Fan olimpiadalari markazining vazifasi nimadan iborat bo‘ladi?
11 oktabr 2024, 10:52

Fan olimpiadalari markazining vazifasi nimadan iborat bo‘ladi?

O‘zbekistonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishi belgilandi. Markazning asosiy vazifasi qobiliyatli, fanlarni chuqur o‘rganishga qiziquvchi yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘ladi.

“Metroga yaqin korxonalarning ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Toshkent metropoliteni
11 oktabr 2024, 10:49

“Metroga yaqin korxonalarning ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Toshkent metropoliteni

Poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanadi. “Bu nafaqat transportdagi tig‘izlik, balki yo‘llardagi tirbandliklarni ham kamaytiradi”, — dedi metropoliten bosh muhandisi.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 oktabr 2024, 10:05

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Kon-geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 oktabr 2024, 09:31

Kon-geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda ishlagan.

Toshkentda Matiz va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi
11 oktabr 2024, 09:28

Toshkentda Matiz va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Olmazor tumanida Matiz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 40 yoshli Spark haydovchisi halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.

Rixos Tersane Istanbul: Turkiyaning yirik investitsiya loyihasi mehmonlarni qabul qilishga tayyor
11 oktabr 2024, 09:00

Rixos Tersane Istanbul: Turkiyaning yirik investitsiya loyihasi mehmonlarni qabul qilishga tayyor

Rixos Tersane Istanbul sayyohlik majmuasi dunyoning barcha burchaklaridan tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mehmonxona Istanbulning madaniy va sanoat merosi elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Surxondaryoda yuk mashinasi yo‘l chetidagi uch kishini urib, qochib ketdi. Ulardan ikki nafari halok bo‘ldi
10 oktabr 2024, 23:29

Surxondaryoda yuk mashinasi yo‘l chetidagi uch kishini urib, qochib ketdi. Ulardan ikki nafari halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi yo‘l chetida mashinasiga yonilg‘i quyayotgan uch kishini urib, voqea joyidan qochib ketdi. Jabrlanuvchilarning ikki nafari voqea joyida halok bo‘ldi, boshqasi shifoxonaga yotqizildi. Haydovchi Sirdaryoda ushlandi.

Floridaga “Milton” to‘foni yopirildi, 3 milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
10 oktabr 2024, 21:59

Floridaga “Milton” to‘foni yopirildi, 3 milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi

AQShning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Milton” to‘foni birinchi toifagacha zaiflashdi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘nlab uylar vayron bo‘ldi, 3 milliondan ortiq uy va korxona elektr ta’minotisiz qoldi.

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda quriladi
10 oktabr 2024, 21:47

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda quriladi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li qurilishi vaqti 6 yil 3 oyni tashkil etishini ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi (jami uzunligi 33 km, eng uzuni 6,8 km). Pulli yo‘l qurilishi orqali safar vaqti 2 soat 14 daqiqaga qisqaradi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi
10 oktabr 2024, 21:38

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida Eronni mag‘lub eta olmadi. Eronliklar ikkinchi bo‘limda o‘n kishi bo‘lib o‘ynadi, ammo uchrashuv durang bilan yakunlandi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga uchib ketdi
10 oktabr 2024, 21:03

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga uchib ketdi

Prezident amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi. U yerda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Shu oyda O‘zbekistonda ham shoir va mutafakkirning yubileyi nishonlanadi.

Bolalar ko‘z o‘ngida mushukni derazadan uloqtirgan o‘qituvchi jarimaga tortildi
10 oktabr 2024, 20:57

Bolalar ko‘z o‘ngida mushukni derazadan uloqtirgan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilari ko‘z o‘ngida ikkinchi qavat derazasidan mushuk uloqtirdi. Oqibatda mushuk ko‘plab jarohatlar tufayli nobud bo‘ldi. Sud o‘qituvchini BHMning bir baravari (375 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortdi.

Davlat simfonik orkestri yubileyini katta festival bilan nishonlaydi
10 oktabr 2024, 20:02

Davlat simfonik orkestri yubileyini katta festival bilan nishonlaydi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Davlat simfonik orkestrining 10 yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Gustav Maler, Edvard Grig va boshqa bastakorlarning asarlaridan iborat konsertlar o‘rin olgan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy yakkaxonlar ishtirok etadi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik JST talablariga moslashtiriladi
10 oktabr 2024, 19:30

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik JST talablariga moslashtiriladi

Prezidentga olib kirilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid taqdimotga ko‘ra, xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, 10 ta yangisini tashkil qilish, sohadagi qonunchilikni JST talablariga moslash rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni buyurdi.

Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni 50 yilda 73 foizga kamaydi
10 oktabr 2024, 18:18

Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni 50 yilda 73 foizga kamaydi

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi yarim asrda sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning soni 73 foizga kamaydi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy tahdidlar inson faoliyati natijasida yashash muhitining degradatsiyasi va yo‘qolishidir.

Sentabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi — MHTI
10 oktabr 2024, 18:12

Sentabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi — MHTI

Sentabrda Toshkentda uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgustga nisbatan 2,8 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlarniki esa 1,4 foizga oshdi.

Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi jarimaga tortildi
10 oktabr 2024, 18:03

Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi jarimaga tortildi

Shahrisabz tumanidagi “Paxtakor” MFY raisi Telegram`dagi guruhda ishsiz fuqarolarni paxta terishga chaqirib, kelmaganlarga bola puli berilmasligini aytdi. Holat bo‘yicha mahalla raisiga chora ko‘rildi, u fuqarolarni majburiy mehnatga undagani uchun 18,7 mln so‘m jarimaga tortildi.

Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tadi
10 oktabr 2024, 17:57

Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tadi

16−17-oktabr kunlari Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tadi. 200 dan ortiq delegatlar oliy ta’limning dolzarb masalalarini muhokama qiladi. Forum arafasida taniqli olimlar, jumladan, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning ma’ruzasi rejalashtirilmoqda.

Adabiyot bo‘yicha Nobel janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kangga berildi
10 oktabr 2024, 16:52

Adabiyot bo‘yicha Nobel janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kangga berildi

Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun berildi.

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
10 oktabr 2024, 16:44

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

11 va 13−14-oktabr kunlari respublikaning to‘rtta viloyatidagi tog‘li hududlarda kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting