Xalq ta’limi vazirligi 110 maktabdagi kalta paypok bilan bog‘liq holatni o‘rganganida, LGBT mavzusi dars paytida ko‘tarilmaganini ta’kidladi. Vazirlik taqdim etgan videolavhaga ko‘ra, o‘qituvchi bolaning kalta paypoqda ekanligini ko‘rib, «Bizda nima, LGBTmi? Oliy Majlis maktablarimizda paypoqsiz yurishni taqiqlagan», — deb aytgan. Direktor o‘rinbosari esa o‘g‘il bolalarga kalta paypoq kiyib yurmaslikni uqtirgan.
O‘zbekistonda so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 384 nafarni tashkil etib, 21 aprel holatiga ko‘ra umumiy holatlar soni 87 935 taga yetdi. Oxirgi bir hafta ichida kunlik qayd etilayotgan holatlar soni 300 dan deyarli tushayotgani yo‘q.
Namangan viloyatida Nexia-2 rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichida 3-tur uchrashuvni BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 2:1 hisobida olmaliqliklar irodali g‘alabaga erishishdi.
Universitetlar faoliyatini baholab boruvchi THE Impact Ranking reytingidagi 500 ta universitetlar orasida TDYUU 401 o‘rinni egalladi.
Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bir kishi vafot etdi, yana bir nafari jarohatlangan.
Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak kishining jasadi aniqlandi. Murdada alomatlari topilmagan, tergov oldi tekshiruv olib borilmoqda.
Rossiyada Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar, Suriyada prezident saylovlarida ilk bor ayol kishining qatnashayotgani, Apple’dan yangi modellar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samarqand davlat universiteti, Jismoniy tarbiya universiteti, Jahon tillari universiteti, Sharqshunoslik universiteti va Samarqand chet tillar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi. O‘qituvchi va talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlanmoqda.
Kitob tumani hokimiyati bolalar yomon sharoitda yashayotgan 5-sonli mehribonlik uyini bir yil avval yopish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bolalarni boshqa muassasalarga o‘tkazish va bu yerda bolalar shaharchasini tashkil etishni taklif qilgan.
1 apreldan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olish uchun aholi va tadbirkorlar yagona platforma orqali murojaat qilishlari talab etiladi. «Gazeta.uz» obunachilarining ko‘plab murojaatlaridan kelib chiqib, onlayn platforma orqali kreditga ariza to‘ldirishga oid qo‘llanmani ishlab chiqdi.
Birinchi chorakda tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga kamayib, 7,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport chorak baravardan ko‘proqqa kamayib, 2,4 mlrd dollarni, import esa 1,3 foizga kamayib, 4,7 mlrd dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonlik Aziza Izamova fevral oyida san’at va arxitektura tarixi yo‘nalishi bo‘yicha doktorantura qilish uchun Garvard universitetiga qabul qilindi. Aziza o‘qishga hujjat topshirish jarayoni qanday kechgani, o‘qishga topshirishda nimaga e’tibor bergani, tadqiqot sohasini qanday tanlagani va kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi. «G‘arb akademik doiralariga Markaziy Osiyosi haqida ko‘proq bilim olib kelib, O‘zbekistondagi tadqiqot sohasini boyitmoqchiman», — deydi u.
Azizbek Ikramov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — kadrlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari B.Abdullayev IIV jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i, vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Dollarning rasmiy kursi 14,25 so‘mga qimmatladi va jami 10 552,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari biroz pasaydi.
Namangan viloyatida MAN avtomashinasi haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi vafot etdi.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani «Oqdarband» qishlog‘i hududida to‘rt ayol ulardan birining oilali o‘g‘li bilan yashab kelayotgan boshqa bir ayolning kiyimlarini yirtib, qaychi bilan sochlarini kesib «samosud» uyushtirgan edi. Ularga jazo tayinlandi.
Talabalarga ijara to‘lovining 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish tartibiga oid prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — BHMning 1 baravaridan, boshqa hududlarda 0,5 baravaridan oshmasligi kerak.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida qo‘ylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar mashinadan 130 bosh zotdor qo‘yni qutqara olishgan, hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan. Mashina haydovchisi jabrlanmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqandga tashrifi chog‘ida Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tumanga borib, mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Maktab sobiq Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting