to‘lab berish taklif etilmoqda. Bunda da’vogar mulkka 15 yil davomida oshkora va uzluksiz egalik qilgan hamda soliqlarni to‘lagan bo‘lishi lozim. Loyiha qabul qilinib, Senatga yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting