Jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi.
ŠKODA brendi ostidagi KODIAQ yo‘ltanlamasi O‘zbekiston bozoriga ikki komplektatsiyada taqdim etiladi: besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style. Narxlar oktyabrda e’lon qilinadi, avtomobil qiymatining bir qismini to‘lab, oldindan buyurtma berish mumkin bo‘ladi.
Pandemiya sharoitida turizmni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, jumladan, yangi dor yo‘llarini qurib foydalanishga topshirgan investorlarga har 500 metr uchun 1 mlrd so‘mgacha mabag‘ ajratiladi.
Qirg‘izistonda mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olish maqsadida chegaralararo to‘lov tizimlari, shu jumladan SWIFT tizimi faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Avvalroq banklarga faoliyatini to‘xtatib turish, 8 oktyabrdan boshlab esa soat 15:00 gacha ishlash tavsiya qilingan.
SSV koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emasligini ma’lum qildi. Koronavirusga gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan va pnevmaniyaga chalingan bemorlar statistikada hisobga olinmaydi. Avvalroq Aksilkorrupsiya agentligi rasmiy statistikadan 8 baravar yuqori bo‘lgan muqobilini keltirgan, biroq keyinroq o‘z bayonotini rad qilgan edi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobilning daraxtga borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 345 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 59788 taga yetdi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi.
Uzbekistan Airways reyslarida qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar joriy etildi. Mazkur qaror ijtimoiy masofani saqlash va o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish maqsadida qabul qilindi.
Bosh prokuratura Gulistondagi COVID-19 markazida gaz balloni portlashi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Tergovni Sirdaryo IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib boradi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘izistondagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.
AQSH yuqori malakali ishchilar uchun H-1B mehnat vizalarini berishni murakkablashtirdi. Xorijlik ishchilarni ish bilan ta’minlash uchun «maxsus kasblar» soni kamaytiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyatida 143 nafar kornavirus bemori mavjudligini e’lon qilgan bo‘lsa, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, haqiqiy raqamlar 1155 nafarni tashkil etmoqda. Agentlik rahbari Akmal Burxonov bunday vaziyat barcha hududlarda kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomlarni tahrirlash uslubini yaratgani uchun Jennifer Dudna va Emanuel Sharpentega berildi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev vafot etdi. Daryo nashrining manbasiga ko‘ra, hokim pnevmoniya kasalligi asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan olamdan o‘tgan.
Nvidia kompaniyasi neyrotarmoqlar yordamida ishlaydigan Maxine xizmatini ishga tushirdi. U videoqo‘ng‘iroqlarning sifatini oshiradi, ortiqcha shovqinni bartaraf etadi va jonli tarzda tarjima qiladi.
Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasining xabar berishicha, hokim o‘rinbosari COVID-19 dan davolanayotgan bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mahalla faoliyatida faol qatnashayotgan uyboshi va ko‘chaboshilarni moddiy rag‘batlantirishni taklif qilmoqda. Ularga BHMning 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berilishi mumkin.
Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari tegishli OTMlar rasmiy veb-saytlarida 7 oktyabr soat 17:00 da e’lon qilinadi.
8 sentyabr kuni hibsga olingan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva jazo chorasini o‘zgartirishni so‘ragan edi. Xuddi shunday so‘rov Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham bildirildi — biroq bosh shifokor qamoqdan chiqarilishi haqidagi xabarlardan so‘ng.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting