Noyabr oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,9 foiz va xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi.
Oktyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining uch nafar sudyasi poytaxtda mast holda YPX xodimini kaltaklagan edi. Ularning ikki nafari ishdan bo‘shatildi, yana bir nafariga xayfsan berildi. Oliy sud o‘tgan 11 oyda o‘zini munosib tutmagan 8 nafar sudyaning bo‘shatilgani, yana 27 nafariga intizomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qildi.
Qozon shahridagi qurilish obyektlaridan birida ishlagan o‘zbekistonlik erkak, ikkinchi qavatdan yiqilib vafot etgan. Bosh konsulxona tomonidan jasadni O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilmoqda.
Turkiyada karantin choralari kuchaytirilgani, Eron parlamenti uranni boyitish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani, dunyoda ehtiyojmand aholi soni 40 foizga ko‘paygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Xotinini kaltaklab, unga «pampers» yedirgan fuqaroga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekistonda quriladigan AES uchun tanlangan reaktor bugungi kun uchun eng xavfsiz ekanini ta’kidladi. U Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi.
Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari va xodimlari shahar YHXB xodimlari bilan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqarib, 8 mlrd so‘m pul mablag‘larni talon-toroj qilishgan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti cyentyabr oyidan beri birinchi marta COVID-19 bilan kasallanganlar soni kamayganini qayd etdi. Tashkilot rahbari hushyorlikni yo‘qotmaslikka va kelayotgan bayramlarni tor doirada nishonlashga chaqirdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida eTIR (raqamli TIR) jarayoni asosida yuk tashishga oid tajriba amalga oshirildi. Toshkentdan maishiy elektr jihozlari ortilgan yuk mashinalari chegarani kesib o‘tdi, davlatlarning bojxona organlari esa tranzit kafolatlarini ko‘rib chiqdilar.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi. Mazkur unvon geologiya hamda bir qator yo‘nalishlardagi tajribali mutaxassislarga beriladi.
2021 yilda yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin. Davlat daromadlaridagi eng katta tushum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga to‘g‘ri kelib, 20,1 foizni tashkil qilmoqda.
Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimi plyus benefitsiar — mamlakati maqomini berish bo‘yicha muddatidan oldin ijobiy qaror qabul qildi. Bu mamlakatdan Yevropa Ittifoqiga tarifsiz eksport qilinadigan mahsulotlar sonini ikki baravarga ko‘paytirish imkonini beradi.
1 dekabrdan Toshket shahar transport kartalari narxi 15 ming so‘m etib belgilandi. Karta narxi 10 ming so‘m, balansda esa 5 ming so‘m qoladi.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo telefon orqali muloqot chog‘ida inson huquqlari sohasidagi islohotlar hamda amerikalik investor va eksportyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni muhokama qildi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasida fikr almashishdi.
Shavkat Mirziyoyev respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 22 foiz aholining jamoat transportidan foydalanayotgani va avtobuslar sifati pastligini ta’kidladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani ham qayd etildi.
Joriy yilda O‘zbekistonda 1 mln gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 mln tonnadan ko‘proq yoki 2019 yilga nisbatan 109% paxta xom ashyosi yetishtirildi. Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Surxondaryo paxta rejasini to‘liq bajara olmadi.
Iyulda Andijonda voyaga yetmagan T.M. sevgan yigitini kutayotgani aks etgan rasmlar tarqalishidan qo‘rqib, o‘zini osib, joniga qasd qiladi. Uning onasi noyabrda tergovdan norozi bo‘lib, qizini “shantaj” qilgan N.M.dan tovon sifatida Spark undirishni so‘raydi. Maqsadiga yeta olmagach esa, erini ko‘rsatmasi bilan o‘zini yoqib yuboradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda O‘zbekiston raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi. Ushbu sammit shu yili dekabrda videoanjuman sifatida o‘tishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari pandemiya tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror rivojlanayotganini qayd etishdi.
O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting