Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,62 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,70 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi esa pasaydi.
Bugun prezident huzurida qator obyektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Ertaga Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Qoraqalpog‘istondagi YTHda to‘rt kishi, jumladan «Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri 36 yoshli Said Maxsumov vafot etdi.
Toshkent metropoliteni bo‘sh vagonning yopiq eshiklari oldida ko‘plab yo‘lovchilar yig‘ilgan videoga izoh berdi. Poyezdlardan biridagi havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan, yo‘lovchilar bekatda tushurilgan va poyezd texnik ko‘rik punktiga olib ketgan.
Perm davlat universitetida otishma sodir bo‘ldi, sakkiz kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi.
Haftaning katta qismida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va salqin ob-havo hukumronlik qiladi. Hafta oxiriga havo harorati yana ko‘tariladi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 6 ta avtomashina oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 kishi vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hukumat qarori bilan har bir hududdan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz 100 nafar ayollarning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan har yili to‘lab beriladi. 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitilishi ham ko‘zda tutimoqda.
20 sentabrdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 24 sentabrdan boshlab juma va boshqa namozlarni masjidning faqat ochiq sahnalarida ado etish bo‘yicha cheklov bekor qilindi.
20 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ruxsat berildi. Madaniy-ko‘ngilochar obyektlar xodimlari va ommaviy tadbirlari tashkilotchilari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida 2 ta dozasi bilan emlanishi shart. Tashrif buyuruvchilarda emlanganlik to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati bo‘lishi tavsiya etildi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 501 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 95 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Dushanba kuni prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi boshlandi. «Milliy tiklanish» partiyasi tashviqot ishlariga start berib, banner va viderolikni e’lon qildi. Alisher Qodirovning familiyasi to‘liq ko‘rinmaganligi sababli, bannerda jumlani quyidagicha o‘qish mumkin: «Alisher Qodir».
Iqlim o‘zgarishlari 250 mln kishini o‘z mamlakatlari ichida ko‘chishga majbur qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda Jahon banki hisob-kitoblari. Markaziy Osiyoda yashayotgan qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanadi. Farg‘ona vodiysi, Toshkent atrofi, Tojikiston janubi va Qozog‘iston shimoli — oqim manzillari.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki, viloyat hokimlarining Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini mukofotlashi, MDH o‘yinlari ishtirokchilari kutib olinishi — «Gazeta.uz» ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Namanganda “VAZ-2106” avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda va uning 2 yoshli nabirasini urib yubordi. Oqibatda piyodalar shifoxonada vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi ushlandi.
Respublika OTMlari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini natijalari 22 sentabrda e’lon qilinadi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 579 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 109 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-turida Misrni mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta Jahon chempionatining nimchorak finaliga chiqdi.
Qadamlar uchun pul to‘laydigan 1hls.uz platformasida pul to‘lash to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi. Turizm va sport vazirligi uni rad etib, «axborot xizmati xodimi asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot bergani»ni ta’qidladi. Platforma ishlashda davom etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting