AKT vaziri Sherzod Shermatov ta’kidlashicha, IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topish kerak. «Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur», — dedi u.
BMT ekspertlari MDHning 11 davlati va Gruziyadagi elektron chiqindilar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqdilar. Unga ko‘ra, ushbu hududlarda so‘nggi o‘n yil ichida poligonlarga tushadigan elektron chiqindilar miqdori 1,5 baravar oshgan. Ularning aksariyati Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekistonda. Bu yerda elektron chiqindilarning atigi 3,2 foizi qayta ishlangan.
Yanvar-oktabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 57,1 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 4,9 mlrd kVt soatga yoki 9,4% ga o‘sgan. Avvalroq Energetika vazirligi suv tanqisligi tufayli mamlakat GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamayganligini ma’lum qilgan edi.
Tojikiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-leytenant Bobojon Jamolzoda boshchiligidagi delegatsiya ilk bora O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uning doirasida 2022 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama amaliy hamkorlik rejasi imzolandi.
2022 yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollar yoki YAIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 41 foizni tashkil etadi. 2022 yilda kutilayotgan budjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda.
Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtirilishi, XDP barcha ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha kafolatlangan nafaqa to‘lashni taklif etishi, 1 dekabrdan Toshkent metrosida jetonlar qabul qilinmasligi — “Gazeta.uz"ning 24 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident qarori asosida paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar yer dehqonchilik uchun ajratiladi. Bunda elektron tanlov orqali 1 gektargacha bo‘lgan yer maydonlari ijaraga beriladi. Qolaversa, fermer va dehqonlar 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ham olishi mumkin.
Hukumat qarori bilan Toshkentda Italiyaning X asrlik tarixga Piza universitetining filiali tashkil etildi. Filialda ta’lim 2022/2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga esa universitet diplomi beriladi.
1 dekabrdan boshlab Toshkent metropolitenida aholida qolib ketgan jetonlarni to‘lov sifatida qabul qilish to‘xtatiladi.
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumaniga tashrifi chog‘ida jarlar uni ko‘pdan beri qiynab kelayotgan muammo ekanligini ma’lum qildi. Jahongir Ortiqxo‘jayev esa buni hal etish uchun unga 450 mlrd so‘m zarur ekanligini aytgan. «Men bu pulni ertagayoq berishimni bildirdim», — dedi prezident. U shuningdek, jarliklarni yopib, uning o‘rniga daraxt ekish va yo‘l ochish bo‘yicha topshiriq bergan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,72 so‘mga pasayib, 10 745,40 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Farg‘ona viloyatida Nexia-3 va Lacetti avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan ikkita YTH natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri avtohalokatdan keyin yonib ketgan mashinada vafot etdi.
Roskomnadzor Google, Apple, Tiktok, Telegram, Meta va boshqa xorijiy IT-kompaniyalariga 1 yanvarga qadar Rossiyada ofislarini ochishni majburiy etib qo‘ydi. Qonun talablarini bajarishdan bosh tortgan kompaniyalar Rossiyada reklama qilish va to‘lovlarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qilinmoqda. Roskomnadzor shuningdek, resursga kirishni sekinlashtirish yoki uni mamlakat hududida butunlay blokirovka qilish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zXDP hukumatga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan nafaqa to‘lashni joriy etish taklifini kiritdi. Partiya nodavlat sektordagi ish beruvchilar har doim ham bunday majburiyatni bajarmasligini, ishsiz ayollar esa umuman olmasligini ta’kidladi. Buni xalqaro tashkilotlar ham qayd etgan.
Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Mikal Kvistad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zaro suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi Yuqori Chirchiq tumani 23-maktabda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida majburiy mehnatga jalb etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu kabi holat haftasiga ko‘p marotaba takrorlanib kelayotganligi aytildi.
Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlari va Xorazm viloyati tadbirkorlariga qator imtiyoz va preferensiyalar berildi. Mazkur hududlarda 85 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yosh (45 yoshgacha) shifokorlarning takliflari uchun g‘oyalarni to‘plash maqsadida “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini yaratdi. Yangi platforma dunyoning istalgan hududida yashab, mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik shifokorlar uchun mo‘ljallangan.
Prezident farmoyishiga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida “vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish” ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish kabi jihatlar ham shunday yo‘nalishlardan hisoblandi.
AQSh Davlat departamenti «Demokratiya uchun» sammitida ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Sammit doirasida avtoritarizmdan himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlarini hurmat qilishga ko‘maklashish masalalari ko‘tariladi. O‘zbekiston taklif etilganlar orasida yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting