Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Miralisher Islomov direktor etib tayinlandi.
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Andijon tumanida yosh kelinchakning olti erkak tomonidan zo‘rlangani holatini nazoratga oldi.
Rossiyalik ovchiga berilgan ikkinchi Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun berilgan ruxsat bekor qilindi, dedi Ekologiya davlat qo‘mitasi vakili. Qaror jamoatchilikning noroziligini inobatga olgan holda qabul qilindi.
2021 yilning birinchi choragida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning sof foydasi pasayib, 95,69 mlrd so‘mni (9 mln dollar atrofida) tashkil etdi. 2020 yilda kompaniya 352,7 milliard so‘m zarar ko‘rdi, garchi bir yil oldin foyda 850 milliard so‘mdan oshgan bo‘lsa.
Dollarning rasmiy kursi 15,27 so‘mga qimmatladi va jami 10 566,11 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.
Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri yuritiladi. Unga faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlangan shaxslarga va unda saqlangan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlagan holda kirish ruxsat etiladi.
O‘zbekiston prezident Qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.
Prezident shu hafta Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashadi. Qolaversa, Qozog‘iston prezidenti bilan telefonda muloqot qilish hamda Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Berde bilan uchrashuvlar ham rejada bor.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil o‘quv yili so‘nggiga qadar masofaviy tarzda davom ettiriladi. Avvalroq, universitet 27 apreldan 10 mayga qadar 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tgan edi.
Samarqandda IIB boshlig‘i Damas haydovchisiga signal chalgani uchun e’tiroz bildirgani aks etgan video tarqaldi. YHXB xodimi o‘zaro muloqot vaqtida muomala madaniyatidan chetga chiqqan. Haydovchining hujjatlari tekshirilib, to‘liq bo‘lmaganligi sabab transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
«Falastin va Isroildagi voqealar, Al-aqso masjidi atrofidagi harakatlar haqida gapirar ekanmiz, biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz. Albatta, har qanday masala bir stol atrofida o‘tirib, murosa qilinsagina hal bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident shuningdek, AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqayotganidan kelib chiqib, ushbu mamlakatda tinchlikni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhimligini qayd etdi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Isroil va Falastin tomonlarini jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — BMT rezolyutsiyalari va oldingi kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarga qaytish va Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olishdan iborat.
Haftaning birinchi yarmi yozgi ko‘rsatkichlarga yaqin harorat bilan juda issiq bo‘ladi. Qozog‘iston hududlaridan salqin havo kirib kelishi bilan hafta oxirida harorat pasayishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunida hadli memorandumlar o‘rniga, aniq vazifalarni o‘zida mujassam etgan o‘zaro anglashuv kelishuvlari imzolanadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda davlat rahbari mutasaddilarga bitimlarni moliyalashtirish manbalari, ijrochi va aniq muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.
Farg‘ona viloyatida Malibu avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.
Prezidentning iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrifi kutilmoqda. Qo‘shni davlat OAVlarining yozishicha, ikki mamlakat yetakchilari Xo‘jandda So‘g‘d va unga chegaradosh hududlar rahbarlari bilan birgalikda muzokaralar olib borishi reja qilinmoqda.
Shuxrat Nazarov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bundan tashqari, ko‘mita raisiga yana ikki o‘rinbosar va bosh muhandis tayinlandi.
Pensiya tayinlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda erkaklarga 58 yoshda, ayollarga 53 yoshda muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor, Bahodir Yo‘ldoshevning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. San’atkor 2009 yilda «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali ko‘plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting