«Hech kim aholini majburiy emlamaydi» — Bahodir Yusupaliyev
17 mart 2021, 19:21

«Hech kim aholini majburiy emlamaydi» — Bahodir Yusupaliyev

SES rahbari Bahodir Yusupaliyev fuqarolar biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi. «Biz fuqarolarimizni biror vaksinani olishga majburlamaymiz. Ular istagan vaksinasi bilan emlanishi mumkin», — deydi u.

Vadim Abramov 20 maydan milliy terma jamoa yig‘inni boshlashini aytdi, O‘zPFL esa bundan bexabar
17 mart 2021, 17:38

Vadim Abramov 20 maydan milliy terma jamoa yig‘inni boshlashini aytdi, O‘zPFL esa bundan bexabar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 20 maydan boshlab yig‘in o‘tkazilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Professional ligasi rahbari chempionatning 10 va 11 turlari 20−31 may oralig‘iga belgilangani, lekin taqvim o‘zgarishi haqida O‘zPFL rasmiy ma’lumot olmaganini qayd etdi.

«Rossiya, Qozog‘iston, Koreyada, bilmayman yana qayerda yuribdi» — Tanzila Narbayeva migrant ayollar haqida
17 mart 2021, 17:32

«Rossiya, Qozog‘iston, Koreyada, bilmayman yana qayerda yuribdi» — Tanzila Narbayeva migrant ayollar haqida

Senat raisi Tanzila Narbayeva xorijdagi migrant ayollar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘yish kerak emasligini ta’kidladi. Uning fikricha, xorijdagi ayollarni oilasiga qaytarish hamda ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak. «Rossiya, Qozog‘iston, Koreyada, bilmayman yana qayerda yuribdi ayollar», — dedi rais. Bundan tashqari, u mamlakatdagi mardikor ayollar haqida: «ular ko‘chada o‘z ishchi kuchini taklif qilib turishi juda xunuk holat», dedi u.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
17 mart 2021, 16:52

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

Karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilayotganlar soni keskin oshdi
17 mart 2021, 16:47

Karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilayotganlar soni keskin oshdi

Koronavirusga chalinish holatlari soni oshgani munosabati bilan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgani uchun jarimaga tortilayotganlar soni oshdi. Shu vaqtgacha kunlik 200−300 kishiga chora ko‘rilgan bo‘lsa, 16 mart kuni ular soni 400 nafarga yetdi. Karantin choralari joriy etilgan vaqtdan buyon esa qariyb 900 ming kishiga chora ko‘rildi.

AstraZeneca vaksinasining birinchi partiyasi O‘zbekistonga topshirildi
17 mart 2021, 16:29

AstraZeneca vaksinasining birinchi partiyasi O‘zbekistonga topshirildi

Toshkentda 660 ming dozali AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ommaviy emlash Navro‘zdan keyin boshlanadi. JSST vakili AstraZeneca’ning COVID-19 ni oldini olishdagi afzalligi uni nojo‘ya ta’sirlaridan ko‘proq ekanligini ma’lum qildi.

Moderna bolalarda vaksinaning klinik sinovlarini boshladi
17 mart 2021, 15:51

Moderna bolalarda vaksinaning klinik sinovlarini boshladi

AQSHning Moderna kompaniyasi 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini boshlagani haqida e’lon qildi. Sinovlarda AQSH va Kanada bo‘ylab 6750 nafar bolalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Toshkentdagi “Yoshlik” shaharchasiga Ziyodullo Sa’dullayev hokim bo‘ldi
17 mart 2021, 14:10

Toshkentdagi “Yoshlik” shaharchasiga Ziyodullo Sa’dullayev hokim bo‘ldi

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” shaharchasi hokimi lavozimiga Ziyodullo Sa’dullayev tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqida bir qator lavozimlarda ishlagan.

Navoiyda boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17 mart 2021, 13:50

Navoiyda boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Navoiyda fuqaro boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotishga urindi. U kelishilgan puldan 70 ming dollarini olganida ushlandi. Unga nisbatan JKning firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
17 mart 2021, 11:57

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Avaz O‘rinboyev Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi. Bundan avval u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasida faoliyat yuritgan.

29 martdan 8 iyungacha Toshkentda bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi (ro‘yxat)
17 mart 2021, 11:02

29 martdan 8 iyungacha Toshkentda bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi (ro‘yxat)

Toshkentda katta hajmli suv quvurlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan 29 martdan 8 iyungacha bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ o‘chirilish vaqtlari va joylar ro‘yxatini e’lon qildi.

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 mart 2021, 10:49

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori lavozimida ishlagan Shoxruh Shoahmedov Shoraximovich Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi
17 mart 2021, 10:40

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi

Qozog‘istonning Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirilmoqda. Viloyat dam olish kunlari to‘liq karantinga olinadi. Hududda koronavirus holatlari darajasi 0,6 foizga o‘sgan, kuniga 99 holat qayd etilgan.

Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
17 mart 2021, 10:25

Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 17 mart kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ijarada turuvchi talabalarni nazorat qiluvchi birinchi mobil ilova yaratildi
17 mart 2021, 10:07

Ijarada turuvchi talabalarni nazorat qiluvchi birinchi mobil ilova yaratildi

Qo‘qon davlat pedagogika universitetida talabalar haqida ma’lumot olib, ularning manzillarini xaritada ko‘rsatib beradigan mobil ilova yaratildi.

«So‘x voqealari» bo‘yicha barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi
17 mart 2021, 09:57

«So‘x voqealari» bo‘yicha barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi

So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 kishi ustidan davom etayotgan sud jarayonida barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi.

Qoidabuzarlarni tasvirga olayotganlar sotqinmi yoki yo‘q — Adliya vazirligi Kusherbayevga javob qaytardi
17 mart 2021, 09:28 1

Qoidabuzarlarni tasvirga olayotganlar sotqinmi yoki yo‘q — Adliya vazirligi Kusherbayevga javob qaytardi

Adliya vazirligi mutaxassisi qoidabuzar haydovchilarni tasvirga olib, pul ishlayotganlarni vatanni ham sotishga tayyorlikda ayblagan Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning mulohazalariga javob qaytardi. «Huquqbuzarlikning oldini oluvchilarga „sotqin“ deya tamg‘a bosiladigan bo‘lsa, men ularga qarshi „sotqin“ bo‘lishga tayyorman va bundan g‘ururlanaman», — dedi Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i Shoxidaxon Yuldasheva

Toshkent viloyatida ham karantin choralari kuchaytiriladi
16 mart 2021, 23:29

Toshkent viloyatida ham karantin choralari kuchaytiriladi

Toshkent viloyatida aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo majmualari, jamoat joylari va jamoat transportlarida karantin qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 mart 2021, 20:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Janubiy Koreya rahbarining davlat xodimlari bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi uchun uzr so‘ragani, Ukrainada Qrimni deokkupatsiya qilish strategiyasining tayyorlangani, Xitoy hukumatining Alibaba’dan media aktivlar portfelini qisqartirishni talab qilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

«O‘zbekiston bizdan 40−50 yil ilgarilab ketibdi» — Sadir Japarov
16 mart 2021, 20:04

«O‘zbekiston bizdan 40−50 yil ilgarilab ketibdi» — Sadir Japarov

Prezident Sadir Japarov Qirg‘iziston siyosiy beqarorlik natijasida zavod-fabrikalar qura olmagan bir paytda O‘zbekiston 40−50 yil oldinga ilgarilab ketganini ta’kidladi. U tomonlarda chegara masalasida jiddiy kelishmovchiliklar yo‘qligini ham qayd etib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting