Spark haydovchisi opera teatri yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida teatrning ikki xodimasini urib yubordi. Ulardan biri — Bahora Rahimova — vafot etdi.
Taniqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
«Xalqimizning fidokorona mehnati, qat’iy siyosiy irodamiz bilan keng ko‘lamli islohotlarimizni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz», — dedi prezident o‘zining bayram tabrigida. Shavkat Mirziyoyev xalq sayillarida ham ishtirok etdi.
Payshanba kuni maktabdan uyiga qaytayotgan o‘quvchini yuk poyezdi urib yubordi. U sinfdoshlarini kutib turganida sumkasi yuk poyezdiga tegib, uni sudrab ketgan. O‘quvchi bosh qismidan jarohat olgan. U shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.
Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqarolardan birini harbiy xizmatga jo‘nata olishiga ishontirib, undan 3500 dollar olish holati ma’lum bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Samarqandda Rossiyaga samolyot chiptalarini sezilarli darajada qimmatga sotilayotganini o‘rganayotgan Kun.uz muxbiriga o‘ldirish bilan tahdid qilindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.
Zira.uz barchani yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi va bayram dasturxoni uchun bir nechta o‘ziga xos taomlarni tayyorlab qo‘ygan.
Surxondaryoning Bandixon tumanida YPX inspektori «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, YTH sodir etdi. Hodisadan hech kim jabrlanmadi.
Shimoliy Koreyaning Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzgani, Norvegiya bosh vazirining karantin qoidalarini buzganlikda gumon qilinishi, Yevropada AstraZeneca vaksinasi bilan emlash jarayonining qayta tiklangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ekin yerlarini sug‘orish uchun Chorvoq suv omboridan suv ta’minoti cheklanishini ta’kidladi. “Sizlarga faqat Chorvoqni ochib bersa. Kanal suvga to‘lsa, keyin 24 soat suv oqadi. Siz hattoki ikki soat ham suvni nazorat qilmaysiz”, — deya prezident hokimlarga yuzlandi. Davlat rahbari chinozlik tadbirkordan o‘rnak olish zarurligini aytdi.
Yevrokomissiya Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Yevropadagi bir qator mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq og‘irlashgani sababli jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatildi. Bunday holat yuzasidan Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari, jumladan Fransiya, Italiya, Germaniya, Sloveniya, Latviya hukumati rasmiylari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni davom ettirishga majbur ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Qarshi shahrida «Lacetti» haydovchisi mashinani orqaga boshqarayotib, 8 va 9 yoshli bolalarni urib yubordi. Ikkala voyaga yetmagan bolalar yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.
Chempionlar Ligasining ¼ finali juftliklari ma’lum bldi. ¼ finalning ilk o‘yinlari 6/7 aprel, javob o‘yinlari esa 13/14 aprel sanalarida bo‘lib o‘tadi.
Dollarning rasmi kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 506 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Bayram arafasida ko‘pchilik tumanlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Bayram kuni 21 martda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi.
Prezident Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lishni o‘ylayotganini ma’lum qildi. «Ikkita ixchamgina viloyat bo‘ladi», — deya ta’kidladi u Nuravshonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Andijon viloyatining Xonobod tumanida kuniga 500 nafargacha yo‘lovchi tashish mumkin bo‘lgan temir yo‘l stansiyasi ochildi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvida hakam bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan fikr bildirdi. Imomxo‘jayev hakam shu yo‘l bilan futboldagi o‘zgarishlarga tupurgani, futboldan ketgan ayrim insonlarga sodiqligini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.
Nurafshonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda prezident hokimlar saylovi haqida gapirar ekan, «Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — deya ta’kidladi. «Jamiyat tayyor bo‘lmagan muhitga saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi?», — bu xiyonat dedi davlat rahbari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting