Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 2019 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.
FIFA arbitri Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. U xizmatlari uchun AFC Referees Memento Award maxsus mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Metroning O‘zbekiston yo‘nalishiga elektr yetkazib berishda qisqa muddatli uzilish sodir bo‘ldi. Hodisa poyezdlar harakat jadvaliga ta’mir ko‘rsatmadi.
2022 yildan tadbirkorlik sub’ektlari aholidan naqd pul olishda onlayn nazorat-kassa apparatlari va virtual kassalardan foydalanishga o‘tadi.
Samarqand viloyatidagi avariyada Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi — u rul chambaragida uxlab qolgan va avtomobil beton to‘siq bilan to‘qnashgan.
Bosh prokuratura Kun.uz va Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rtasidagi mojaro yuzasidan tergovga qadar tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Poytaxt hokimining intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi.
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov olti oydan so‘ng qayta moliyalash stavkasining pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bu kreditlar va depozitlar foiz stavkalariga ijobiy ta’sir qiladi.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yuridik shaxslarning soliq to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik Mahmud Murodov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Hukumat qarori bilan 2019−2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.
Buxoroda er-xotin yuk mashinasi urib yuborishi natijasida vafot etdi. Ular piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan.
O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tmagan beshta Rossiya oliy ta’lim muassasasi o‘quv yili boshlanganiga uch oy bo‘lganiga qaramasdan, noqonuniy ravishda 2019/2020 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qildi.
Zokir Bozorov Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Moskvada ommaviy mushtlashuv sodir etgani uchun 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Nizo havaskor futbol musobaqasida qoidalar buzilgani sababli kelib chiqqan.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 24 ta OTMni attestatsiyadan o‘tkazdi. 47,1 foizi attestatsiyadan o‘tdi, 54,2 foizi — shartli ravishda o‘tgan bo‘lsa, bitta OTM o‘ta olmadi.
2020 yil 1 yanvaridan Toshkentda, 1 avgustdan esa Nukus va viloyatlar markazlarida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.
Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. Uning prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashishi kutilmoqda.
1 dekabrdan kuchga kiradigan o‘zgarishlar — IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazishning pulli bo‘lishi, grant yutgan xodimlarning rag‘batlantirilishi, traktorchi-mashinist guvohnomasining yangi namunasi va boshqalar.
Toshkentda tashkil etilgan 89 ta huquqiy maslahatxonada seshanba kunlari tergov organlari xodimlari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting