«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi
16 noyabr 2020, 14:50

«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi

Prezident suv xo‘jaligini vaziri Shavkat Xamrayevni Qashqadaryodagi irrigatsiya va melioratsiya ishlari holati uchun tanqid qildi. Shavkat Mirziyoyev unga viloyat suv xo‘jaligi rahbarlarini ishdan olish va ishlaydigan odamlarni qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ham davlat rahbaridan tanbeh eshitdi.

Forbes eng ko‘p daromad topayotgan marhum yulduzlar reytingini e’lon qildi
16 noyabr 2020, 14:48

Forbes eng ko‘p daromad topayotgan marhum yulduzlar reytingini e’lon qildi

Forbes vafot etgan yulduzlar orasida eng ko‘p daromad topayotganlar reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilga nisbatan reytingga ikkita yangi ishtirokchi qo‘shildi. 2020 yilda 48 mln dollar daromad topgan marhum yulduz Maykl Jekson ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.

Peruning yangi prezidenti iste’foga chiqdi
16 noyabr 2020, 14:05

Peruning yangi prezidenti iste’foga chiqdi

Peruning yangi prezidenti Manuel Merino iste’foga chiqdi. Bunga bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi.

«G‘afur G‘ulom» bog‘i o‘rnida turar-joy majmuasi qurilmaydi — Madaniyat vazirligi
16 noyabr 2020, 13:58

«G‘afur G‘ulom» bog‘i o‘rnida turar-joy majmuasi qurilmaydi — Madaniyat vazirligi

Toshkentdagi «G‘afur G‘ulom» nomli istirohat bog‘i o‘rniga turar-joy majmuasi qurilishi haqidagi xabarlar rad etildi. Madaniyat vazirligi hozirda bog‘ hududida rekonstruksiya ishlari olib borilayotganini, jumladan, yengil konstruksiyali inshootlar buzilayotganini ma’lum qildi. Eskirgan attraksionlar ham demontaj qilinadi.

Sirdayorda sog‘liqni saqlashga oid ikkita tajriba-sinov o‘tkaziladi
16 noyabr 2020, 13:51

Sirdayorda sog‘liqni saqlashga oid ikkita tajriba-sinov o‘tkaziladi

Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi o‘tkaziladi. Oilaviy shifokor, terapiya va pediatriya bo‘yicha yordamchilar, hamshira va doyadan iborat guruhlar tuziladi. Bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi ishlab chiqiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Hafta o‘rtasida keskin havo pasayishi kutilmoqda
16 noyabr 2020, 12:55

Hafta o‘rtasida keskin havo pasayishi kutilmoqda

18−20 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 8−13 darajagacha va shimolda 10−15 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 0−5 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
16 noyabr 2020, 12:34

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi yana bir bor 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 390 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz qimmatladi, yevro esa arzonladi.

Namangandagi xalqaro biznes markazi qurilishi Alisher Usmonov tomonidan moliyalashtiriladi
16 noyabr 2020, 12:13

Namangandagi xalqaro biznes markazi qurilishi Alisher Usmonov tomonidan moliyalashtiriladi

Namangan viloyatida Alisher Usmonov ko‘magida Xalqaro biznes markazi quriladi. Mazkur markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlaridan tashkil topadi. Qurilish ishlarini bahorda boshlash rejalashtirilgan.

Moldovadagi prezidentlik saylovlarida Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda
16 noyabr 2020, 11:40

Moldovadagi prezidentlik saylovlarida Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda

Moldovaning sobiq bosh vaziri, «Harakat va birdamlik» muxolif partiyasi rahbari Mayya Sandu Moldova prezidenti saylovlarining ikkinchi bosqichidan so‘ng umumiy natijalarga ko‘ra yetakchilik qilmoqda. Saylovlar 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi va unda saylovchilar qatnashuvi 52,76 foizni tashkil qildi.

SpaceX ikkinchi marta XKSga ikkinchi parvozni amalga oshirdi
16 noyabr 2020, 11:39

SpaceX ikkinchi marta XKSga ikkinchi parvozni amalga oshirdi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi to‘rt astronavtni XKSga yetkazib beradi. Bu Crew Dragon ning ikkinchi parvozi va birinchi doimiy missiyasi hisoblanadi.

Sherzod Shermatov hududlarda ta’limni yaxshilash uchun eng yaxshi tandemni ma’lum qildi
16 noyabr 2020, 11:33

Sherzod Shermatov hududlarda ta’limni yaxshilash uchun eng yaxshi tandemni ma’lum qildi

Xalq ta’limi vaziri hududlarda ta’limni yaxshilash uchun eng yaxshi tandem — fidoyi xalq ta’limi boshqarmasi rahbari va uni doim qo‘llab-quvvatlovchi hokim ekanini ma’lum qildi. «Hokim tomonidan e’tibor berilmasa yoki xalq ta’limi rahbari muammolarni to‘g‘ri tushuntira olmasa, ijobiy o‘zgarish juda qiyin bo‘lishi mumkin», — dedi Sherzod Shermatov.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana bir gumanitar yordam jo‘natdi
16 noyabr 2020, 11:07

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana bir gumanitar yordam jo‘natdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana bir gumanitar yordam jo‘natdi. Jo‘natilgan yordam tarkibiga bir martalik qo‘lqoplar, niqoblar, himoya kombinezonlari, COVID-19 testlari, remdisevir va boshqalar kiritilgan.

«Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinayapti». Prezident — Qashqadaryoning sobiq hokimi haqida
16 noyabr 2020, 11:00

«Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinayapti». Prezident — Qashqadaryoning sobiq hokimi haqida

«Janobi Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinayapti hammasi. Qashqadaryo zo‘r, gazi bor, deb yuravergan ekanmiz. Viloyat respublika gazining 63 foizini beradi. Ammo odamlarda gaz yo‘q, suv yo‘q. Qani adolat?», — dedi Shavkat Mirziyoyev viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev haqida.

English Speaking Nation: Secondary Teacher Training dasturiga ariza topshirish 30 noyabrgacha davom etadi
16 noyabr 2020, 11:00

English Speaking Nation: Secondary Teacher Training dasturiga ariza topshirish 30 noyabrgacha davom etadi

Ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida bo‘lgan ingliz tili o‘qituvchilari English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN: STT) dasturiga 30 noyabr kuni soat 17:00 gacha ariza to‘ldirishlari mumkin. Bugungi kunga kelib, dastur uchun 1500 dan ortiq o‘qituvchi ariza topshirgan.

2023 yildan davlat tilini bilish bo‘yicha sertifikat rahbarlarga majburiy etib belgilanishi mumkin
16 noyabr 2020, 10:50

2023 yildan davlat tilini bilish bo‘yicha sertifikat rahbarlarga majburiy etib belgilanishi mumkin

2023 yildan rahbar kadrlar o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi majburiy etib belgilanishi mumkin. Shuningdek, mansabdorlardan o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida malaka oshirishlari talab etiladi.

Uylarda fotoelektr tizimini o‘rnatish tender savdolarisiz amalga oshirilgan
15 noyabr 2020, 15:31

Uylarda fotoelektr tizimini o‘rnatish tender savdolarisiz amalga oshirilgan

Antikorrupsiya agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Namangan viloyatlarida qurilayotgan uylarga quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha pudratchilarni tanlashda qoidabuzilish holatlarini aniqladi. «Qishloq qurilish invest»ning pudratchi tashkilotlar bilan tuzgan qo‘shimcha kelishuvlari bekor qilindi.

Andijon viloyati hokimiga tegishli yana bir audioyozuv tarqaldi
15 noyabr 2020, 14:35

Andijon viloyati hokimiga tegishli yana bir audioyozuv tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi aks etgan yana bir audio tarqaldi. Unda hokim tadbirkorlarni «shakal» deb atadi.

Toshkent hokimi 500 mln dollarlik yevrobondlarni chiqarishini ma’lum qildi
14 noyabr 2020, 23:02

Toshkent hokimi 500 mln dollarlik yevrobondlarni chiqarishini ma’lum qildi

Toshkent hokimligi 500 mln dollarga yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi hokim Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Shu bilan birga, byudjet qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlari va viloyatlariga ichki va tashqi bozorlar orqali kreditlar jalb qilish taqiqlangan. Toshkentga faqat ichki obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquq berilgan.

Ishsizlik darajasi 11,1 foizgacha kamaydi
14 noyabr 2020, 18:29 1

Ishsizlik darajasi 11,1 foizgacha kamaydi

O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etib, yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,1 foizga kamaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatda mehnat resurslari soni 19,1 mln kishini, respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1,9 mln kishini tashkil etgan. O‘zbekistonda ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,6 mln kishidan oshgan.

Ta’lim shaklini tanlashda talabalar va OTMlarning imkoniyatlari hisobga olinadi
14 noyabr 2020, 16:40

Ta’lim shaklini tanlashda talabalar va OTMlarning imkoniyatlari hisobga olinadi

16 noyabr kuni an’anaviy ta’lim shakliga barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi va OTMlar imkoniyatidan kelib chiqib, barcha kurslarni navbat bilan an’anaviy ta’limga jalb etiladi. Shuningdek, talabalarning imkoniyatlari agar mavjud bo‘lmasa, o‘z xohishi bilan masofaviy ta’limda davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting