Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 yanvar 2021, 17:45

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 yanvar 2021, 17:29

Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashida Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosarlar nomzodlari ma’qullandi.

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi
19 yanvar 2021, 16:55

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil nomzodi shahar deputatlari tomonidan ma’qullandi. U bungacha Mirzacho‘l tuman hokimi bo‘lgan

Toshkentda aholining muammolarini hal qilish uchun deputatlarga 2 mlrd so‘mdan ajratiladi
19 yanvar 2021, 16:42

Toshkentda aholining muammolarini hal qilish uchun deputatlarga 2 mlrd so‘mdan ajratiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan ajratiladi. Bunda 60 ta deputatga ja’mi 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

«Yuventus» Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi — OAV
19 yanvar 2021, 16:39

«Yuventus» Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi — OAV

«Yuventus» futbol klubi Shomurodovning transferi borasida «Jenoa» klubi bilan muzokaralarga kirishgan. Turinliklar o‘zbekistonlik futbolchini kishki transfer oynasining o‘zidayoq safiga qo‘shib olishi mumkin.

Qarshi hokimiyati sanoat zonasi qurish uchun deyarli 2900 tup daraxtni kesib tashladi
19 yanvar 2021, 16:17

Qarshi hokimiyati sanoat zonasi qurish uchun deyarli 2900 tup daraxtni kesib tashladi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining xulosasisiz, Qarshi shahar hokimligi tomonidan 10 gektar maydonda kichik sanoat zonasini barpo etish uchun 2874 tup daraxt noqonuniy kesildi.

Chilonzorda mikroavtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi
19 yanvar 2021, 15:28

Chilonzorda mikroavtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli M.T.ni mikroavtobus urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tashqi siyosat konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin
19 yanvar 2021, 14:57

Tashqi siyosat konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

2021 yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan, lekin hozir Milliy qonunchilik bazasida mavjud emas.

Kommunal tashkilotlar faoliyatida 20 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi
19 yanvar 2021, 14:47

Kommunal tashkilotlar faoliyatida 20 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi

Ichimlik va issiq suv tarmoqlariga ulanish hamda hisoblagichlarni qiyoslash xizmatlarini ko‘rsatishda kommunal tashkilotlar tomonidan 20 mingga yaqin qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Aksariyat qonunbuzarliklar Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. DXA kommunal tashkilotlarni ogohlantirdi.

Sudanda bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida 129 kishi vafot etdi
19 yanvar 2021, 13:59

Sudanda bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida 129 kishi vafot etdi

Sudandagi G‘arbiy Darfur provinsiyasining Geneyna shahrida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 129 nafar inson vafot etgan va 198 kishi jarohatlangan. Zo‘ravonliklar 16 yanvar kuni Geneyna shahrida yashovchi fuqaroning o‘ldirilishidan so‘ng boshlangan.

Farg‘onada 19 yoshli qiz va yana bir ayolning bir oy davomida ushlab turilib, zo‘rlangani rad etildi
19 yanvar 2021, 13:23

Farg‘onada 19 yoshli qiz va yana bir ayolning bir oy davomida ushlab turilib, zo‘rlangani rad etildi

Farg‘ona viloyatida 19 yoshli qiz va ayol olib ketilib, asossiz ushlab turilgani va zo‘rlangani haqida xabar tarqalgan. Viloyat prokuraturasi ushbu holatni tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

Jizzax viloyatining Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
19 yanvar 2021, 13:00

Jizzax viloyatining Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va «Agrobank» viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga hokimlikka tayinlandi. Eski hokimlarning boshqa ishga o‘tgani xabar qilindi.

85 mingga yaqin avtomashinaning «tonirovka”si uchun 302 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘langan
19 yanvar 2021, 12:27

85 mingga yaqin avtomashinaning «tonirovka"si uchun 302 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘langan

2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar «tonirovka uchun» jami 82 125 ta ruxsatnoma berilgan va 302 mlrd 635 mln so‘m pul mablag‘lari undirilgan.

Sergelida 14 tup daraxt ekskvator bilan qo‘porib tashlandi
19 yanvar 2021, 12:06

Sergelida 14 tup daraxt ekskvator bilan qo‘porib tashlandi

Sergeli tumanida 14 tup daraxt ekskvator bilan noqonuniy tarzda qo‘porib tashlandi. Yetkazilgan zarar 151 mln 194 ming so‘mga baholanmoqda.

Samarqandda bolani kaltaklagan bog‘cha mudirasi ishdan olinishi ma’lum qilindi
19 yanvar 2021, 10:56

Samarqandda bolani kaltaklagan bog‘cha mudirasi ishdan olinishi ma’lum qilindi

Samarqanddagi bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchini kaltaklagan mudira o‘z vazifasidan ozod etiladi. Bolaning qo‘llari va yuziga urilganligi holati yuzasidan sudga oid ekspertiza tayinlandi.

Qozog‘iston 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashni boshlaydi
19 yanvar 2021, 09:59

Qozog‘iston 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashni boshlaydi

Qozog‘istonda 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash jarayonlari boshlanadi. Yilning birinchi yarmida 2 mln kishi, ikkinchi yarmida esa 3−4 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.

Prezident hujjatlari ijrosining 4 bosqichli tizimi joriy etiladi
18 yanvar 2021, 22:13

Prezident hujjatlari ijrosining 4 bosqichli tizimi joriy etiladi

Loyihadan tortib nazoratgacha — prezident hujjatlari ijrosining yangi to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi. «Ijro tizimidagi eng katta muammo — dunyoqarash o‘zgarmayotgani, bilimsizlik va mas’uliyatsizlik», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 yanvar 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHning Afg‘onistondagi elchixonasining amerikaliklarni mamlakatni tark etishga chaqirig‘i, Rossiya tashqi ishlar vazirining G‘arbda Telegram bloklanishi mumkinligini ta’kidlangani, Tailandda 10 dollarlik turistik yig‘imning joriy etilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolinishi mumkin
18 yanvar 2021, 21:18

Pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolinishi mumkin

Prezident farmoni bilan pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 20 mingta tadbirkorning 400 mlrd so‘m solig‘i to‘lovi kechiktiriladi. Loyiha muhokamasi 27 yanvarga qadar davom etadi.

O‘zbekiston xalqaro xavfsizlik indeksida 14 pog‘onaga pastladi
18 yanvar 2021, 18:59

O‘zbekiston xalqaro xavfsizlik indeksida 14 pog‘onaga pastladi

2021 yilgi xalqaro jinoyatchilik darajasi indeksida O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha 40-o‘rinni egalladi. 2020 yil yarim yilligi bo‘yicha hisobotda O‘zbekiston 26-o‘rinda edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting