Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Oliy martabali mehmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurda hamda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Shundan keyin Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
BMTning uchta agentligi Qoraqalpog‘istonda 14dan 30yoshgacha bo‘lgan yoshlar va ayollar, hamda nogironligi borlar, ayollar boshchiligidagi oilalar, mehnat muhojirlari va aholining boshqa zaif qatlamlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid dasturni yo‘lga qo‘yishdi.
Hafta mobaynida O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida quruq, ammo salqin ob-havo kuzatiladi. 2 apreldan havo isishi kutilmoqda.
Toshkentda ijarada yashagan 5 nafar talabaning murdasi noma’lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topilgan edi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, yigitlarning barchasi «is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasidagi o‘tkir nafas va yurak qon tomirlari yetishmovchiligi» oqibatida vafot etgan.
Dollarning rasmi kursi 15,54 so‘mga pasaydi va jami 10 486,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.
Ichki ishlar vazirligi bloger Miraziz Bozorovni provokator deb ta’riflangan videoni namoyish etdi. Shuningdek, Amir Temur maydonida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar ishtirokchilari bilan suhbatlardan parchalar keltirdi. Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, voqea «haddan tashqari hissiyotga ega fuqarolar va huquqiy savodxonligi past bo‘lgan shaxslar, qonunchilikni chetlab o‘tib, muammoni o‘zlari hal qilmoqchi bo‘lishgan».
Uzbekistan Airways kompaniyasi piece concept tartibi — o‘rindiqlar soni bo‘yicha bagaj tashish qoidalarini joriy etdi.
Yakshanba kuni kechqurun noma’lum shaxslar bloger Miraziz Bozorovni kaltakladilar. Unda bir necha jarohat va sinishlar qayd etilgan. Shu kuni u anime va K-pop muxlislarini poytaxt markaziga yig‘ilishga chaqirgan. Shu vaqtning o‘zida u yerda LGBT ga qarshi aksiya bo‘lib o‘tgan.
1 apreldan aholi va tadbirkorlarning kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platforma orqali qabul qilinadi. Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. O‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyat uchun 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
2021−2022 o‘quv yilida OTMlarga qabul qilishning davlat buyurtmasiga oid prezident qarori loyihasi e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, bakalavrning barcha ta’lim shakliga jami — 157 879 nafar, magistraturaga 12 914 nafar, nodavlat OTMlarga esa 56 nafar davlat buyurtmasini belgilash taklif etilgan. Bundan tashqari, tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Respublika bo‘ylab uch kun mobaynida 200 ga yakin fuqaroda COVID-19 kasalligi aniqlandi. Toshkent shahrida 28 mart kuni mazkur ko‘rsatkich 164 kishini tashkil etdi.
Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish oqibatida 4 kishi vafot etdi, 1 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
28 mart kuni kuchli yog‘ingarchilik sababli Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi bir nechta hududlar sel ichida qoldi. Samarqandda uylar suv ostida qolgan, mashinalar oqib ketgan va ko‘priklar buzilgan. Navoiy viloyatida ham suv mashinani oqizib ketgan va ba’zi hududlardagi uylarni sel bosgan.
23 mart kuni sayozlikda turib qolib, ikki tomonlama harakatni to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi suv yuzasiga chiqarib olindi. Kanal bo‘ylab harakat qachon tiklanishi noma’lum.
Toshkent IIBB LGBT faollari deb ataluvchi yoshlarga qarshi namoyishda qatnashgan 12 kishining qo‘lga olinganini xabar qildi. «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Deputat Alisher Qodirov Jinoyat kodeksining 120-moddasini yanada kuchaytirish hamda ozodlikdan va fuqarolikdan mahrum etishgacha bo‘lgan choralarni o‘rnatishni taklif qildi.
Senator Malika Qodirxonova Navoiyda qizlari bilan birgalikda poyezd ostiga o‘zini tashlagan 31 yoshli ayol o‘limi tafsilotlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, ayolning eri o‘g‘il tug‘mayotganini ro‘kach qilib janjallashib turgan. Yanvarda ayol navbatdagi homilasining ham qizligini bilib, abort yo‘li bilan undan voz kechgan ekan.
Myanmada harbiylar yangi saylovlardan so‘ng hokimiyatni topshirishi, Eron va Xitoyning 25 yillik hamkorlik shartnomasi, AQSHning “Bir makon, bir yoʻl"ga muqobil yaratishni taklif qilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar Jahon banki konsultantlari tomonidan ishlab chiqildi. Qurilish ishlari ikki bosqichli xalqaro tender g‘olibiga topshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd dollardan oshadi.
Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berilishi, zargarlik buyumlarini onlayn sotish mumkinligi, ayrim mutaxassislarning ish haqi va ba’zi pensionerlar nafaqasining oshirilishi, uy-joy narxlarining optimallashtirilishi — 1 apreldan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Toshkent shahrida chaqiruv bo‘yicha yetib borgan tez tibbiy yordam shifokori ko‘rikni o‘tkazayotgan paytda bemor tomonidan do‘pposlandi. Hozirda shifokorning ahvoli og‘ir, unga bosh miyaning turli darajadagi jarohatlari yetkazilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting