U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, chempionatning «Eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga viloyat ahli nomidan Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi.
Tijorat banklari 23-mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 390 — 11 430 so‘m.
Kuchsiz zilzila (2−3 balli) Toshkent va O‘zbekistonning yana 4 ta hududida sezildi. Tojikistondagi tungi zilziladan keyin yana beshta aftershok qayd etildi.
Payshanba kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 11 ta hududida sezilib, 4−5 ballni tashkil etdi. Oradan yarim soat o‘tib, aftershok qayd etildi, ammo ikkinchi to‘lqin O‘zbekiston bo‘ylab sezilmadi.
Ramazon oyi davomida Toshkentdagi taroveh namozi o‘qiladigan masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati soat 19:00 dan 24:00 ga qadar cheklanadi.
O‘zbekiston prezidenti 1−2 may kunlari Germaniyaga tashrif buyurishini ma’lum qildi. U Germaniyada «O‘zbekistonni to‘g‘ri tushunishlarini» ta’kidladi, buni u «juda qadrlaydi». Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nemislari madaniyat markazi rahbari bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami tantanasida Rossiya madaniyat markazi ko‘rgazmasi bilan tanishar ekan «Rus va O‘zbekiston — ular azaldan birga bo‘lgan va abadiy birga bo‘ladi», dedi. Shuningdek, u Ukraina va boshqa madaniyat markazlarining ko‘rgazmalariga tashrif buyurdi.
U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchi va murabbiylariga «Prezident sovg‘asi» yozuvi tushirilgan Gentra avtomobillari topshirildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Moskvadagi muzokarada Markaziy Osiyoni alohida muhokama qildi. Tomonlar «rangli inqiloblar importi va mintaqa ishlariga tashqi aralashuvni qabul qilmasliklarini» ma’lum qilishdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz joyga olib tushdi.
O‘zbekiston prezidenti mahalla hayotida faol bo‘lgan tizimning bir guruh vakillarini turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi.
Seshanba kuni sezilgan zilzilaga qadar O‘zbekistondagi Android-qurilmalarning ko‘plab egalariga yerosti silkinishlari ehtimoli borligi haqida ogohlantirish keldi. Google ushbu tizimni 2020 yil yozida ishga tushirgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib O‘zbekiston uchun ham ishlay boshlagan. U qanday ishlaydi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 23 martdan boshlanishini ma’lum qildi. O‘zbekiston prezidenti «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.
Seshanba kuni kechqurun Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuchli zilzila sezildi. Yer silkinishlari gorizontal xarakterga ega bo‘lib, birmuncha davom etdi. Zilzila epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan. Zilzila epitsentrida 6,6 ballni tashkil qilgan.
Jizzaxda ikki nafar vaynerning YPX xodimlari haqida hazil videolari uchun 15 va 10 sutkaga qamalishi noqonuniy deb topildi. Apellyatsiya instansiyasida ular sud zalidan ozod qilindi.
Zominda prokuror yordamchisi boshqaruvidagi Lacetti avtomobilining daraxtga borib urilishi natijasida haydovchi va yana bir prokuratura xodimi halok bo‘ldi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentning Sergeli tumanida beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir necha jarohatlangani ma’lum qilindi, biroq ularning soniga aniqlik kiritilmadi.
Tarmoqlarda Qashqadaryodagi tug‘uruqxona xodimlarining bemorlardan pul ta’ma qilayotgani aks etgan video tarqaldi. SSV tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi va doya ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Rossiya kompaniyalari sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Qozog‘istondagi hamkorlarini zarur tovarlarni import qilishda yordam so‘rovlari bilan ko‘mib tashlamoqda, deb yozmoqda Reuters. Gap turli mahsulotlar — telefonlar, elektronika, nodir metallar, bank kartalari uchun materiallarni yetkazib berish haqida bormoqda.
Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting