Reuters: O‘zbekistondagi lagerda yashayotgan afg‘on uchuvchilari vatanga qaytishdan qo‘rqishmoqda
6 sentabr 2021, 09:31

Reuters: O‘zbekistondagi lagerda yashayotgan afg‘on uchuvchilari vatanga qaytishdan qo‘rqishmoqda

O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari va boshqalar vatanga qaytishdan xavfsiramoqda, deb yozmoqda Reuters. «Bizni qaytarishsa, 100 foiz aminmanki, bizni o‘ldirishadi», — deya ma’lum qildi uchuvchilardan biri. Reuters lager tasvirlarini ham e’lon qilib, afg‘onlar O‘zbekistonga uchib kelgan samolyot va vertolyotlar modellari haqida xabar berdi.

Yana 3 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
6 sentabr 2021, 09:30

Yana 3 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

6 sentyabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 22 mln 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi
5 sentabr 2021, 20:18

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu bahsda shvetsiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.

1-kurs talabalariga 6−13 sentyabr kunlari dastlabki tanishtiruv haftaligi o‘tkaziladi
5 sentabr 2021, 13:33

1-kurs talabalariga 6−13 sentyabr kunlari dastlabki tanishtiruv haftaligi o‘tkaziladi

1-kursga qabul qilingan talabalar uchun 6 sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi, 13 sentyabrdan e’tiboran o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

«ArMI-2021»: VII Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi
5 sentabr 2021, 11:51

«ArMI-2021»: VII Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoyni ortda qoldirib, 2-o‘rinni egalladi. Musoboqalar davomida O‘zbekiston harbiylari 10 ta rekord natijani qayd etdilar.

Yana 1,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
5 sentabr 2021, 10:55

Yana 1,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

5 sentyabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1,5 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 19 mln 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

4 sentyabr kuni O‘zbekistonda 662 kishida koronavirus aniqlandi
5 sentabr 2021, 10:49

4 sentyabr kuni O‘zbekistonda 662 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 662 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 140 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Paralimpiada-2020. Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 sentabr 2021, 17:46

Paralimpiada-2020. Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para-taekvondochi Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lgan kiritdi. Bu O‘zbekiston hisobidagi sakkizinchi oltin medal bo‘ldi.

Toshkentda Islom taraqqiyot banki boshqaruv kengashining anjumani bo‘lib o‘tdi
4 sentabr 2021, 16:00

Toshkentda Islom taraqqiyot banki boshqaruv kengashining anjumani bo‘lib o‘tdi

“Agrobank” Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan eng ko‘p kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirgan banki sifatida e’tirof etildi.

Maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq an’anaviy shaklda boshlanadi
4 sentabr 2021, 14:10

Maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq an’anaviy shaklda boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili to‘liq an’anaviy shaklda boshlanadi. Vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchining o‘zi yoki oila a’zolari koronavirusga chalingan bo‘lsa yoki maktab o‘qituvchilari orasida infeksiya aniqlangan bo‘lsagina, masofaviy (onlayn) tarzda o‘quv jarayonlari olib boriladi.

Maktab qizlariga ro‘mol va do‘ppida bo‘lishiga ruxsat berildi
4 sentabr 2021, 13:42

Maktab qizlariga ro‘mol va do‘ppida bo‘lishiga ruxsat berildi

O‘zbekiston maktablarida qizlarga istisno tariqasida oq va ochiq ranglardagi milliy ro‘molda va do‘ppida bo‘lishga ruxsat berildi. XTV rahbari bu ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlari asosida qabul qilinganini va asosiy maqsad — barcha bolalarga ta’lim berish ekanligini ta’kidladi. «Biz dunyoviy bilimlarni barchaga berishimiz shart. Shu narsaga sharoit yaratib berishimiz kerak», — dedi u.

Paralimpiada-2020. Nurxon Qurbonova ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi
4 sentabr 2021, 11:38

Paralimpiada-2020. Nurxon Qurbonova ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida nayza uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik Nurxon Qurbonova kumush medali sohibi bo‘ldi. Sportchi yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan.

3 sentyabr kuni O‘zbekistonda 648 kishida koronavirus aniqlandi
4 sentabr 2021, 11:10

3 sentyabr kuni O‘zbekistonda 648 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida respublikada 648 kishida koronavirus qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 71 kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekiston vakili birinchi marta Yevropa xalqaro ayollar yetakchiligi mukofoti bilan taqdirlandi
4 sentabr 2021, 10:33

O‘zbekiston vakili birinchi marta Yevropa xalqaro ayollar yetakchiligi mukofoti bilan taqdirlandi

JIDU prorektori Gulnoza Ismoilova European International Womenʻs Leadership Awards sovrindori bo‘ldi. Mazkur mukofot bilan O‘zbekiston vakili ilk bora taqdirlandi.

Nima tayyorlaymiz: bolalar uchun maktabga yegulik
4 sentabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: bolalar uchun maktabga yegulik

Sendvich, lavash xamirida pishiriqlar, grenka va qatlamachalar — Zira.uz bolalar uchun maktabga mazali va to‘yimli yegulik retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 sentabr 2021, 21:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda AES qurilishi mumkinligi, AQShda suv toshqinlari qurbonlari sonining 45 kishiga yetgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

OTMga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi
3 sentabr 2021, 15:51

OTMga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Davlat test markazi OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandatni) e’lon qildi. Qayd etilishicha, javobni hududlar kesimida belgilangan vaqtda tekshirib ko‘rish talab etiladi. Onlayn tarzda 5 xil usulda test natijalarini bilish mumkin.

Namanganda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni Nexia urib yubordi
3 sentabr 2021, 14:07

Namanganda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni Nexia urib yubordi

Pop tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi
3 sentabr 2021, 12:57

Talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi

Xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi. Hukumat qarori bilan amaliyot muddati, saralab olish bosqichlari va tartibi belgilab berildi.

O‘zbekistonda bo‘lish muddati tugagan chet elliklarni mamlakatni tark etishi kerak
3 sentabr 2021, 12:37

O‘zbekistonda bo‘lish muddati tugagan chet elliklarni mamlakatni tark etishi kerak

O‘zbekistonda bo‘lish muddati tugagan chet elliklar 10 sentyabrgacha muddatni uzaytirishi yoki mamlakatni tark etishi lozim. Hukumat o‘tgan yilning sentyabrida joriy etilgan vaqtinchalik tartibni bekor qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting