«[Afg‘onistonda] hokimiyat tepasiga yangi kuchlar keldi. Bu yuz bergan fakt», — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida. U Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida chet el banklaridagi afg‘on aktivlarini muzlatishni to‘xtatishni taklif etdi. Shuningdek, davlat rahbari SHHT-Afg‘oniston formatida oliy darajadagi doimiy uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvda uning iqtisodiy korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasidan foydalanishini ta’kidladi. Davlatlar rahbarlari «Shimol-Janub» koridorini Chorboxor porti bilan faollashtirish masalalarini ham muhokama qilishdi.
Shanba va yakshanba kunlari mamlakatda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +32…+35 darajada bo‘ladi. Shuningdek, keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayishi kutilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.
Prezident MDH ishtirokchi-davlatlari aholisi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha Bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Shartnoma norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha samarali hamkorlikni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Jahon banki Doing Business hisobotini oldingi reytinglardagi xatoliklar va manipulyatsiyalar sababli butunlay to‘xtatdi. 2018 yilda O‘zbekiston prezidenti mamlakatda tadbirkorlik uchun sharoitlar yaratish va shu orqali 2022 yilda ushbu reytingda eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
16 sentabr kuni O‘zbekistonda 216 ming 245 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 mln 517 ming 178 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 10,04 foizini tashkil qilmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 624 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 133 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
«Uzbekistan Airways» 26 sentabrdan Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qatnovlar 6 yildan buyon amalga oshirilmayotgan edi.
Qaysi hollarda prezidentlikka nomzod o‘z maqomidan mahrum etilishi mumkin? Saylovda tashviqotning qanday turlariga ruxsat berilgan va qaysilari taqiqlangan? Saylov kampaniyasi davomida nomzodlarga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari uchun qanday jazo chorasi qo‘llaniladi? «Gazeta.uz» muxbirining nomzodlarning huquqlari va majburiyatlariga oid savollariga MSK doimiy a’zosi Bahodir Yunusov javob berdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jamiyatning hukumatga bo‘lgan ishonchi va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka to‘xtaldi. «Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning ishonchi yuqori bo‘lsa, vaksinatsiya darajasi shuncha yuqori bo‘lyapti», — dedi vazir. U «snos» masalasi xalqning davlat organlariga ishonchiga ta’sir ko‘rsatganini esga oldi.
Yo‘qolib ketish arafasida turgan Buxoro kiyiklari yashayotgan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi.
Shavkat Mirziyoyevning Emomali Rahmon bilan uchrashuvi, Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurilishi, YHX xodimlarining yangi namunadagi formasi tasdiqlanishi — “Gazeta.uz"ning 16 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Afg‘onistonda xorijiy vizalar «qora bozori» shakllanayotgani, Xitoyda 1 mlrddan ortiq aholining COVID-19'ga qarshi to‘liq emlangani, SpaceX birinchi tijorat ekipajini orbitaga olib chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2021 yilda qariyb 893 ming abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to‘play olmadi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.
AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniya AUKUS mudofaa alyansi tuzilishini e’lon qilishdi. Pakt doirasida Avstraliya o‘z tarixida ilk bor atom suvosti kemalarini qurishga muvaffaq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Saudiyaning ACWA Power energetika kompaniyasi g‘olib deb topildi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,94 so‘mga pasayib, 10 681,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting