Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi 30 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi 20 ta yirik hamkor-davlat orasidan beshtasi bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan.
Pastdarg‘omda yashovchi fuqaro xotini va uning sevgilisi deya taxmin qilingan shaxsni Samarqanddagi savdo markazida pichoqlab o‘ldirdi. Erkak qo‘lga olingan va prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkentdagi «Turkiston» saroyi atrofida maxsus belgi qo‘yib chiqilgan daraxtlar imkon qadar kesilmasligini ma’lum qildi.
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abduraxmonov audiosi bo‘yicha munosabat bildirib, ular «yozuvlar yillar davomida yig‘ilgani va montaj qilinganini bildirdi. Bu bo‘yicha dastlabki tekshiruv boshlangan.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 24 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 414 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz qimmatladi.
Elektr energiya tarmoqlaridagi uzilishlar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaat va shikoyatlar bo‘yicha energetika vaziri o‘rinbosari munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetishmovchiliklarda hududiy elektr tarmoqlari operatorining aybi yo‘q. «Aslida yo‘q narsani ular topib bera olishmaydi», — dedi u.
Shuhrat Xudoybergenov tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va markaz klinikasi bosh vrachi etib tayinlandi.
Qo‘qonda er-xotinni shafqatsizlarcha o‘ldirib, ularning boyligiga ega chiqishga uringan shaxslarga sud eng og‘ir jazoni tayinladi. Sudlanuvchi qarz sababli bu ishga qo‘l urgan va bunga qarindoshlarini ham jalb etgan.
Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.
O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi. Sohada uzoq muddat xizmat qilgan xodimlarga oylik ustama to‘lanadi. Hozirga qadar ular o‘rtacha 800 ming so‘mdan 1,3 mln so‘mgacha haq to‘lab kelinayotgan edi.
AQSH 30 dan ortiq davlatlarni o‘z ichiga olgan Ochiq osmon shartnomasidan rasman chiqdi. Chiqish rejasi haqida bundan olti oy oldin e’lon qilingan edi.
Andijonda yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgan o‘quvchilar 43-maktabdagi «Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash» targ‘ibot tadbiri doirasida jalb qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu maktab direktori v.b. D.Nasirdinov va uning o‘rinbosari S.Ismanova ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash kodeksining loyihasini tayyorladi. Ushbu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning normalari birlashtirilishi kutilmoqda.
Si Szinpin «sog‘liqni saqlash kodlarini» o‘zaro tan olishning xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bundan tashqari, Xitoy dunyodagi barcha halqlar uchun Covid-19 vaksinalari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi.
Keskin sovuq tushganiga qaramay, Andijondagi 43-maktab o‘quvchilari targ‘ibot tadbiri doirasida yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vaziyatni o‘rganmoqda. XTV rahbarlar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilganini ma’lum qildi.
Qibrayda gaz portlashi oqibatida uy egasi va uning o‘g‘li vafot etdi. Portlash gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida yuzaga kelgan.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkistonga tashrif buyurib, Qozog‘iston hukumat rahbari Asqar Mamin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan nufuzli Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tanlandi. 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Estoniya ta’lim va fan vaziri Mailis Reps farzandlarini maktab va to‘garakka o‘z xizmat mashinasida olib borgani uchun iste’foga chiqdi.
Rossiyada kun davomida 24,8 mingta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Umumiy qayd etilgan kasallanish holatlari esa ikki milliondan oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting