Davlat moliyaviy nazorati departamenti Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 2017−2020 yillarda jami 87,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
Avgust oyida COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. U AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina bo‘lishi mumkin.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +38…+41 darajagacha ko‘tariladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.
Rossiya poytaxtidagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkin. Kod koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olganlarga beriladi.
Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.
“Toshshartransxizmat” Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradigan 24 ta avtobus o‘z ish tartibida davom ettirishini ma’lum qildi. YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, avtobuslar harakati ushbu post maskanlarigacha tashkil qilinadi.
Kecha O‘zbekistonda 469 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 774 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Angrenda PPX xodimi tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzib, vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha, unga nisbatan bosim bo‘lgan va pul so‘ralagan. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
Pensiya va nafaqalarning oshirilishi, 24 ta tuman va shahar qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilayotgani, olis va chekka hududlardagi bog‘chalar va parrandachilarga subsidiya berilishi, onkologik va gematologik bemorlarning viloyatlardan respublika markazlariga kelish xarajatlari qoplab berilishi, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari xarajatlari oshkor qilinishi — 1 iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Toshkentdagi yirik bozorlar, supermarketlar, maktablar, mahallalar va boshqa muassasalar hududida koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi (ro‘yxat).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida yuzaga keladigan tanaffus, prezidentning o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki to‘g‘risidagi qarori, Oksana Chusovitinadan yana bir oltin medal — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Xorazmda oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlanib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Madaniyat vazirligi aktrisa To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. «Ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimidan mahallalarni obodonlashtirish ishlarining sustkashligi sabablarini so‘radi. «To‘g‘risini aytsam, biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz», dedi Jaxongir Ortiqxo‘jayev va barcha masalalarni 1 oktyabrga qadar hal qilishga va’da berdi. Prezident shoshqaloqlikdan qochish va ish sifatiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 150,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan. Shuningdek, o‘tgan 5 oyda xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 27 iyun — 4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.
Kecha O‘zbekistonda 493 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 545 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Prezident qiynoqlarning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi yangi hujjatga imzo chekdi. Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting