Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi
11 oktabr 2024, 17:33

Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.

Toshkentda mushuk bolasini derazadan uloqtirgan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
11 oktabr 2024, 17:30

Toshkentda mushuk bolasini derazadan uloqtirgan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi

Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchilari ko‘z o‘ngida mushuk bolasini ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Maktab direktori “o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun” intizomiy jazoga tortildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (12−13-oktyabr)
11 oktabr 2024, 17:08

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (12−13-oktyabr)

Yettita kinopremyera, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, “Bravo” va Konsta konsertlari, fotoko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zladi
11 oktabr 2024, 17:03

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. U turkman shoiri merosi sharq she’riyati va jahon adabiyotini boyitganini ta’kidladi. “Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham g‘oyat ardoqli va suyukli siymo”, — dedi davlat rahbari.

Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
11 oktabr 2024, 16:32

Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Namangan musaffo iqlim” MCHJga 700 mingdan ortiq iste’molchiga 11 mlrd so‘mlik mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi.

Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘adi
11 oktabr 2024, 15:30

Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida, yakshanba kuni katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda u qorga aylanadi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi
11 oktabr 2024, 15:19

Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi

Toshkent shahrida oktabr oyi boshida 32 nafar giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tinchlik bo‘yicha Nobel Yaponiyadagi atom bombasidan jabrlanganlar tashkilotiga berildi
11 oktabr 2024, 14:40

Tinchlik bo‘yicha Nobel Yaponiyadagi atom bombasidan jabrlanganlar tashkilotiga berildi

2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.

“JSTga a’zo bo‘lish uchun qoidalarning 29 foizi uyg‘unlashtirildi, oldinda hali qancha ishimiz turibdi” — prezident
11 oktabr 2024, 14:28

“JSTga a’zo bo‘lish uchun qoidalarning 29 foizi uyg‘unlashtirildi, oldinda hali qancha ishimiz turibdi” — prezident

O‘zbekiston o‘z qonunchiligini JST kelishuvlari bilan 29 foizga uyg‘unlashtirdi (yil boshida ko‘rsatkich 25 foiz edi), dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident 269 laboratoriya va 2000 dan ortiq mahalliy standartlarning xalqaro standartlarga muvofiq tan olinishiga erishish bo‘yicha topshiriq berdi.

Yakshanba kunidan havo soviy boshlaydi
11 oktabr 2024, 12:51

Yakshanba kunidan havo soviy boshlaydi

13-oktabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3…+8, ba’zi joylarda 0…−2 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajagacha pasayadi.

Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi
11 oktabr 2024, 12:31

Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi

14−18-oktabr kunlari Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu yil 40 ta mamlakatdan rassom va kuratorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazmalarda 120 dan ortiq san’at asarlari namoyish etiladi. Dasturda xorijlik rassomlarning mahorat darslari va xalqaro konferensiya o‘rin olgan.

Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi
11 oktabr 2024, 12:18

Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli erkak ko‘chada o‘ynab yurgan voyaga yetmagan qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 5 sutkaga qamaldi. Erkak aybiga iqror bo‘lib, suddan yengillik so‘ragan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov bir qancha jinoyatda aybdor deb topilib, ozodligi cheklandi
11 oktabr 2024, 12:05

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov bir qancha jinoyatda aybdor deb topilib, ozodligi cheklandi

Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Azimjon Nazarov sud tomonidan bir nechta jinoyatda aybdor deb topildi. Nazarov 550 ming dollardan ortiq miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan. Sud unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan pul mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi
11 oktabr 2024, 11:00

Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan pul mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, ularda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tiladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

DXX Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi
11 oktabr 2024, 10:58

DXX Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi

DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni musodara qildi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Fan olimpiadalari markazining vazifasi nimadan iborat bo‘ladi?
11 oktabr 2024, 10:52

Fan olimpiadalari markazining vazifasi nimadan iborat bo‘ladi?

O‘zbekistonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishi belgilandi. Markazning asosiy vazifasi qobiliyatli, fanlarni chuqur o‘rganishga qiziquvchi yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘ladi.

“Metroga yaqin korxonalarning ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Toshkent metropoliteni
11 oktabr 2024, 10:49

“Metroga yaqin korxonalarning ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Toshkent metropoliteni

Poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanadi. “Bu nafaqat transportdagi tig‘izlik, balki yo‘llardagi tirbandliklarni ham kamaytiradi”, — dedi metropoliten bosh muhandisi.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 oktabr 2024, 10:05

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Kon-geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 oktabr 2024, 09:31

Kon-geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda ishlagan.

Toshkentda Matiz va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi
11 oktabr 2024, 09:28

Toshkentda Matiz va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Olmazor tumanida Matiz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 40 yoshli Spark haydovchisi halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting