YeTTB 2021 yilda O‘zbekistonning YAIM bo‘yicha prognozini pasaytirdi
2 oktabr 2020, 21:34

YeTTB 2021 yilda O‘zbekistonning YAIM bo‘yicha prognozini pasaytirdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bu yil O‘zbekiston YAIM hajmi 2 foizga qisqarishini kutmoqda. 2021 yilda iqtisodiy o‘sish prognozi 6,5%dan 4,5%gacha pasaytirildi.

Qoraqalpog‘istondagi korxonalar soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘ladi
2 oktabr 2020, 19:23

Qoraqalpog‘istondagi korxonalar soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘ladi

Qoraqalpog‘istondagi 16 ta tumanning har birida 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta"si etib belgilandi. Ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uch yil muddatga bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etildi.

Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkaziladi
2 oktabr 2020, 18:57

Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkazildi. Shuningdek, soliq maslahatchilari vakolatlari kengaydi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 724 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
2 oktabr 2020, 18:39

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 724 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Dushanbeda bosh vazir Abdulla Aripov tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-tojik biznes forumi natijasida qiymati 724 mln dollarga teng bo‘lgan 308 ta investitsiya va savdo shartnomasi imzolandi.

Tibbiyot OTMlariga an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi
2 oktabr 2020, 16:52

Tibbiyot OTMlariga an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi

Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ustidan shikoyati bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
2 oktabr 2020, 16:36

UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ustidan shikoyati bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

Dam olish kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
2 oktabr 2020, 16:01

Dam olish kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari mamlakat hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 2−3 oktyabrda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Namanganda MIB xodimlariga norozilik bildirgan ayol o‘zini yoqib yuborib xalok bo‘ldi
2 oktabr 2020, 14:04

Namanganda MIB xodimlariga norozilik bildirgan ayol o‘zini yoqib yuborib xalok bo‘ldi

Namanganda 35 yoshli ayol MIB xodimlariga o‘z noroziligini bildirgan o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, marhum ikki yarim yil muqaddam sotib olingan uyidan MIB xodimlari tomonidan majburan chiqarilmoqchi bo‘lingan.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesga rais saylandi
2 oktabr 2020, 13:46

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesga rais saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.

Qumqo‘rg‘onda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay quladi
2 oktabr 2020, 12:42

Qumqo‘rg‘onda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay quladi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay yaroqsiz holga keldi. Viloyat prokuraturasi pudratchi qurilish vaqtida 34,5 mln so‘mlik ishlarni bajarmaganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Toshkentda KfW byurosi ochiladi
2 oktabr 2020, 11:58

Toshkentda KfW byurosi ochiladi

Toshkentda Germaniyaning Iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kredit institutining byurosi ochiladi.

Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib oldi
2 oktabr 2020, 10:46

Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Avvalroq Trampning maslahatchilaridan biri Xoup Xiksning koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan edi.

Prezident Nukusga jo‘nab ketdi
2 oktabr 2020, 08:51

Prezident Nukusga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga jo‘nab ketdi.

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 57 mingtadan oshdi
1 oktabr 2020, 23:52

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 57 mingtadan oshdi

O‘zbekistonda shu vaqtga qadar aniqlangan koronavirus holatlari soni 57290 taga yetdi. Qariyb 54 ming bemor infeksiyadan butkul xalos bo‘ldi, 472 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 1 oktyabrdagi kunlik holat va hududlar statistikasi — SSV hisobotida.

Toshkentda Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simyog‘ochga borib urildi
1 oktabr 2020, 17:55

Toshkentda Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simyog‘ochga borib urildi

Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, oxirida yo‘l o‘rtasidagi simyog‘ochga borib urildi. Hodisadan hech kim jarohatlanmadi.

Telegram messenjerida botlarsiz izoh qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi
1 oktabr 2020, 14:05

Telegram messenjerida botlarsiz izoh qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi

Telegram messenjerining Android beta-versiyasida izohlar qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Avval izoh qoldirish faqat qo‘shimcha botlar orqali amalga oshirilar edi

Toshkentda nomzoddan 3000 dollar so‘ragan tuman kengashi deputati qo‘lga olindi
1 oktabr 2020, 13:30

Toshkentda nomzoddan 3000 dollar so‘ragan tuman kengashi deputati qo‘lga olindi

Toshkentda tuman kengashi saylovida yordam berish uchun nomzoddan 3000 dollar so‘ragan deputat qo‘lga olindi. Mamlakatdagi boshqa korrupsiya holatlari haqida ham xabar qilindi.

Olmaliq hokimining 20 yoshli o‘g‘li 17-marta jarimaga tortildi
1 oktabr 2020, 12:41 1

Olmaliq hokimining 20 yoshli o‘g‘li 17-marta jarimaga tortildi

Olmaliq shahri hokimining o‘g‘li yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 17-marta jarimaga tortildi. U o‘z qoidabuzarligi videolarini TikTok va Instagram sahifalarini joylashtirib borgan.

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident
1 oktabr 2020, 12:17

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident

O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi
1 oktabr 2020, 12:04

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda missiyasi ochganini e’lon qildi. Bunga qadar agentlik idorasi USAIDning Markaziy Ochiyodagi missiyasining bir qismi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting