Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
17 may 2021, 11:21

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Xo‘jandga ham boradi — OAV
17 may 2021, 10:36

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Xo‘jandga ham boradi — OAV

Prezidentning iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrifi kutilmoqda. Qo‘shni davlat OAVlarining yozishicha, ikki mamlakat yetakchilari Xo‘jandda So‘g‘d va unga chegaradosh hududlar rahbarlari bilan birgalikda muzokaralar olib borishi reja qilinmoqda.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi
17 may 2021, 10:03

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi

Shuxrat Nazarov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bundan tashqari, ko‘mita raisiga yana ikki o‘rinbosar va bosh muhandis tayinlandi.

Muddatidan ilgari pensiya tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
17 may 2021, 09:51

Muddatidan ilgari pensiya tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Pensiya tayinlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda erkaklarga 58 yoshda, ayollarga 53 yoshda muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
17 may 2021, 09:31

Shavkat Mirziyoyev Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor, Bahodir Yo‘ldoshevning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. San’atkor 2009 yilda «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali ko‘plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.

Toshkentda issiq va sovuq suv o‘chiriladi (jadval)
17 may 2021, 02:36

Toshkentda issiq va sovuq suv o‘chiriladi (jadval)

17 maydan Toshkentda sovuq suvni o‘chirish va suv ta’minoti tarmoqlarida bosimni pasaytirish rejalashtirilmoqda (jadval). Mirzo Ulug‘bek tumanining ba’zi ko‘chalarida bir necha kun davomida issiq suv bo‘lmaydi.

IIV qidiruvga berilgan 10 kishining ism-sharif va fotosuratlarini e’lon qildi
17 may 2021, 00:43

IIV qidiruvga berilgan 10 kishining ism-sharif va fotosuratlarini e’lon qildi

O‘zbekiston IIV xalqaro ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga qo‘shilganlikda gumon qilinib qidiruvga berilgan 10 kishining ism-sharif va fotosuratlarini e’lon qildi.

Andijonda olti erkak yosh kelinchakni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
16 may 2021, 23:28

Andijonda olti erkak yosh kelinchakni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Andijon tumanida 20 yoshli kelinchak guruh tomonidan zo‘rlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorlar — olti erkak.

Botanika bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi
16 may 2021, 14:12

Botanika bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda Botanika bog‘i orqa tomonidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bog‘ning o‘rmon fondi zarar ko‘rmadi.

Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining katta inspektori qo‘lga olindi
16 may 2021, 11:40

Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining katta inspektori qo‘lga olindi

Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining katta inspektori 3500 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi. U kameral tekshiruvlar yakunida ijobiy hulosa berishni va’da qilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, Bulaqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori, Jizzax shahri hamda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimlari o‘rinbosarlari ham ushlangan.

O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev vafot etdi
16 may 2021, 09:29

O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev 76 yoshida vafot etdi. U nufuzli tadbirlar, shu jumladan, prezident ishtirok etgan bayram shodiyonalari, Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsertlar, «Sharq taronalari», Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi va Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda bosh rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi
16 may 2021, 01:50

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi

Amirlikning Masdar Surxondaryoda quriladigan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda eng jozibador tarifni bildirdi. Tender g‘olibi bo‘ladigan investor shuningdek, 200 kV bo‘lgan yangi podstansiya hamda 52 km uzunlikdagi elektr o‘tkazuvchi liniyani qurishi lozim bo‘ladi.

Badbo‘y hid tufayli beshta charm sanoat korxonasi Toshkent tashqarisiga ko‘chiriladi
16 may 2021, 01:26

Badbo‘y hid tufayli beshta charm sanoat korxonasi Toshkent tashqarisiga ko‘chiriladi

Hukumat qarori loyihasi bilan Sergeli tumanida yoqimsiz hid tarqalishiga sababchi bo‘lgan korxonalarning lokal tozalash inshootlarida rekonstruksiya qilish hamda beshta charm sanoat korxonasini Toshkentdan tashqariga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Avvalroq, tumanning Bo‘zsuv kanaliga turli korxona va tashkilotlar tomonidan oqova suvlar va chiqindilar oqizilayotgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Dominika bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi
16 may 2021, 00:18

O‘zbekiston Dominika bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi

Dominika O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 137-mamlakat bo‘ldi. Nyu-Yorkda ikki mamlakat vakillari qo‘shma bayonotga imzo chekdi.

Toshkent hokimi bo‘sh turgan binolar egalariga penya joriy etish taklifini bildirdi
15 may 2021, 23:47

Toshkent hokimi bo‘sh turgan binolar egalariga penya joriy etish taklifini bildirdi

Toshkentda o‘tkaziladigan tajriba doirasida bo‘sh turgan binolarning egalariga penya joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap olti oy mobaynida mol-mulkdan foydalanilmagan yoki ijaraga berilmagan taqdirda penya hisoblash haqida ketmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar kredit olganidan ko‘ra, ijaraga bino olib, o‘z faoliyatlarini boshlagani ma’qul deb hisoblaydi.

«Hech kimning bunga aralashishiga haqqi yo‘q». IIV «soqol» tadbiri bo‘yicha xabarni inkor etdi
15 may 2021, 21:57

«Hech kimning bunga aralashishiga haqqi yo‘q». IIV «soqol» tadbiri bo‘yicha xabarni inkor etdi

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ichki ishlar organlari «soqol» tadbirini o‘tkazayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Internetda IIO xodimlariga soqol qo‘ygan fuqarolarni aniqlash va ularni soqol olishdan oldin va keyin suratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar aytilgan audioyozuv tarqaldi.

Respublika onkologiya markazi uchun yangi bino quriladi
14 may 2021, 19:48

Respublika onkologiya markazi uchun yangi bino quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya tajribasi asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida Respublika onkologiya markazining yangi binolarini barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Har bir hududga mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar yetkazib berilishi qayd etildi. Saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yiladi.

Futboldagi korrupsiya haqida gapirgan «Turon» murabbiyi lavozimini tark etdi
14 may 2021, 18:39

Futboldagi korrupsiya haqida gapirgan «Turon» murabbiyi lavozimini tark etdi

Futboldagi korrupsiya haqidagi so‘zlari bilan tanilgan «Turon» futbol klubi bosh murabbiyi Islom Ismoilov «Qizilqum» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqdi. Uning davrida jamoa ilk bor Superligaga chiqdi, biroq sakkiz tur yakunlari bo‘yicha «Turon» chempionatda oxirgi o‘rinni egallab turibdi.

Nukus va Norindagi avtohalokatlarda sakkiz kishi vafot etdi
14 may 2021, 17:33

Nukus va Norindagi avtohalokatlarda sakkiz kishi vafot etdi

Nukusda uchta avtomobil to‘qnuvi natijasida olti kishi, Norin tumanida uchta mashina ishtirokidagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi, har ikki avariyada besh kishi jiddiy tan jarohatlari oldi.

«Ko‘ngillaringiz bo‘linmasin. Bir o‘zlaringiz emassizlar». Prezident Toshkentdagi gematologiya markaziga tashrif buyurdi
14 may 2021, 17:01 1

«Ko‘ngillaringiz bo‘linmasin. Bir o‘zlaringiz emassizlar». Prezident Toshkentdagi gematologiya markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlashdi. Shifoxona uchun yangi bino barpo etish, unda Rossiyaning D.Rogachyov nomidagi tibbiy tadqiqot markazi tajribasi asosida bolalar onkogemotologiyasi markazi tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. «Ko‘ngillaringiz bo‘linmasin. Bir o‘zlaringiz emassizlar.Hammamiz hamdardmiz», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting