Prezident yaqinda tayinlangan oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga ko‘p vazifalar berganligini ta’kidladi. «Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u rektor ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi», — dedi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini tanqid qilib, dars bermagan taqdirda tarbiya va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish lozimligini ta’kidladi.
Andijonda bloger ayol QK sobiq rahbarlariga oid jinoiy ishni tajribasiz sudya ko‘rayotgani, unga kiritilgan iltimosnoma va arizalar rad etilgani uchun sudlanuvchilar va o‘zi ochlik e’lon qilishini aytdi. «O‘zbekistonda haqiqatga erishish uchun och qolib, o‘ladigan bo‘lsam, shunga ham roziman», — dedi u. Sudyalar oliy kengashi uning qarorini vaziyatga siyosiy tus berib, bosim o‘tkazishga urinish deb baholadi.
Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Yo.R. 9-sinfligidan buyon otasi tomonidan zo‘rlab kelinganligini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, voqeadan xabardor qo‘shnilar, qarindoshlar, ichki ishlar organlari xodimlari va mahalla mutasaddilari bu holatga befarq bo‘lgan. Hodisa yuzasidan prokuratura tekshiruvi boshlandi.
G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashida Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosarlar nomzodlari ma’qullandi.
Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil nomzodi shahar deputatlari tomonidan ma’qullandi. U bungacha Mirzacho‘l tuman hokimi bo‘lgan
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan ajratiladi. Bunda 60 ta deputatga ja’mi 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
«Yuventus» futbol klubi Shomurodovning transferi borasida «Jenoa» klubi bilan muzokaralarga kirishgan. Turinliklar o‘zbekistonlik futbolchini kishki transfer oynasining o‘zidayoq safiga qo‘shib olishi mumkin.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining xulosasisiz, Qarshi shahar hokimligi tomonidan 10 gektar maydonda kichik sanoat zonasini barpo etish uchun 2874 tup daraxt noqonuniy kesildi.
Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli M.T.ni mikroavtobus urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
2021 yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan, lekin hozir Milliy qonunchilik bazasida mavjud emas.
Ichimlik va issiq suv tarmoqlariga ulanish hamda hisoblagichlarni qiyoslash xizmatlarini ko‘rsatishda kommunal tashkilotlar tomonidan 20 mingga yaqin qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Aksariyat qonunbuzarliklar Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. DXA kommunal tashkilotlarni ogohlantirdi.
Sudandagi G‘arbiy Darfur provinsiyasining Geneyna shahrida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 129 nafar inson vafot etgan va 198 kishi jarohatlangan. Zo‘ravonliklar 16 yanvar kuni Geneyna shahrida yashovchi fuqaroning o‘ldirilishidan so‘ng boshlangan.
Farg‘ona viloyatida 19 yoshli qiz va ayol olib ketilib, asossiz ushlab turilgani va zo‘rlangani haqida xabar tarqalgan. Viloyat prokuraturasi ushbu holatni tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.
Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va «Agrobank» viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga hokimlikka tayinlandi. Eski hokimlarning boshqa ishga o‘tgani xabar qilindi.
2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar «tonirovka uchun» jami 82 125 ta ruxsatnoma berilgan va 302 mlrd 635 mln so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
Sergeli tumanida 14 tup daraxt ekskvator bilan noqonuniy tarzda qo‘porib tashlandi. Yetkazilgan zarar 151 mln 194 ming so‘mga baholanmoqda.
Samarqanddagi bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchini kaltaklagan mudira o‘z vazifasidan ozod etiladi. Bolaning qo‘llari va yuziga urilganligi holati yuzasidan sudga oid ekspertiza tayinlandi.
Qozog‘istonda 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash jarayonlari boshlanadi. Yilning birinchi yarmida 2 mln kishi, ikkinchi yarmida esa 3−4 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.
Loyihadan tortib nazoratgacha — prezident hujjatlari ijrosining yangi to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi. «Ijro tizimidagi eng katta muammo — dunyoqarash o‘zgarmayotgani, bilimsizlik va mas’uliyatsizlik», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting