Muqaddam ikki bora sudlangan shaxs bir kishini ichki ishlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga olti ming dollar talab qilib, pulni olayotgan vaqtida ushlandi.
Vitaliy Klichko Kiyev shahar davlat ma’muriyati raisi lavozimidan ozod qilindi.
Yashnobod tumanidagi maktabning yonida haydovchilarni e’tiborli, ehtiyot va ogoh bo‘lishga chaqiruvchi «Maktab!» deb nomlanuvchi nostandart yo‘lbelgisi o‘rnatildi.
Prezident farmoni bilan «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bosh prokuratura do‘konni buzishga harakat qilgan Yakkabog‘ tumanining sobiq hokim o‘rinbosari xususiy mulk huquqini buzish va mansab vakolatidan chetga chiqishda ayblanmoqda.
Toshkentga Belarusdan sinovdan o‘tkazish uchun elektrobus yetkazib berildi. Uni 41-avtobus yo‘nalishida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Prezident mahkumlarga saylash huquqini beruvchi qonunni imzoladi.
Yil boshidan buyon 7439 yong‘inda 76 kishi vafot etdi, 208 kishi jarohatlandi. Yong‘inlarga asosiy sabab — olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish va elektr uskunalarining nosozligi.
Asaka tuman dehqon bozorida qulupnay va nisholda sotuvchilari o‘rtasidagi mojaro ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ldi.
Samarqandda 22 mln so‘m, 100 dollar va 600 ming so‘mlik telefon uchun bir oilaning besh a’zosining joniga qasd qilgan shasxlar ustidan ochiq sud boshlandi.
Ekologik partiya hukumatdan daraxtlarning ayrim turlariga yarim yillik moratoriy e’lon qilishni so‘radi. U sanitar kesish va avariya holatidagi daraxtlarga taalluqli bo‘lmaydi.
Mustaqillik kuni nishonlangan kechasi Toshkent ko‘chalariga o‘rnatilgan 2000 dan ortiq bayroqlar o‘g‘irlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 142,6 mln so‘mni tashkil etdi.
«O‘zbek davlat sirki»da tomosha vaqtida artistning balandlikdan yiqilib tushishi yuzasidan ma’lumot berildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov avgustda Rossiya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
“Rosatom” O‘zbekistonda 2020-yil boshidan atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida ishlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi korporatsiya rahbari Aleksey Lixachyov.
4 sentyabr kuni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 9904 ta davlat umumta’lim muassasalarida 2019−2020 o‘quv yili boshlandi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini e’lon qildi.
Turkiyada noqonuniy yurgan xorijliklarni aniqlash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish borasida tekshiruvlar amalga oshirilayotgani xabar qilindi.
O‘zbekistonlik harbiy razvedkachilar «Oltin ukki — 2019» xalqaro musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting