Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 1954 yilda ishlab chiqarilgan «Makarov» pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Davlat xizmatlarining yagona reyestri Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
«Toshkent-Andijon» poyezdi elektr ta’minoti o‘chirilgani sababli Angren vokzalida 50 daqiqa turib qoldi.
Dam olish kunlari ob-havoning bir oz sovishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
Izabel Servoz-Galluchchi Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Minxajidin Xodjimatov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari etib tayinlandi.
Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida o‘tish yo‘lidan 30 metr uzoqlikda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Piyoda tan jarohatlari oldi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklar oldini olish yo‘nalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sayfutdinov Anvar Nazarovich Yakkasaroy tumani hokimi etib tayinlandi.
«Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun imzolandi.
Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi.
2020 yilning oxirigacha Qashqadaryo viloyatida ikkita yangi mikroGESni quriladi. Ikki inshoot xarajatlari 1 million 460 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston va amerikalik harbiy uchuvchilar Harbiy-havo kuchlariga tegishli harbiy aerodromda hamkorlikdagi treninglar va parvozlarni amalga oshirdi.
Firdavs Abduxolikov «O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori etib tayinlandi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Bu Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln so‘mga kamaytirishi hisob-kitob qilinmoqda.
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda Osiyo Kubogida yettita medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi. U reklama bozorini tartibga soladi va tovarlar xaridi ustidan nazorat o‘rnatadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting