Korn-dog va xot-doglar, non-kabob, shaurma, tovuqli “popkorn” — Zira.uz uyda tayyorlanadigan fastfud retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Adliya vazirligi korrupsiya va ochiqlikni o‘rganuvchi birinchi nodavlat notijorat tashkilot — “O‘zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Armanistonning Ozarbayjon ustidan BMT sudiga shikoyat qilgani, Kubaning ikki yoshdan katta bolalarni koronavirusga qarshi emlashni boshlagani, Liviya milliy armiyasining Chaddan kelgan 200ga yaqin qo‘zg‘olonchini yo‘q qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning SHHT sammitida ishtiroki, Toshkent-Kiyev aviaqatnovi tiklanishi, SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tishi — “Gazeta.uz"ning 17 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni hisobga olgan holda xorij banklaridagi afg‘on aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Gap avgust o‘rtasida «Tolibon» qo‘liga tushmasligi uchun AQSh tomonidan muzlatilgan Afg‘oniston Markaziy bankining milliardlab dollarlari haqida ketmoqda.
Qashqadaryoda mast fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki fuqaro gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdoning sezilarli o‘sishi kuzatildi, deb xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Shu bilan birga, yangi avtomobillarni sotish hajmi pasayishda davom etmoqda va o‘sish eski avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik sabab ta’minlanmoqda.
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida Matiz va Damas ishtirokidagi avariyada 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Marhumning otasi o‘g‘lini urib yuborgan mast haydovchi Milliy gvardiya xodimi ekanini aytib, videomurojaat bilan chiqdi. Keyinroq ushbu ma’lumot rad etildi.
18−19 sentabr kunlari Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan «SKY CAMP» marafoni sababli Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,98 so‘mga pasayib, 10 674,08 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida giyohvand moddalar aylanmasi aniqlandi, 5,2 kg gashish va qariyb 30 gramm «opiy» musodara qilindi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi.
2021−2022 yillarda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga raislik qilish O‘zbekistonga rasman o‘tdi. Sammit doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, kambag‘allikni kamaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish kabi vazifalar belgilangan.
«[Afg‘onistonda] hokimiyat tepasiga yangi kuchlar keldi. Bu yuz bergan fakt», — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida. U Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida chet el banklaridagi afg‘on aktivlarini muzlatishni to‘xtatishni taklif etdi. Shuningdek, davlat rahbari SHHT-Afg‘oniston formatida oliy darajadagi doimiy uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvda uning iqtisodiy korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasidan foydalanishini ta’kidladi. Davlatlar rahbarlari «Shimol-Janub» koridorini Chorboxor porti bilan faollashtirish masalalarini ham muhokama qilishdi.
Shanba va yakshanba kunlari mamlakatda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +32…+35 darajada bo‘ladi. Shuningdek, keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayishi kutilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.
Prezident MDH ishtirokchi-davlatlari aholisi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha Bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Shartnoma norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha samarali hamkorlikni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Jahon banki Doing Business hisobotini oldingi reytinglardagi xatoliklar va manipulyatsiyalar sababli butunlay to‘xtatdi. 2018 yilda O‘zbekiston prezidenti mamlakatda tadbirkorlik uchun sharoitlar yaratish va shu orqali 2022 yilda ushbu reytingda eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting