Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tekshiruvlarda jami 5,450 kg «opiy», 19,2 kg «gashish» hamda 2990 dona «Tramadol» aniqlanib, musodara qilindi.
Quyuq tuman tushgani sababli Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshirilgan parvozlar kechiktirildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlik xodimlari ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni rejalashtirganini ma’lum qildi. U buni qadriyatlarni hayotga qaytarish deb atab, barcha soha xodimlarini mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Foto.
Denovdagi savdo markazidagi portlash ovozi bir necha kilometr uzoqlikdan eshitildi. Yaqin atrofdagi binolar, jumladan, turar-joy binolari jiddiy shikastlangan. Portlashning taxminiy sababi sifatida gaz qurilmalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi aytilmoqda. «Gazeta.uz» favqulodda hodisa joyidan suratlarni e’lon qildi.
Rossiyada Afrika davlatlari va Gongkongdan kelgan fuqarolarning 14 kunlik karantinga olinishi, Janubiy Koreyada koronavirusning omikron shtamiga chalinganlar soni 36 nafarga yetgani, Belarusda pirotexnika vositalari sotilishiga ruxsat berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlarning qanday mashinada yurishi, Konstitutsiya kuni arafasida 182 mahkumning afv etilishi, «Qo‘yliq» bozorining ko‘chirilishi, Denovdagi savdo majmuasida portlash oqibatida 2 kishining halok bo‘lishi, bank kartalaridan pul yechib olinish sabablari o‘rganilayotgani, AQSh senatorlarining O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirig‘i — «Gazeta.uz» ning 7 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi vakolatlar berildi. Endilikda agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi va jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa choralarni ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotni talab qilishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi. U inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizim samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyada bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari ham o‘z aksini topishi kerakligini ta’kidladi.
Prezident farmoni bilan Konstitutsiya kuni arafasida bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 182 nafar mahkum afv etildi. Ularning 6 nafarini chet el fuqarolari, 6 nafarini 60 yoshdan oshganlar, 9 nafarini ayollar va 25 nafarini taqiqlangan tashkilotlarga aloqador bo‘lganlar tashkil etdi.
Prezident Qurolli kuchlarga 30 yil esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 782,24 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
AQSh hukumati inson huquqlari buzilayotgani sababli 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga diplomatik boykot e’lon qildi. Xitoy bunga javoban Amerika vakillarining Olimpiadada bo‘lmasligi «hech kimni xavotirga solmasligini» ta’kidladi.
Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Qoraqalpog‘istonda Respublikasida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida bahorgi monitoring chog‘ida yangi qush turi — cho‘l buqasi topildi. Ushbu qush Energetika vazirligi loyihalarining atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish jarayonida aniqlangan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga oshdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 9,4 foizga qimmatlashgan.
Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimi farmoyishi bilan texnik nosoz Captiva-2 xizmat avtomobili bepul tarzda tuman prokuraturasiga o‘tkazildi. Shundan so‘ng, hokimlik 398 mln so‘mlik Trailblazer mashinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. Biroq, hukumat qarori bilan tuman hokimlariga 270 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat avtomobilini xarid qilishga ruxsat etilgan.
AQSh senatorlar guruhi Oq uy va Davlat departamentini inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat sababli O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Ularning fikricha, O‘zbekistondagi islohotlar sustlashgan, mamlakatda erkin so‘z huquqi cheklanmoqda. OAV faoliyatida ham muammolar kuzatilmoqda.
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova yil davomida markazda 422 nafar chaqaloq dunyoga kelganini ma’lum qildi. Hozirgi kunda yana 64 nafar homilador ayol davolanmoqda, ularning 3 nafari reanimatsiya bo‘limida. Qolaversa, shifoxonada 7 nafar chaqaloq va 18 yoshgacha bo‘lgan 97 nafar bola davo muolajalarini olmoqda.
Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xodimi tarbirkorga 400 ming dollar kredit olib berishni va’da qilib, buning evaziga 3 ming dollarni qo‘lga kiritgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar falokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga aniq yordam ko‘rsatish nihoyatda muhim hisoblanadi, deya ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting