Myanma harbiy hukumatining Facebook’ni bloklagani, Isroilning Suriyaga havodan hujumi, BMTning oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlarida keskin o‘sishini qayd etgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
2020 yilda yo‘l va ko‘prik qurilish sohasida byudjetdan ajratilgan pullarni o‘zlashtirish holati bo‘yicha 40ga yaqin jinoyat ishi ochilgani va ularda 11,5 mlrd so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilingani fosh etildi. Shuningdek, yo‘l qurilishlari haligacha SSSR standartlari asosida olib borilayotgani ma’lum qilindi.
2021 yilgi davlat dasturiga fuqaro taklifi bilan Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklash va turizm maskaniga aylantirish bo‘yicha alohida band kiritildi. Ushbu darvozalar XVIII asrda Toshkentni bosqinchilardan himoya qilish maqsadida uning atrofida bunyod etilgan 8−20 metrlik devor ichiga kirish vazifasini o‘tagan. Uning 12 ta kaliti ham bo‘lgan.
Buxoroda qurilishi tugallanmagan 8 qavatli binoda portlash yuz berdi. Hodisa natijasida 3 kishi jarohatlandi.
Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida erishilgan bitimga ko‘ra, Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshira boshlaydi. Qatnovlar Qohira va Toshkent, Sharm al-Shayx va Toshkent o‘rtasida ikkitomonlama yo‘lga qo‘yiladi.
«Tibbiyotimiz darajasini tubdan yaxshilash va saraton kasalligiga chalingan bolalarga yashash imkonini berish zarur». Ezgu Amal jamoat fondi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha tashxis qo‘yish va davolash siftaini yaxshilashni so‘radi.
Mubashshir Ahmad 3 fevral kuni Din ishlari qo‘mitasi xodimi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, suhbatda qo‘mita raisining o‘rinbosari Mubashshir Ahmadga aloqador bo‘lmagan, axborot resurslarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan haqoratli so‘zlar bilan tahdid qilgan.
Yangiyo‘l shahrida 8 yoshli maktab o‘quvchisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Fuqaro bundan avval qasddan odam o‘ldirish va bosqinchilik uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan suhbatda «adolatni yetkazishdan to‘xtamaslik» lozimligini aytdi. «Qo‘rqmanglar. Ortingizda Prezident turibdi», — dedi prezident.
Yangiyo‘ldagi maktab sinfxonasida shift ko‘chib tushib, ikki nafar 6 sinf o‘quvchilarini jarohatladi. Maktabning ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyatiga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m evaziga amalga oshirilgan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati Azon.uz saytidagi maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmaganini ta’kidladi.
TEXNOPARK qarzdorlik to‘langanidan so‘ng Ōsten elektron gaz hisoblagichlarini qayta yoqish bo‘yicha qisqa yo‘riqnomani taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovining natijalariga ko‘ra, yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi yaxshilangan. Eng sezilarli o‘sish qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida kuzatilgan.
Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti filiali Guliston shahrida tashkil etiladi. Filialga qabul qilingan talabalar 3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada ta’lim oladi. 30 foiz talabalarga grant asosida o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.
SIMETRA kompaniyasi Samarqandda transportni rivojlantirish loyihasining bosh rejasini ishlab chiqadi. Ushbu reja avgust oyining ohirigacha amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Davlat mehnat inspeksiyasi 2020-yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019-yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qildi. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan.
Chexiya va Niderlandiyada koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshdi. Pandemiya boshlanganidan beri Niderlandiyada COVID-19 asoratlaridan 14,2 mingdan ortiq, Chexiyada esa 16,6 mingdan ortiq inson vafot etdi.
Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘lagani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgani haqida ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalar bilan tanishish uchun Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
Markaziy saylov komissiyaning raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Senat raisi o‘rinbosari Zayniddin Nizamxodjayev saylanishi kutilmoqda. Unga esa adliya vaziri o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov o‘rinbosar bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting