Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va USAID ma’muri Samanta Pauer Afg‘onistondagi vaziyat, turli sohalardagi hamkorlik va prezidentlik saylovlarini muhokama qildi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 522 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 103 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Toshkentda chorshanba kuni kechqurun tungi «Tungi velosayr» festivali bo‘lib o‘tadi. Sayr Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha davom etadi. Barcha velosport ishqibozlari ishtirok etishi mumkin.
Afg‘onistonda transport va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ushbu mamlakatning to‘laqonli va barqaror hukumati irodasiga bog‘liq, deyiladi «Valday» klubining yangi hisobotida. O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi orqali Pokiston portlariga chiqishga intilmoqda, biroq hisobot mualliflari dengiz savdo yo‘llariga chiqish barcha muammolarga yechim bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda.
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasidagi chiqishida «hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas"ligini ta’kidladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, afg‘on masalasida «BMTning ta’siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim».
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi. Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi hamda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ma’lum qilishicha, «Biznes yuritish» hisoboti mualliflari va bankning mintaqadagi vakillari 2018 va 2020 yillarda reyting ma’lumotlaridagi nomuvofiqlik bo‘yicha surishtiruvda tilga olingan «O‘zbekiston protokoli»dan xabardor emas.
Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvi, Jahongir Ortiqxo‘jayevning Toshkentning uchta tumani hokimiga “hayfsan” berishi, bolalarni poliomelitga qarshi ommaviy emlash boshlanishi — “Gazeta.uz"ning 21 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Sudanda davlat to‘ntarishiga urinishning muvaffaqiyatsiz tugagani, Afg‘oniston muvaqqat hukumatida yangi tayinlovlar, Qozog‘istonning 2023 yildan boshlab yangi telefon kodiga o‘tayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish bo‘yicha 9,9 mlrd so‘mlik tender yakunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi komissiyasi tomonidan o‘rganiladi. «Gazeta.uz» savdolarda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi maktabning ikki o‘qituvchisiga bolalarni polda o‘tqazib dars o‘tgani uchun hayfsan berildi. Viloyat prokuraturasi o‘qituvchilarning jihozlangan xonalarda dars o‘tish imkoniyati bo‘la turib, maktab ma’muriyati kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida shu ishga qo‘l urganini ma’lum qildi. Maktab rahbariyatiga nisbatan ham intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi.
«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda «siti» qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qildi. Partiya rahbari havodagi changga qarshi kurashishda foyda berishi mumkin bo‘lgan sun’iy ko‘llar respublikada birin-ketin yo‘q qilinayotganligini taassuf bilan qayd etgan.
Toshkent hokimi poytaxtning uch tumani hokimlariga «hayfsan» e’lon qildi. Bunga ularning birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari sabab bo‘lgan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,10 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham ko‘tarildi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Dilmurod Mirsodiqov tayinlandi.
O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi. Ushbu mablag‘lar davlat budjeti, xalqaro moliya tashkilotlari va bank kreditlari hisobidan ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusi yildan boshlab 1−4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda 6 ming nafar ishsiz aholi uchun, ixcham issiqxonalar qurib berilishini ma’lum qildi. Aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash orqali, 12 ming fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi mumkin, deb hisoblaydi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Moskvada O‘zbekiston prezidentining joriy yilda kutilayotgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deya ma’lum qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumandagi nutqida. Uning aytishicha, «juda jiddiy hujjatlar to‘plami» tayyorlangan, shu jumladan mudofaa sohasida. U Rossiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hech qanday maxfiy kun tartibi hamda mintaqa davlatlarini kim bilan bo‘lish borasidagi geosiyosiy tanlov qarshisida qoldirish rejasi yo‘qligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting