Poytaxtda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi jarohatlanib, bir kishi vafot etdi. Bunga Matiz haydovchisining chorraxada Lacetti avtomobilini o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Janubiy Koreya KXDR, XXR va AQSh bilan birgalikda urush tugaganini e’lon qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Bir xalq, ikki davlat 1950−1953 yillardagi urush tugaganiga qaramasdan, haligacha urush holatidalar.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va xorijiy davlatlarning elchilari «Amirsoy» hududida tashkil etilgan «Diplomatlar bog‘i»da daraxt ekishdi. Turkiya elchisi Olgan Bekar kelajakni asrab qolish uchun bu ham bir imkoniyat ekanligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi qo‘mitasi tegishli qonun loyihasini palataning navbatdagi majlisiga kiritdi. Hujjat ilk bor 2020 yilda muhokamaga qo‘yilgandi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi. Jamg‘armaning moliyalashtirish tartiblari, asosiy vazifalari o‘zgarishsiz qoldi.
1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov raqibi Xulio Kalimenoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. U jahon chempionligi uchun jang qilish hamda og‘irvazn toifasida barcha kamarlarni O‘zbekistonga olib kelish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Kim bilan bo‘lsa ham ringga chiqishga tayyorman. Entoni Joshua, Aleksandr Usik, Tayson Fyuri… Menga farqi yo‘q», — dedi Bahodir Jalolov.
«Qo‘yliq» bozori buzilishiga qarshi norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan tadbirkorlarning ishi Bektemir tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, ularning besh nafariga 5−7 kun qamoq jazosi tayinlangan.
O‘zbekistonga Xitoydan 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar soni 49 mln dozadan oshdi.
Andijon viloyati Asaka tumani hokimi aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani aks etgan video yuzasidan hokimlik matbuot xizmati izoh berdi. Unga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan videolarni hokimlik Telegram kanaliga joylagan mas’ul xodimlarga chora ko‘rilgan.
Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand aeroportidan aviaqatnovlar tiklanmoqda.
Adliya vazirligi xotin-qizlarni himoya qilishni kuchaytirish, jumladan ularni ta’qib qilish, gap otish, shaxsiy hayotiga daxl qiluvchi turli foto-videolarni tarqatish holatlari uchun javobgarlik joriy etish, shuningdek, xususiy sektor hisobiga ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar sonini oshirishni taklif qildi.
2017 yildan beri Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Dilshod Xodjiahmedov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shanba kuni Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrif buyurib, uni «zamonaviy IT-xabga aylantirish kerakligini» ta’kidladi. Davlat rahbari shu yerning o‘zida hokimning mahalladagi yordamchilari bilan ham suhbatlashdi.
Andijon davlat universiteti binosining to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushgan 28 yoshli ayol, voqea sodir bo‘lganidan 5 kun o‘tib, shifoxonada vafot etdi.
2017 yildan beri adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Akbar Tashkulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.
2021 yilda dunyo bo‘ylab qamoqxonalardagi jurnalistlar soni rekord darajaga yetdi — 293 nafar OAV xodimi qamoqqa olingan. Yana 24 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zlab, YeOII doirasida o‘zaro savdodagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf qilish, yangi transport yo‘laklarini barpo etish va «yashil» energetika loyihalarini amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 72-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobus piyodani urib yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting